Bazarova Fayyoza Tuxtamurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Engil  sanoat korxonalarida marketing  faoliyatini takomillashtirish (to‘qimachilik sanoati korxonalari misolida)”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.2.PhD/Iqt1334 
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil  sanoat  korxonalarida marketing  faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil sanoat korxonalarining mijozlar bilan samarali munosabatlarga asoslangan marketing faoliyatini isteʼmolchi ongida shakllanadigan qiymatga CVP) asoslanib baholashning “yuqori” (β ≥ 0,39), “mo‘tadil” (0,39 ≤ β ≤ 0,30), “o‘rtacha” (0,29 ≤ β ≤ 0,20) va “cheklangan” (0,19 ≤ β ≤ 0,01) darajalariga ko‘ra strategik yoʻnalishlarni belgilash asoslangan; 
respublikaning to‘qimachilik sanoati drayver tarmoq hisoblangan hududlarida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasida dizayner, marketolog va konstruktorlar markazlarini va sinov laboratoriyalarini tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistondan tikuv va trikotaj mahsulotlari import qiluvchi  mamlakatlarning klaster tahlil usuli asosida “A-qisqa logistika va yuqori ishonchli”, “B-innovatsion va ekologik talab yuqori” hamda “S-marjinal, imij ahamiyatga ega bo‘lgan” segmentlarga xos bo‘lgan guruhlari uchun eksport bozor sifatidagi jozibadorlik darajasiga ko‘ra eksport imkoniyatlari va milliy brend qiymatini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda engil sanoatni rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini amalga oshirishni korxonalar marketing siyosati bilan uygʻunlashuvini belgilovchi omillar taʼsirini inobatga oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli asosida eksport hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil sanoat korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
engil sanoat korxonalarining mijozlar bilan samarali munosabatlarga asoslangan marketing faoliyatini isteʼmolchi  ongida shakllanadigan qiymatga (CVP) asoslanib baholashning “yuqori” (β ≥ 0,39), “mo‘tadil” (0,39 ≤ β ≤ 0,30), “o‘rtacha” (0,29 ≤ β ≤ 0,20) va “cheklangan” (0,19 ≤ β ≤ 0,01) darajalariga ko‘ra strategik yoʻnalishlarni belgilash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 02/25-2530-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Art Soft Tex Cluster”MChJning  mijozlar qiymatini baholash natijasida β = 0.42 bo‘lib, bu yuqori taʼsir darajasi (β ≥ 0.39) toifasiga kirgan. Bu holat korxona marketing faoliyatining mijoz ehtiyojlariga yuqori darajada moslashganini, mahsulot sifati, narx siyosati va brend ishonchida muvozanat taʼminlanganini ko‘rsatib, mijozlarning qoniqish darajasini 87 foizga, qayta xarid ulushini 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 56 foizdan 68 foizga, onlayn savdo kanallari hissasini 15 foizdan 28 foizga oshirishga erishilgan; 
respublikaning toʼqimachilik sanoati drayver tarmoq hisoblangan hududlarida toʼqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasida dizayner, marketolog va konstruktorlar markazlarini va sinov laboratoriyalarini tashkil etish taklifi “Oʼztoʼqimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanish uchun kiritilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 02/25-2530-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi engil sanoat korxonalarida marketing faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha investision loyihalar amalga oshirilgan;
O‘zbekistondan tikuv va trikotaj mahsulotlari import qiluvchi  mamlakatlarning klaster tahlil usuli asosida “A-qisqa logistika va yuqori ishonchli”, “B-innovatsion va ekologik talab yuqori” hamda “S-marjinal, imij ahamiyatga ega bo‘lgan” segmentlarga xos bo‘lgan guruhlari uchun eksport bozor sifatidagi jozibadorlik darajasiga ko‘ra eksport imkoniyatlari va milliy brend qiymatini oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 02/25-2530-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida   5 ta strategik target, 25 ta ikkilamchi yoki cheklangan hamda 5 ta past salohiyatli bozorlar aniqlanib, ularga mos keluvchi mahsulotlar assortimentini shakllantirishga erishilgan. Shuningdek, aniqlangan target guruhlar bo‘yicha O‘zbekistonning TIFTN kodi bo‘yicha 62 – Tikuv yoʻli bilan ishlab chiqarilgan bo‘lmagan kiyim-kechak va kiyim aksessuarlari mahsulot turi bo‘yicha 2024-yildagi eksport hajmi 2023-yilga nisbatan 3,6 foizga oshgan; 
O‘zbekistonda engil sanoatni rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini amalga oshirishni korxonalar marketing siyosati bilan uygʻunlashuvini belgilovchi omillar taʼsirini inobatga oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli asosida eksport hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 02/25-2530-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2030-yilgacha bo‘lgan eksport hajmini rejalashtirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmi, investisiya hamda ish o‘rinlarini oshirish bo‘yicha strategik yoʻnalishlarni aniqlash hamda korxonalarning istiqboldagi iqtisodiy samaradorligini taʼminlash, shuningdek, engil sanoat mahsulotlari eksport hajmini 2030-yilga kelib 2025-yilga nisbatan  8,1 martaga oshirish imkoni aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish