Devanova Nargiza Mamatqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo suv havzalaridagi turkiston laqqachasining (Glyptosternon oschanini Herzenstein, 1889) morfologik va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1028.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ulug‘bek To‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.22.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Baxtiyor Ganievich, biologiya fanlari doktori, professor; Jumabaev Baxodir Erejepovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo suv havzalaridagi turkiston laqqachasining (Glyptosternon oschanini Herzenstein, 1889) hozirgi holatini baholash, morfo-biologik xususiyatlarini ochib berish, kadastrini shakllantirish va muhofazasini tashkillashtirishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo suv havzalaridagi turkiston laqachasining tashqi morfologiyasi tavsiflangan va molekulyar-genetik tahlil qilingan, morfometrik belgilarning kam va qisman o‘rtacha darajadagi o‘zgaruvchanligi variatsiya koeffisientlarida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turkiston laqqachasining voyaga etishi, urchishi, serpushtligi va o‘sish xususiyatlari ochib berilgan;
turkiston laqqachasining mutlaq serpushtligi baliqning yoshi, tana uzunligi va vaznining ortishi asosida oshib borishi, bunda nisbiy serpushtlikning oshmasligi korrelyasion tahlil va regressiya tenglamasi asosida isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turkiston laqqachasining holati – miqdoriy tarkibi, hisobi, hududiy tarqalishi, uchrash va yashash joylari bo‘yicha baholangan va muhofaza choralarini qamrab oluvchi kadastri shakllantirilgan;
Surxondaryo suv havzalaridagi turkiston laqqachasi sonining kamayishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan, ularni muhofaza qilish va saqlab qolish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo suv havzalaridagi turkiston laqqachasining (Glyptosternon oschanini Herzenstein, 1889) morfologik va ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Surxondaryo suv havzalaridagi turkiston laqqachasining morfologik va ekologik xususiyatlari hamda kadastri yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 27 martdagi 03-03/3-2879-son ma’lumotnomasi). Natijada, kadastr ma’lumotlarini geoaxborot tizimiga kiritishga asos bo‘lgan, shuningdek, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turkiston laqqachasini yashash muhitini saqlab qolish, ko‘paytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etishga imkon yaratgan;
Surxondaryo havzasi Xo‘jaipok daryosidagi Sisoridae oilasiga mansub, Glyptosternon oschanini turining mtDNK (COXI) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga (https://www.ncbi.nlm.nih.gov) joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2025 yil 19 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Glyptosternon oschanini – PX121650 turi uchun identifikatsiya raqami olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
Surxondaryo suv havzalari ixtiofaunasiga kiruvchi Siluriformes turkumiga tegishli bo‘lgan 1 turga mansub 5 ta baliq namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 12 fevraldagi 4/1255-313-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhofaza etiladigan turlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi to‘ldirilgan, respublikaning tog‘ daryolarida uchraydigan baliq turlari fondi yangi namunalar bilan boyitilgan va ularni populyasiyalarining zamonaviy tarqalish holatini baholash hamda kadastr ma’lumotlarini tayyorlash imkonini bergan.