Eshmurodov Xurshid Esanberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyolar asosida kremniyorganik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T997.
Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov  Vohid Nizomovich, texnika fanlari doktori, professor; Vapoev Husniddin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida kremniyorganik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gliserin, ftal angidrid va tetraetoksisilan asosida kremniyorganik GFS-1, GFS-2 markali gliftal smolalar, qisman gidrolizlangan o‘simlik moylari, ftal angidrid va tetraetoksisilan asosida KO-GM-1, KO-GM-2 markali kremniyorganik smolalar olingan; 
natriy metasilikat va xlororganik moddalar asosida KO-ECh-1, KO-MCh-1, KO-DCh-1, KO-DCE-1, KO-PDCB-1 markali kremniyorganik birikmalar sintez qilingan;
gliserin, ftal angidrid va tetraetoksisilan asosida gliftal smolalar sintez qilishda dastlabki moddalarning 2:1:0,5 mol nisbatida, harorat 180°C va vakuum 0,25 atm maqbul sharoitda  reaksiya unumi 85% bo‘lishi aniqlangan;
sintez jarayonining maqbul sharoitlarida reaksiya unumi KO-GM-1, KO-GM-2 smolalarda 82-85% gacha va KO-ECh-1, KO-MCh-1, KO-DCh-1, KO-DCE-1, KO-PDCB-1 markali kremniyorganik birikmalarda 55-62% gacha bo‘lishi aniqlangan;
sintez qilingan kremniyorganik birikmalar bilan modifikatsiyalangan elim va maydalangan qamish asosida tayyorlangan plitalarning modifikatsiyalanmagan elimlar asosidagi plitalarga nisbatan egilishga mustahkamligi 12 MPa dan 15 MPa ga oshganligi, suv yutishi esa 25% dan 15% gacha kamayganligi isbotlangan;
kremniyorganik birikmalar bilan modifikatsiyalangan elimlar va maydalangan qamish asosida plitalar tayyorlashda sintez qilingan modifikatorlar tarkibi hamda miqdori o‘zgarishining plitalar fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
gliserin, ftal angidrid va tetraetoksisilan asosida kremniyorganik gliftal smolalar, qisman gidrolizlangan o‘simlik moylari, ftal angidrid va tetraetoksisilan asosida kremniyorganik smolalar hamda natriy metasilikat va xlororganik moddalar asosida kremniyorganik birikmalar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida kremniyorganik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gliserin, ftal angidrid, qisman gidrolizlangan o‘simlik moylari, tetraetoksisilan, natriy metasilikat va xlororganik moddalar asosida sintez qilingan kremniyorganik birikmalar bilan modifikatsiyalangan elimlar olish texnologiyasi “Surxon sanoat-qurilish” kompaniyasiga qarashli “Termiz KSP-grand” hamda “Asia KSP sifat” yog‘och-qirindili va qamish-qirindili plitalar ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari” uyushmasining 2025 yil 19 noyabrdagi  018/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mebel va qurilish materiallari uchun modifikatsiyalangan karbamid-formaldegid elimlar olish hamda ushbu elimlar asosida yog‘och va qamish qirindili plitalar tayyorlash imkonini bergan;
natriy metasilikat va xlororganik moddalar asosida sintez qilingan kremniyorganik birikmalar bilan modifikatsiyalangan elimlar “Surxon sanoat-qurilish” kompaniyasiga qarashli “Termiz KSP-grand” hamda “Asia KSP sifat” yog‘och-qirindili va qamish-qirindili plitalar ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari” uyushmasining 2025 yil 19 noyabrdagi  018/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan elimlar asosida olingan plitalarning fizik-mexanik xossalari yaxshilanib, egilishga mustahkamlikni 12 MPa dan 15 MPa gacha oshirish imkonini bergan;
gliserin, ftal angidrid, qisman gidrolizlangan o‘simlik moylari, tetraetoksisilan sintez qilingan kremniyorganik birikmalar bilan modifikatsiyalangan elimlar “Surxon sanoat-qurilish” kompaniyasiga qarashli “Termiz KSP-grand” hamda “Asia KSP sifat” yog‘och-qirindili va qamish-qirindili plitalar ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari” uyushmasining 2025 yil 19 noyabrdagi  018/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elimlarni modifikatsiyalash orqali plitalarning suv yutivchanligini 25% dan 15% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish