Abdusamatova Iroda Ilxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burundan nafas olishni buzilishida adenotonzillyar tizim o‘zgarishining klinik-morfologik jihatlari (klinik-eksperimental tadqiqot)» 14.00.04 – Otorinolaringologiya, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib3018.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tastanova Gulchexra Eshtaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06. 
Rasmiy opponentlar: Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya), Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: X.A.Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-turk universiteti. Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
burun orqali nafas olish buzilishlarida adenotonzillyar tizimning morfologik jarayonlari o‘zgarishlarini yoshga qarab baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3-14 yoshdagi bolalarning konstitusional xususiyatlari bilan burundan nafas olish buzilishi fonida AT tizimning patomorfologik o‘zgarishlarishlari o‘rtasida bog‘liqlik va AT tizim gipertrofiyasida MeS (62,5%) somatotip, surunkali rinosinusitda MeMaS (56,5%) turdagi somatotip, burun to‘sig‘i qiyshiqligida MiMeS (55,4%) somatotip ustunlik qilishi aniqlangan;
AT tizim murtaklarining hujayralari populyasiyasining morfologik mezonlari va somatotip o‘rtasida statistik jihatdan ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar, makrofagal-monotsitar qator hujayralarining tarqalish hususiyatlari limfoid to‘qima giperplaziyasini kuchayishiga olib kelishi isbotlangan;
eksperimental tadqiqot asosida kichik yoshdagi qo‘ylarning AT tizim murtaklarida birlamchi va ikkilamchi, katta yoshdagi qo‘ylarda esa degeneratsiyalangan follikullarning mavjudligi, davomli burun orqali nafas olish qiyinligi sababli AT tizim limfoid to‘qimasining giperplaziyasi kelib chiqishi morfologik jihatdan isbotlangan;
bolalarda antropometrik parametrlar asosida somatotipik va yoshga oid xususiyatlarni aniqlovchi prognostik mobil dastur ishlab chiqilgan, unga ko‘ra bolalarda somatotipni aniqlash orqali AT tizim gipertrofiyasi va burundan nafas olishni buzilishlari kelib chiqish xavfi darajasini baholash mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 18 maydagi 164-sonli, Buxoro viloyati “S-Nur clinic” M.Ch.J. “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 19-maydagi 25-sonli buyruqlari):
birinchi ilmiy yangilik: 3-14 yoshdagi bolalarning konstitusional xususiyatlari bilan burundan nafas olish buzilishi fonida AT tizimning patomorfologik o‘zgarishlarishlari o‘rtasida bog‘liqlik va AT tizim gipertrofiyasida MeS (62,5%) somatotip, surunkali rinosinusitda MeMaS (56,5%) turdagi somatotip, burun to‘sig‘i qiyshiqligida MiMeS (55,4%) somatotip ustunlik qilishi aniqlangan; bu bo‘yicha Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 18 maydagi 164-sonli, Buxoro viloyati “S-Nur clinic” M.Ch.J. “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 19-maydagi 25-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi:    Burundan nafas olishi buzilgan bolalarning somatometrik xususiyatlari tahlil qilinganda, adenotonzillyar tizim murtaklari gipertrofiyasi bo‘lgan bolalarda ko‘pincha mezosomal tip ustunlik qilsa, burun to‘sig‘i qiyshiqligi bor bo‘lgan bolalarda mikromezosomal turdagi samototip, mezomakrosomal turdagi somatotip surunkali rinosinusit bo‘lgan bolalarda ustunlik qilganligi isbotlangan; Iqtisodiy samaradorligi: adenotonzillyar tizim patologiyasi bo‘lgan bolalarni tashxislashda va kechimini monitoring qilishda o‘rta hisobda 550000 so‘m sarflansa hamda doimiy ravishda 1 yilda 3 marotaba monitoring qilishda o‘rtacha 1100000 so‘m sarf qilinadi. Taklif qilingan bashoratlash usuli yordamida ortiqcha monitoring qilishga ehtiyoj kamayadi, ya’ni an’aviy tarzda 5 yilda 5500000 so‘m sarf qilinsa, taklif qilingan usulda 5 yilda 2 marotaba (1100000 so‘m) nazorat qilinadi. Bu esa har bir boladan 4400000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: adenotonzillyar tizim patologiyasi kechimini bemor bolalarning somatotiplariga ko‘ra prognozlashni qo‘llash kasallikni kompleks tashxislashda samaradorlikni oshishiga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: AT tizim murtaklarining hujayralari populyasiyasining morfologik mezonlari va somatotip o‘rtasida statistik jihatdan ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar, makrofagal-monotsitar qator hujayralarining tarqalish hususiyatlari limfoid to‘qima giperplaziyasini kuchayishiga olib kelishi isbotlangan. Natijalar Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 18 maydagi 164-sonli, Buxoro viloyati “S-Nur clinic” M.Ch.J. “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 19-maydagi 25-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: bola yoshiga qarab burun orqali nafas olish buzilishida murtaklardagi morfologik o‘zgarishlar turlicha kechishi ya’ni, kichik yoshdagi bolalarda diffuz limfoid to‘qima ko‘payishi, o‘rta yoshdagi bolalarda limfoid to‘qimaning gipertrofiyasi va ikkilamchi follikulalar ko‘payishi kuzatilsa, 12–14 yoshda esa stromaning fibrozlanishi tufayli limfa to‘qimasi hajmi kichrayishi aniqlangan, hamda yoshi katta bemorlarda burunxalqum murtagi involyusiyasi kuzatilishi isbotlangan; Iqtisodiy samaradorligi: adenotonzillyar tizim patologiyasi bo‘lgan bolalarni tashxislashda va kechimini monitoring qilishda o‘rta hisobda 550000 so‘m sarflansa hamda doimiy ravishda 1 yilda 3 marotaba monitoring qilishda o‘rtacha 1100000 so‘m sarf qilinadi. Taklif qilingan bashoratlash usuli yordamida ortiqcha monitoring qilishga ehtiyoj kamayadi, ya’ni an’aviy tarzda 5 yilda 5500000 so‘m sarf qilinsa, taklif qilingan usulda 5 yilda 2 marotaba (1100000 so‘m) nazorat qilinadi. Bu esa har bir boladan 4400000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: surunkali rinosinusit va burun to‘sig‘i qiyshayishi bo‘lgan fonida adenotonzillyar tizim patologiyasi bo‘lgan bolalarni yoshga bog‘liq holda kasallik kechimini aniq baholash kasallikni erta kechimini aniqlash va davolash choralarini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental tadqiqot asosida kichik yoshdagi qo‘ylarning AT tizim murtaklarida birlamchi va ikkilamchi, katta yoshdagi qo‘ylarda esa degeneratsiyalangan follikullarning mavjudligi, davomli burun orqali nafas olish qiyinligi sababli AT tizim limfoid to‘qimasining giperplaziyasi kelib chiqishi morfologik jihatdan isbotlangan. Natijalar Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 18 maydagi 164-sonli, Buxoro viloyati “S-Nur clinic” M.Ch.J. “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 19-maydagi 25-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental hayvonlar (qo‘ylar)da barcha adenotonzillyar tizimning murtaklari uchrashi hamda uzoq muddatli burundan nafas olish buzilganda yoshga bog‘liq holda xalqum va tanglay murtaklari gipertrofiyasi mavjudligi tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni klinik kechishi va bashoratlash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish asosida sarf-harajatlar 1230000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: adenotonzillyar tizim patologiyasini rivojlanishi, uning klinik kechishi va asoratlarni kelib chiqishini oldini olish davlat byudjeti mablag‘larini 1230000 so‘mga sarflanishini kamaytiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda antropometrik parametrlar asosida somatotipik va yoshga oid xususiyatlarni aniqlovchi prognostik mobil dastur ishlab chiqilgan, unga ko‘ra bolalarda somatotipni aniqlash orqali AT tizim gipertrofiyasi va burundan nafas olishni buzilishlari kelib chiqish xavfi darajasini baholash mezonlari aniqlangan. Natijalar Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 18 maydagi 164-sonli, Buxoro viloyati “S-Nur clinic” M.Ch.J. “Otorinolaringologiya” bo‘limi 2024-yil 19-maydagi 25-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: surunkali rinosinusit bo‘lgan bolalarda adenotonzillyar tizim kasalliklari nisbatan ko‘proq uchrashi hamda burun orqali nafas olishning yanada og‘irlashishiga sabab bo‘lishi isbotlangan; Iqtisodiy samaradorligi: adenotonzillyar tizim patologiyasini tashxislash hamda bashoratlashni taklif qilingan usuli yordamida davlat byudjetidan har bir bemor uchun o‘rtacha xarajatlar 824000 so‘mga iqtisod qilindi, 1 yilda bu o‘rtacha 1648000 so‘m tejalishiga imkon berdi. Xulosa: turli sababli burundan nafas olish buzilishi bo‘lgan bemor bolalarda adenotonzillyar murtaklardagi morfologik o‘zgarishlarni erta baholash va kompleks tekshiruvda somatometrik ko‘rsatkichlarni inobatga olish kasallikni qaytalanishini va bemorlarni adenotonzillyar tizimini monitoring qilishga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish