Eshchanova Mavjuda Xudayorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 - “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5846. 
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norbaeva Shukurjon Xayitboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qaniyazova Jupargul Orinbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Norboev O‘ktam Saparbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash, xususan, ularning madaniy, kommunikativ va tarjima jihatlaridagi o‘xshash hamda farqli tomonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
evfemizmlar falsafiy, ontologik va lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinib, har ikki tildagi evfemizmlarning madaniy kodlar bilan bog‘liqligi, milliy-axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlar asosida shakllanishi ilmiy jihatdan asoslangan; 
o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlar tarjimasida yuzaga keladigan interferensiya va transpozisiya hodisalari kompleks lingvopragmatik mexanizmlar sifatida o‘rganilib, asosiy tarjima usullarining madaniy sezgirlikni saqlash darajasi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning yangi tipologik tasnifi ishlab chiqilib, o‘zbek va ingliz mediamatnlarida ishlatiladigan evfemizmlar nominal, nominal-deskriptiv, ekspressiv-aksional kabi turlarga ajratilgan hamda madaniy va kommunikativ jihatdan dalillangan;
o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning madaniyatlararo adekvat tarjimasi uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan elektron dastur yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning lingvokulturologik xususiyatlarini  o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
evfemizmlarning falsafiy, ontologik va lingvomadaniy jihatdan tahlili, har ikki tildagi evfemizmlarning madaniy kodlar bilan bog‘liqligi, milliy-axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlar asosida shakllanishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2025-yil 2-sentyabrdagi №526/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda erishilgan ilmiy xulosalar fundamental loyihaning ilmiy bazasini boyitishga va uning natijalarining puxta asoslanishiga salmoqli hissa qo‘shgan;
o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlar tarjimasida yuzaga keladigan interferensiya va transpozisiya hodisalari kompleks lingvopragmatik mexanizmlar sifatida o‘rganilib, asosiy tarjima usullarining madaniy sezgirlikni saqlash darajasiga oid nazariy ma’lumotlardan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2 - CBHE-JP - ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” grant loyihasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining  2025-yil 18-avgustdagi №06-146/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, materiallar tarjimashunoslik taraqqiyoti uchun muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish imkonini bergan va loyihani boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning yangi tipologik tasnifi ishlab chiqilib, o‘zbek va ingliz mediamatnlarida ishlatiladigan evfemizmlar nominal, nominal-deskriptiv, ekspressiv-aksional kabi turlarga  ajratilganiga oid ilmiy xulosalaridan “Xorazm” teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvi hamda “Najot-bilimda” radioeshittirishi ssenariylarini tayyorlashda, shuningdek, boshqa bir nechta dasturlarda muxbirlar nutqida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokanalining 2025-yil 31-iyuldagi 613-son maʼlumotnomasi). Natijada, evfemik birliklarning dasturlar kontentida qo‘llanish mexanizmlari, televidenie dasturlarida nozik va ta’sirchan maruzalar mohiyati mukammal ochib berilgan; 
o‘zbek va ingliz mediadiskursidagi evfemizmlarning madaniyatlararo adekvat tarjimasi uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan elektron dastur O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘gʻrisida”gi Qonuniga muvofiq “Media euphemisms dictionary (Eng-Uz, Uz-Eng)” nomi ostida ma’lumotlar bazasining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘gʻrisidagi guvohnoma berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 9-sentyabrdagi № 54480 son guvohnomasi).  Natijada, foydalanuvchilar mediadiskursda uchraydigan evfemistik birliklarni tezkor izlash, ularning semantik hajmi, pragmatik vazifasi va madaniy konnotatsiyalarini ingliz va o‘zbek tillari kesimida chog‘ishtirma tahlil qilish, shuningdek, kontekstga mos adekvat tarjima variantlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish