Ahmadjonov Azimjon Karimjon o‘g‘lining 
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlar va auditorlik tekshiruvlari metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ____________
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari professor; Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari professor; Ilxomov Shavkat Islomovich, iqtisodiyot fanlari professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va auditorlik tekshiruvlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tuzish va yuritishning avtomatlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish yuqori samara berishi mumkin bo‘lgan jarayonlarini aniqlash orqali moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, kuzatish va prognozlash amaliyotlari tezligini kamida 35-40% ga oshirish hamda inson omili ta’sirini 20% ga qisqartirish imkoni asoslangan;
yuridik shaxslar tomonidan MHXSga o‘tishda konsolidatsiyalashgan hisobot bilan bir qatorda, alohida moliyaviy hisobotni ham MHXS talablariga mos holda tuzishni ixtiyoriy tarzda joriy etish orqali xo‘jalik sub’ektlarining hisobot shaffofligini 25% ga, auditorlik ishonchliligini esa 15% ga oshirish imkoni asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining hisob siyosatini xalqaro standartlarga moslashtirishda hisobga olish usullarini tanlash, o‘zgarishlarni hujjatlashtirish va xodimlarni tayyorlashni qamrab olgan besh bosqichli metodologik tizimni ishlab chiqish asosida hisob siyosati bo‘yicha xatolarni 18-22% ga kamaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
xalqaro standartlar asosida auditorlik tekshiruvlarini tayyorgarlik, dastlabki, texnologik va yakuniy bosqichlarga ajratish orqali tizimlashtirilgan uslubiyot yordamida auditorlik jarayonida ma’lumotlar aniqligi va ishonchliligini oshirish, tekshiruv vaqti va xarajatlarini qisqartirish taklifi asoslangan;
auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda dasturiy ta’minotdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni texnik risklar, buxgalteriya ma’lumotlarini qaytadan ishlash tizimi bilan bog‘liq risklar, mijoz-korxonada dasturiy ta’minotdan foydalanishda ichki nazorat bilan bog‘liq risklar va auditorning professional mahorati bilan bog‘liq risklar guruhlariga ajratish asosida auditning xalqaro standartlari orqali muvofiqlashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlar va auditorlik tekshiruvlari metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tuzish va yuritishning avtomatlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish yuqori samara berishi mumkin bo‘lgan jarayonlarini aniqlash orqali moliyaviy hisobotlardagi ma’mumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, kuzatuv va prognozlash amaliyotlari tezligini kamida 35–40% ga oshirish hamda inson omili ta’sirini 20% ga qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 senyabrdagi “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-282-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 
2025 yil 21 noyabrdagi 04-11-2161-son ma’lumotnomasi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 01-05-33/7932 son ma’lumotnomasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 12 noyabrdagi 01-05-16/1859 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli texnologiyalar orqali MHXS hisobotlarining sifatini avtomatik nazorat qilish tizimi yaratilgan hamda ma’lumotlar almashuvi tezligini kamida 35–40% ga oshirish va inson omili ta’sirini 20% ga qisqartirishga erishilgan; 
yuridik shaxslar tomonidan MHXSga o‘tishda konsolidatsiyalashgan hisobot bilan bir qatorda alohida moliyaviy hisobotni ham MHXS talablariga mos holda tuzishni ixtiyoriy tarzda joriy etish orqali xo‘jalik sub’ektlarining hisobot shaffofligini 25% ga, auditorlik ishonchliligini esa 15% ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 senyabrdagi “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-282-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 21 noyabrdagi 04-11-2161-son ma’lumotnomasi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 01-05-33/7932 son ma’lumotnomasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 12 noyabrdagi 01-05-16/1859 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida konsolidatsiyalashgan va alohida hisobotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlangan hamda xo‘jalik sub’ektlarining hisobot shaffofligini 25% ga, auditorlik ishonchliligini esa 15% ga oshirishga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining hisob siyosatini xalqaro standartlarga moslashtirishda hisobga olish usullarini tanlash, o‘zgarishlarni hujjatlashtirish va xodimlarni tayyorlashni qamrab olgan besh bosqichli metodologik tizimni ishlab chiqish asosida hisob siyosati bo‘yicha xatolarni 18-22% ga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qoshidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 21 noyabrdagi 04-11-2161-son, Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 
6 oktyabrdagi 01-06/1737 son, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 10 noyabrdagi 01-05-33/7932 son, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 
12 noyabrdagi 01-05-16/1859 son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hisob siyosatini tuzish uslubiyoti xalqaro standartlar asosida takomillashtirilgan hamda besh bosqichli metodologik tizimni ishlab chiqish asosida hisob siyosati bo‘yicha xatolarni 18-22% ga kamaytirishga erishilgan;
xalqaro standartlar asosida auditorlik tekshiruvlarini tayyorgarlik, dastlabki, texnologik va yakuniy bosqichlarga ajratish orqali tizimlashtirilgan uslubiyat yordamida auditorlik jarayonida ma’lumotlar aniqligi va ishonchliligini oshirish, tekshiruv vaqti va xarajatlarini qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qoshidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 21 noyabrdagi 04-11-2161-son, Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 6 oktyabrdagi 01-06/1737 son, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil10 noyabrdagi 01-05-33/7932 son, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 12 noyabrdagi 01-05-16/1859 son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, auditorlik tekshiruvlarini samarali tashkil etish, dalillarni chuqur tahlil qilish va hujjatlashtirish jarayonini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda dasturiy ta’minotdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni texnik risklar, buxgalteriya ma’lumotlarini qaytadan ishlash tizimi bilan bog‘liq risklar, mijoz-korxonada dasturiy ta’minotdan foydalanishda ichki nazorat bilan bog‘liq risklar va auditorning professional mahorati bilan bog‘liq risklar guruhlariga ajratish asosida auditning xalqaro standartlari orqali muvofiqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qoshidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 21 noyabrdagi 
04-11-2161-son, Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 6 oktyabrdagi 01-06/1737 son, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 10 noyabrdagi 01-05-33/7932 son, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 12 noyabrdagi 01-05-16/1859 son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda dasturiy ta’minotdan foydalanishda risklarni baholashning maqbul darajasi optimallashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish