Boydadaev Abdurrohmon Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy falsafa tarixida ong konsepsiyasiga ratsional va irratsional yondashuvlarning komparativistik tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1456.
Ilmiy rahbar: Kabulniyazova Gulchexra Toshpulatovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Anxar Qahhorovich – falsafa fanlari doktori, professor, Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy falsafa tarixida ong konsepsiyasiga ayrim ratsional va irratsional yondashuvlarni komparativistik tahlil nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis mutafakkirlari Karl Gustav Yung va Alfred Adlerning ong konsepsiyalarida insonning ijtimoiy manfaatga yo‘naltirilganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarda ongsiz tarzda namoyon bo‘ladigan mukammallikka intilish kuchi insonning ma’naviy va axloqiy kamolotiga erishishdagi muhim mexanizm hamda irratsional quvvat manbai sifatida komparativistik mexanizm bazasida ochib berilgan;
komparativistik tadqiq natijasida Sharq mutafakkirlari Bxagavan Radjnish, Aurobindo Gxosh falsafiy ta’limotidagi intellekt, intuisiya, spontan-obrazli xotira kabi kognitiv fenomenlar inson ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etish va uning yashirin qobiliyatini namoyon qilish mexanizmi ekanligi ochib berilgan;
Sharq va G‘arb falsafasi tarixida shakllangan ong konsepsiyalari inson tafakkuri va ma’naviy o‘zligini anglashni o‘rganish asosida G‘arb falsafasida mantiqiy-ratsional tafakkur, aql-idrok va individual ongni tahlil qilish orqali, Sharq falsafasida esa ruhiy poklanish, intuitiv idrok, ichki mushohada va qalb tarbiyasi orqali ma’naviy anglashning ustuvor yo‘llari asosida muhabbat, adolat, yaxshilik kabi universal tuyg‘ularning umumiy mohiyatini ochib beruvchi hamda madaniyatlararo totuvlikni mustahkamlovchi yaxlit falsafiy konsepsiya ishlab chiqilgan;
nemis mutafakkirlari Zigmund Freyd, Karl Yung va Alfred Adlerlar ta’limotidagi onglilik va ongsizlik, ruhiy kuch, ruhiy xotirjamlik, “o‘zlik”, ijtimoiy manfaat hamda ruhiy poklanish kabi tushunchalarning umuminsoniy jihatlari (inson ichki dunyosini anglash, o‘zini boshqarish, ijtimoiy mas’uliyatni his etish va axloqiy muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan g‘oyalari) Yangi O‘zbekiston voqeligida axloqiy qadriyatlar transformatsiyasida tayanch ma’naviy-psixologik va g‘oyaviy asos vazifasining mexanizmi falsafiy-antropologik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy falsafa tarixida ong tushunchasiga oid ayrim ratsional va irratsional yondashuvlarning komparativistik tahlili natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nemis mutafakkirlari Karl Gustav Yung va Alfred Adlerning ong konsepsiyalarida insonning ijtimoiy manfaatga yo‘naltirilganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarda ongsiz tarzda namoyon bo‘ladigan mukammallikka intilish kuchi insonning ma’naviy va axloqiy kamolotiga erishishdagi muhim mexanizm hamda irratsional quvvat manbai sifatida komparativistik mexanizm bazasida ochib berilganligiga oid ilmiy xulosasidan “Mantiq ilmi va irratsionalizm” darsligini ishlab chiqishda Sharq va G‘arb irratsionalizm vakillarining qarashlarini komparativistik tahlil nuqtai nazaridan yoritib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirli huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 4-fevraldagi 01/01-01-42-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikning ilmiy-nazariy va o‘quv-metodologik jihatida takomillashuviga xizmat qilgan;
komparativistik tadqiq natijasida Sharq mutafakkirlari Bxagavan Radjnish, Aurobindo Gxosh falsafiy ta’limotidagi intellekt, intuisiya, spontan-obrazli xotira kabi kognitiv fenomenlar inson ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etish va uning yashirin qobiliyatini namoyon qilish mexanizmi ekanligi ochib berilganligiga oid xulosadan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida 2024 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘gadishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 23-yavardagi 10/44-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz tomonidan keng aholi orasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar takomillashuviga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb falsafasi tarixida shakllangan ong konsepsiyalari inson tafakkuri va ma’naviy o‘zligini anglashni o‘rganish asosida G‘arb falsafasida mantiqiy-ratsional tafakkur, aql-idrok va individual ongni tahlil qilish orqali, Sharq falsafasida esa ruhiy poklanish, intuitiv idrok, ichki mushohada va qalb tarbiyasi orqali ma’naviy anglashning ustuvor yo‘llari asosida muhabbat, adolat, yaxshilik kabi universal tuyg‘ularning umumiy mohiyatini ochib beruvchi hamda madaniyatlararo totuvlikni mustahkamlovchi yaxlit falsafiy konsepsiya ishlab chiqilganligiga oid xulosadan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida qo‘mitaning konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2025-yil 12-fevraldagi 14-07-195-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniyatlararo o‘zaro ta’sir masalasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-uslubiy tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
nemis mutafakkirlari Zigmund Freyd, Karl Yung va Alfred Adlerlar ta’limotidagi onglilik va ongsizlik, ruhiy kuch, ruhiy xotirjamlik, “o‘zlik”, ijtimoiy manfaat hamda ruhiy poklanish kabi tushunchalarning umuminsoniy jihatlari (inson ichki dunyosini anglash, o‘zini boshqarish, ijtimoiy mas’uliyatni his etish va axloqiy muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan g‘oyalari) Yangi O‘zbekiston voqeligida axloqiy qadriyatlar transformatsiyasida tayanch ma’naviy-psixologik va g‘oyaviy asos vazifasining mexanizmi falsafiy-antropologik jihatdan asoslanganligiga oid xulosasidan O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi tomonidan ijtimoiy-ma’rifiy ishlar rejasining keng aholi qatlamlari orasida davra suhbatlar va konsultatsiyalarni ilmiy asoslanganligi ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston nogironlar assosiatsiyasining 2025-yil 15-yanvardagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bor shaxslar orasida targ‘ibot ishlari va doira suhbatlarining ilmiy bazasi kuchayishiga xizmat qilgan.