Abdullaev Botir Inatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar avtobus yo‘nalishlarida transport xizmati sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PHD/T289.
Ilmiy rahbar: Nazarov Anvar Aripovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Sidiknazarov Kaxramon Millyabaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shahar avtobus yo‘nalishlarida transport xizmati sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar avtobus yo‘nalishlarida transport xizmati sifat ko‘rsatkichlarini integral baholash mezoni takomillashtirilgan;
avtobuslarni harakatlanish rejimi bilan boshqariladigan chorrahalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
peregon uchastkalarda avtobuslarning rejalashtirilgan harakat intervalini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi tarkib sig‘imidan foydalanish koeffisienti me’yoriy qiymatini, unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar orqali ta’minlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shahar avtobus yo‘nalishlarida transport xizmati sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan transport xizmati sifat ko‘rsatkichlarini integral baholash mezoni “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtosaroylar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholashda joriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2018 yil 28 dekabrdagi 6/16-102-son ma’lumotnomasi). Natijada avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichlarini integral baholash imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan avtobuslarni harakatlanish rejimi bilan boshqariladigan chorrahalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash usuli “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtosaroylar avtobus yo‘nalishlari ish faoliyatiga joriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2018 yil 28 dekabrdagi 6/16-102-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘nalishda avtobuslarning boshqariladigan chorrahalarda ushlanib qolish ehtimolligi aniqlanib, ish jadvallariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga erishilgan;
ishlab chiqilgan peregon uchastkalarda avtobuslarning rejalashtirilgan harakat intervalini ta’minlash usuli “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtosaroylar avtobus yo‘nalishlari ish faoliyatiga joriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2018 yil 28 dekabrdagi 6/16-102-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘nalishda avtobuslarning peregon uchastkalarda ushlanib qolish ehtimolligi aniqlanib, ish jadvallariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga erishilgan;
ishlab chiqilgan shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi tarkib sig‘imidan foydalanish koeffisienti me’yoriy qiymatini, unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar orqali ta’minlash usuli “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtosaroylar avtobus yo‘nalishlari ish faoliyatiga joriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2018 yil 28 dekabrdagi 6/16-102-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘nalishlarda avtobuslar sig‘imidan foydalanish koeffisientini talab etiladigan qiymatini ta’minlash imkoniyatiga erishilgan.