Bobojonov Xursand Qadamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida anderrayting jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4999
Ilmiy rahbar: Qulmetov Mansurbek Ro‘zmatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Qodirova Xadicha To‘raevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultonmurodov Bobir Bahodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida anderrayting jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida kreditlash tizimi doirasida anderrayting jarayonlarini joriy qilish asosida uch bosqichli qaror qabul qilish vakolatidan bir bosqichli qaror qabul qilish vakolatiga o‘tish hamda CRM va sun’iy intellektni qo‘llash orqali kredit arizalarini ko‘rib chiqish muddatini sezilarli darajada qisqartirish taklif etilgan;
tijorat banklarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini aniqlashda 100 balli kredit reyting kartasi asosida “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” chegaralari doirasida baholash orqali kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish asoslangan;
banklarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘lgan qarz oluvchilarning moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyatini kompleks baholashda ularning kredit qobiliyatini hisoblash metodikasida kreditga layoqatlilik (KLK), foizlarni qoplash (ICR) va qarzni qoplash (DSCR) kabi yangi koeffisentlarni qo‘llash taklif etilgan;
kredit qo‘yilmalari hajmini oshirish va kredit portfeliga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning empirik modeli asosida Ipoteka banki kreditlari bo‘yicha 2030 yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida investision faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida kreditlash tizimi doirasida anderrayting jarayonlarini joriy qilish asosida uch bosqichli qaror qabul qilish vakolatidan bir bosqichli qaror qabul qilish vakolatiga o‘tish hamda CRM va sun’iy intellektni qo‘llash orqali kredit arizalarini ko‘rib chiqish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga doir taklifi “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIB OTP group 2025 yil 23 apreldagi 5-2.2/979-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ipoteka-bank” ATIBda kredit ajratish bosqichi anderraytinga o‘tishdan oldin kamida 3 ta bosqich bo‘lsa, anderrayting natijasida 1 ta bosqichgacha kamaytirishga va kredit arizalarini ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha qisqartirishga hamda bankning ichki kredit jarayonlarini aks ettiruvchi va kredit hujjatlari aylanmasini ta’minlovchi CRM dasturini ishga tushirishga erishilgan;
tijorat banklarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini aniqlashda 100 balli kredit reyting kartasi asosida “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” chegaralari doirasida baholash orqali kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishga doir taklifi “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIB OTP group 2025 yil 23 apreldagi 5-2.2/979-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarida qarz oluvchilarning kredit reyting kartasi asosida baholash orqali modulli kreditlar joriy etilishiga, elektron bazalardan keng foydalanilgan holda talab etiladigan hujjatlar soddalashtirishiga va kreditlar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish imkoni asoslab berilgan;
banklarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘lgan qarz oluvchilarning moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyatini kompleks baholashda ularning kredit qobiliyatini hisoblash metodikasida kreditga layoqatlilik (KLK), foizlarni qoplash (ICR) va qarzni qoplash (DSCR) kabi yangi koeffisentlarni qo‘llashga doir taklifi “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIB OTP group 2025 yil 23 apreldagi 5-2.2/979-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘lgan qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini hisoblash metodikasiga qarz va foizlarni qoplash hamda yillik qarz majburiyatlarini EBITDAga nisbati kabi koeffisentlar kiritilishiga, shuningdek ohirgi ikki yil maboynida 5 770 ta kredit arizalari ushbu tahliliy ko‘rsatkichlar asosida samarali ko‘rib chiqilgan va kredit portfeli daromadlilik darajasi 2,63 foizga oshgan;
kredit qo‘yilmalari hajmini oshirish va kredit portfeliga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning empirik modeli asosida Ipoteka banki kreditlari bo‘yicha 2030 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklif “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIB OTP group 2025 yil 23 apreldagi 5-2.2/979-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Ipoteka-bank» ATIB kredit portfeli hajmi va u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan, shuningdek bank kredit portfeli 2030 yilda 46,8 trln.so’mni tashkil etishi prognoz qilingan.