Suleymanov Sarvar Sunatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyot tamoyillarining o‘ziga xos xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1245.
Ilmiy rahbar: Yusubov Jaloliddin Kadamovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abilov Urol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Vahob, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy taraqqiyot jarayonining mohiyatini, tizim sifatidagi ichki xususiyatlarini ijtimoiy–falsafiy jihatdan tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ma’naviy yuksalish jarayonlarini takomillashtirishga doir ustuvor yo‘nalishlar ilmiy-nazariy jihatdan belgilandi; mazkur jarayonlarning falsafiy-metodologik poydevori, tarixiy manbalari, bugungi rivojlanish dinamikasi hamda jamiyat ma’naviy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liq determinantlari aniqlashtirildi. Shu asosda ma’naviy yuksalishni izchil, tizimli va barqaror rivojlantirishga xizmat qiluvchi konseptual model asoslab berilgan.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining ma’naviy yuksalishdagi o‘rni va imkoniyatlari ma’naviy immunitetni mustahkamlash, ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish hamda shaxs va jamiyat qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan funksiyalari ilmiy dalillar bilan ochib berilgan.
ma’naviy yuksalishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar: axborot xurujlari, g‘oyaviy bo‘shliq, ijtimoiy ongni manipulyasiya qilish texnologiyalari va boshqa destruktiv ta’sirlar – falsafiy-ijtimoiy tahlil asosida ularning oldini olish va bartaraf etishga yo‘naltirilgan mexanizmlar majmui ishlab chiqilgan.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’naviy yuksalish jarayonlariga ta’siri jamiyatda ma’naviy uyg‘onish, ijtimoiy faollik, fuqarolik mas’uliyati va axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi jihatlari konseptual asosda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi O’zbekiston ma’naviy taraqqiyot tamoyillarining o’ziga xos xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy taxlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ma’naviy yuksalish jarayonlarini takomillashtirishga doir ustuvor yo‘nalishlar ilmiy-nazariy jihatdan belgilandi; mazkur jarayonlarning falsafiy-metodologik poydevori, tarixiy manbalari, bugungi rivojlanish dinamikasi hamda jamiyat ma’naviy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liq determinantlari aniqlashtirildi. Shu asosda ma’naviy yuksalishni izchil, tizimli va barqaror rivojlantirishga xizmat qiluvchi konseptual modeliga oid takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishda belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” dasturining 15-bandi ijrosini ta’minlashda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-iyundagi 10/367-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyot tamoyillarining o‘ziga xos xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy taxlil qilishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining ma’naviy yuksalishdagi o‘rni va imkoniyatlari ma’naviy immunitetni mustahkamlash, ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish hamda shaxs va jamiyat qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan funksiyalari ilmiy asoslardan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining VII yo‘nalishida belgilangan mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bobida Hududlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish, mahallalarda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tizimli etkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 23-iyundagi 02-09/693-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamiyatda ijtimoiy munosabatlar tizimida yoshlar manfaatlari ustuvorligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishga xizmat qilgan.
ma’naviy yuksalishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar: axborot xurujlari, g‘oyaviy bo‘shliq, ijtimoiy ongni manipulyasiya qilish texnologiyalari va boshqa destruktiv ta’sirlar – falsafiy-ijtimoiy tahlil asosida ularning oldini olish va bartaraf etishga yo‘naltirilgan mexanizmlar majmuidan Yoshlar ishlari agentligining 2025-yilga mo‘ljallangan “Yoshlar tarbiyasi milliy g‘ururni shakllantirish hamda buyuk ajdodlarimizga nisbatan g‘urur tuyg‘usini oshirish” dasturi hamda “Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” rejasida belgilangan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 19-iyuldagi 2-15-21-4002-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan agentlikning yoshlar orasida Vatanparvarlik kechasi (rejaning 1-yo‘nalish III bandi), madaniy kechalar (rejaning 1-yo‘nalish IV bandi), ma’rifiy tadbirlar (rejaning 4-yo‘nalish IV bandi) ijrosini ta’minlashda, ma’naviy sohadagi islohotlarni aniq va tizimli etkazishda hamda yoshlarda aniq fikrlarni yanada boyitishda foydalanildi.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’naviy yuksalish jarayonlariga ta’siri jamiyatda ma’naviy uyg‘onish, ijtimoiy faollik, fuqarolik mas’uliyati va axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi jihatlariga doir takliflardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 29-iyuldagi 01-27/324-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalaga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tamoqda hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni hal etishga, targ‘ibot ishlarini yanada yaxshilashga yordam bergan.