Nigmanov Azizbek Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha xorij tajribasi (XXR misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3982.
Ilmiy rahbar: Zohidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ibodullo Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XXR tajribasi asosida O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida energiya sarfini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish mexanizmlari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmoqlarida energiya iste’moli samaradorligini baholash va energiya tejash choralarini amalga oshirishda 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan sanoat korxonalarini uch yil muddatga mulk soliqlari va foyda solig‘idan ozod qilish orqali korxonalarni fiskal xarajatlarini qisqartirish taklifi asoslangan;
sanoat ishlab chiqarishi ahamiyatidagi barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘limini taqdim etish majburiy tartibini joriy etish taklifi asoslangan;
sanoat tarmoqlari korxonalari o‘z balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatishi hamda mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik ko‘rsatkichlarini belgilashda ularni mutassaddi organlar tomonidan sertifikatlashtirish talabini joriy etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida energiya tejamkorligini oshirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillarni e'tiborga olgan holda soha parametrlarining 2030-yilga qadar rivojlanish istiqbollari uchun maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
sanoat tarmoqlarida energiya iste’moli samaradorligini baholash va energiya tejash choralarini amalga oshirishda 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan sanoat korxonalarini uch yil muddatga mulk soliqlari va foyda solig‘idan ozod qilish orqali korxonalarni fiskal xarajatlarini qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-sonli qarorida o‘z ifodasini topgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 25-dekabrdagi 01-02-59/2052-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlarida 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan uch yil muddatga mulk soliqlari va foyda solig‘idan ozod qilingan va bu esa korxonalarni fiskal xarajatlarini qisqarishiga olib kelgan;
sanoat ishlab chiqarishi ahamiyatidagi barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘limini taqdim etish majburiy tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-sonli qarorida o‘z aksini topgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 25-dekabrdagi 01-02-59/2052-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslar iste’molidagi yuqori xarajatlarni kamaytirish hamda tarmoq korxonalari tomonidan energiyani tejash va energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan;
sanoat tarmoqlari korxonalari o‘z balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatishi hamda mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik ko‘rsatkichlarini belgilashda ularni mutassaddi organlar tomonidan sertifikatlashtirish talabini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-sonli qarorinida aks etgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 25-dekabrdagi 01-02-59/2052-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Yashil energiya” sertifikatlari I-REC yagona elektron platformasiga integratsiya qilingan va barqaror rivojlanish siyosatida va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishga olib kelgan;
O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida energiya tejamkorligini oshirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillarni e’tiborga olgan holda soha parametrlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan rivojlanish istiqbollari uchun maqsadli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “«O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-109-sonli qarorining 1-ilova, 2.8-qismida o‘z aksini topgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 25-dekabrdagi 01-02-59/2052-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlarida 2030-yilga qadar barqaror, samarali va ekologiya jihatdan toza energetika tizimini yaratishning maqsadli parametrlari ishlab chiqilishiga erishilgan.