G‘ulomova Ruxsora Burievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik globallashuv sharoitida O‘zbekistonning ijtimoiy-ekologik siyosati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1476
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Juraqulov Husan Anvarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ijtimoiy-ekologik siyosatining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-ekologik siyosatning antisipativ (muammoni oldindan ko‘ra bilish), integrativ (davlat va jamiyat birligi) va inklyuziv (barcha qatlamlarni qamrab olish) kabi innovatsion xarakteri, uning ekologik muhitni barqarorlashtirishdagi tabiat va jamiyatni o‘zaro uyg‘un rivojlanishni ta’minlash, sinergetik samaradorlikka erishish hamda ekzistensial xavfsizlikni kafolatlashdagi strategik ahamiyati hamda aholini ekologik tahdidlardan himoyalashning institutsional-huquqiy (qonun ustuvorligi), kognitiv-ma’rifiy (ekologik ong va ta’lim) va siyosiy (ochiqlik va shaffoflik) kabi omillari ochib berilgan;
O‘zbekistonda ekologik muammolar eskalatsiyasining siyosiy-iqtisodiy determinizm, geosiyosiy maqsadlar va strategik maqsadga yo‘naltirilgan texnokratik siyosat kabi paradigmalar bilan bog‘liqligi, ekologik globallashuvning xalqaro ekologik standartlar integratsiyasi, transchegaraviy hamkorlik va barqaror rivojlanish konsepsiyasining institutsionallashuvi kabi omillari aniqlashtirilgan;
ijtimoiy-ekologik muhofazani kuchaytirishning obektiv (konstitutsiyaviy-huquqiy bazaning yangilanganligi, tabiiy-resurs bo‘yicha ma’danga boyligi va xalqaro geosiyosiy integratsiya, ijtimoiy institutsional tuzilma tizimi) kabi hamda subektiv (siyosiy iroda, ekologik ong va madaniyat transformatsiyasi, ilmiy-intellektual salohiyat va innovatsion tafakkur, volontyorlik harakatining institutsionallashuvi) kabi imkoniyatlari asoslab berilgan;
O‘zbekistonning ekologik inqirozga uchragan hududlarida ijtimoiy-ekologik muhofazani barqaror rivojlantirish siyosatining “Yashil makon” umummilliy loyihasi tamoyillarini kommunal infratuzilma va urbanistika tizimiga integratsiya qilish, aholi uchun qulay va xavfsiz “ekomuhit” yaratish, hudud aholisining biologik va ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya) salohiyatini yuksaltirish kabi strategik istiqbollari hamda uning ijtimoiy samaradorligini oshirishning hududlarning ijtimoiy-ekologik pasportlashtirish tizimini raqamlashtirish, mahalla institutida jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish kabi mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik globallashuv sharoitida O‘zbekistonning ijtimoiy-ekologik siyosati bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy-ekologik siyosatning antisipativ (muammoni oldindan ko‘ra bilish), integrativ (davlat va jamiyat birligi) va inklyuziv (barcha qatlamlarni qamrab olish) kabi innovatsion xarakteri, uning ekologik muhitni barqarorlashtirishdagi tabiat va jamiyatni o‘zaro uyg‘un rivojlanishni ta’minlash, sinergetik samaradorlikka erishish hamda ekzistensial xavfsizlikni kafolatlashdagi strategik ahamiyati hamda aholini ekologik tahdidlardan himoyalashning institutsional-huquqiy (qonun ustuvorligi), kognitiv-ma’rifiy (ekologik ong va ta’lim) va siyosiy (ochiqlik va shaffoflik) kabi omillariga oid nazariy xulosalari va amaliy takliflaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11 raqamli “O‘zbek xalqi va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 22-may 04/11-6412-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-ekologik siyosatga oid kompleks chora tadbirlari ishlab chiqish hamda aholining ekologik savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ekologik muammolar eskalatsiyasining siyosiy-iqtisodiy determinizm, geosiyosiy maqsadlar va strategik maqsadga yo‘naltirilgan texnokratik siyosat kabi paradigmalar bilan bog‘liqligi, ekologik globallashuvning xalqaro ekologik standartlar integratsiyasi, transchegaraviy hamkorlik va barqaror rivojlanish konsepsiyasining institutsionallashuvi kabi omillariga doir nazariy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 24-mart 2-15-21-1521-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil transformatsiya”sini amalga oshirish, aholining yashash sifatini yaxshilash, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish, ekologik turmush tarzini shakllantirish va yoshlarning ekologik dunyoqarashi hamda salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-ekologik muhofazani kuchaytirishning obektiv (konstitutsiyaviy-huquqiy bazaning yangilanganligi, tabiiy-resurs bo‘yicha ma’danga boyligi va xalqaro geosiyosiy integratsiya, ijtimoiy institutsional tuzilma tizimi) kabi hamda subektiv (siyosiy iroda, ekologik ong va madaniyat transformatsiyasi, ilmiy-intellektual salohiyat va innovatsion tafakkur, volontyorlik harakatining institutsionallashuvi) kabi imkoniyatlariga oid amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” g‘oyasini o‘zining bosh shiori hisoblagan ustuvor yo‘nalishlari va 2025-yilga mo‘ljallangan Harakatlar dasturida belgilab olgan vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025-yil 19-martdagi 01/84-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda, atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashish hamda saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning ekologik inqirozga uchragan hududlarida ijtimoiy-ekologik muhofazani barqaror rivojlantirish siyosatining “Yashil makon” umummilliy loyihasi tamoyillarini kommunal infratuzilma va urbanistika tizimiga integratsiya qilish, aholi uchun qulay va xavfsiz “ekomuhit” yaratish, hudud aholisining biologik va ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya) salohiyatini yuksaltirish kabi strategik istiqbollari hamda uning ijtimoiy samaradorligini oshirishning hududlarning ijtimoiy-ekologik pasportlashtirish tizimini raqamlashtirish, mahalla institutida jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish kabi mexanizmlariga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 1-fevral kuni efirga uzatilgan Ochiq muloqot dasturida “Tabiatni asrashga barchamiz masʼulmiz” nomli radioeshittirish ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-fevraldagi 17-05/39-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning sog‘lom turmush tarziga amal qilish salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.