Ergasheva Gulchehra Qo‘ldoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navoiy viloyatida jismoniy madaniyat va sportning shakllanish hamda rivojlanish tarixi (1982-2022-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1256
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Jamolova Dilnoza Muyidinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich tarix fanlari doktori (DSc), professor..
Mambetov Bayram Jaqsimuratovich tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1982–2022-yillarda Navoiy viloyatida jismoniy madaniyat va sportning shakllanish hamda rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Sovet davrida Navoiy viloyatidagi sport infratuzilmasining holati ilk bor statistik va arxiv manbalari asosida tizimli tahlil qilinib, viloyatdagi 295 ta umumta’lim maktabidan atigi 71 tasida sport zallari mavjud bo‘lgani, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari shahar va tuman markazlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, qishloqlarda bunday imkoniyatlar deyarli mavjud emasligi, moddiy-texnik bazaning etarli bo‘lmagani, shuningdek jismoniy madaniyatning sovet siyosiy tizimida mehnat va mudofaa maqsadlariga yo‘naltirilgani ilmiy asosda ochib berilgan.
1992–2000-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasining huquqiy-me’yoriy asoslari shakllanish jarayoni viloyatning tuman va shaharlari misolida tahlil qilinib, mavjud infratuzilmaviy muammolar aniqlangan hamda ularning sabablari ilmiy asosda dalillab berilgan;
Viloyatda ko‘plab sport turlari, jumladan armrestling va yunon-rum kurashi yo‘nalishlarida mahalliy trenerlik maktablarining shakllanish va rivojlanish omillari tarixiy jarayon nuqtayi nazaridan o‘rganilib, ularning xalqaro sport natijalariga ko‘rsatgan ta’siri Mirzohid Sharapov, Husniddin Norbekov, Istam Qudratov va Elbek Sultonov kabi bir qator sportchilar faoliyati misolida ochib berilgan;
2017-yildan boshlab sport sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida ommaviy sportni rivojlantirish, ayollar sportini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, viloyatning chekka hududlarida 1784 ta sport inshootining barpo etilishi kabi amaliy chora-tadbirlarning sport tizimi rivojiga ta’siri Tomdi tumanining O‘temurat, Ayaqquduq, Keregetau ovullari hamda Uchquduq tumani misolida ilmiy jihatdan tahlil qilinib asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida jismoniy madaniyat va sport sohasi tarixiylik nuqtai nazaridan xolisona tahlil qilinganligi hamda undagi transformatsion jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari tarixiy manbalar asosida ochib berilgani hamda bu zamonaviy ilmiy-nazariy qarashlarni, muammoga oid metodologik yondashuvlar va nazariy xulosalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kabi fanlarni o‘qitish hamda ushbu fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda hamda “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Navoiy viloyatida jismoniy madaniyat va sport ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, mustaqillik yillarida sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilgan islohotlar, 2017-yildan keyin jismoniy tarbiya va sport sohalarining yangi bosqichda rivojlanishi borasida amaliy ishlar o‘rganilib, tashabbusli axborotlar taqdim etildi.
Viloyatda sport sohasida kechgan jarayonlar ilk bor O‘zbekiston Milliy arxivi, Madaniyat va sport vazirligining joriy arxivi, Navoiy viloyati davlat arxivi hamda sohaga oid joriy arxiv materiallari va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ilmiy muomalaga kiritildi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: 1.Sovet davrida viloyatda mavjud 295 ta umumta’lim maktabining faqatgina 71 tasida sport zallari mavjud bo‘lgani, bu esa soha infratuzilmasining qoniqarsiz ahvolda ekanini va ushbu holatlar tizimli islohotlarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqarganligi, 1992–2000-yillar mobaynida jismoniy tarbiya va sport sohasini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, bosqichma-bosqich rivojlanish boshlangan bo‘lishiga qaramay, hali ham infratuzilmaviy muammolar mavjud bo‘lganligi Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor, Nurota tumanlari misolida tahlil qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023—yil 20-sentyabrdagi №02-06-1421-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshabinlarda Navoiy viloyati sport tarixiga oid tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.
2.Sport turlari bo‘yicha mahalliy trenerlik maktablarining shakllanishi 1994- yildan o‘z natijasini bera boshlagani, viloyat sportchilarining xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lganligi Mirzohid Sharapov, Husniddin Norbekov, Istam Qudratov va Elbek Sultonov kabi bir qator sportchilar misolida ochib berilganligi, 2017-yildan boshlab viloyatning chekka hududlarida 1784 ta sport inshootlarning qurilishi va sohani rivojlantirishdagi amaliy harakatlar Tomdi tumanining O‘temurat, Ayaqquduq va Keregetau ovullari misolida ko‘rsatib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan hududlarda jismoniy madaniyat va sport sohalari holatini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi 2024-03-16/13217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan hududlarda jismoniy tarbiya va sport sohalarining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va kelgusida samarali strategiyalarni ishlab chiqishda ilmiy asoslangan manba sifatida xizmat qildi.
3.Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar mustaqillik davrida jismoniy madaniyat va sportning shakllanishi hamda rivojlanishiga, yoshlarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini o‘stirish maqsadida jismoniy madaniyat va sportga oid davlat siyosatini takomillashtirishga, sohada erishilgan natijalar va qo‘lga kiritilgan yuksak marralarning tarixiy ahamiyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 9- oktyabrdagi 2-13-21-5467-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-madaniy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan.