Maxmudova Zebiniso Abduraxmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Posttrombotik retinopatiyani bo‘sag‘a osti mikroimpul`sli lazer ta’siridan foydalangan holda kombinirlangan davolash samaradorligini klinik-funksional baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3534.
Ilmiy rahbar: Djamalova Shirin Abdumuratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Shusterov Yuriy Arkad`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Yuldasheva Nodira Maxmudovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optik kogerent tomografiya, OKT-angiografiya va elektrofiziologik tekshiruvlar ma’lumotlarining har tomonlama tahlili asosida, pog‘ona osti mikroimpulsli lazer va anti-VEGF dori vositalaridan foydalangan holda kompleks davolash usulining samaradorligini klinik-funksional baholash orqali posttrombotik retinopatiyada makula shishini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor posttrombotik retinopatiyada makulyar shish morfologik va mikrotsirkulyator xususiyatlari, jumladan, to‘r pardaning ichki qatlamlari dezorganizatsiyasi, xorioidal vaskulyarizatsiya indeksining pasayishi va ellipsoid soxa yaxlitligining buzilishi prognostik mezon ekanligi aniklangan;
ilk bor posttrombotik retinopatiyada makulyar soxada destruktiv o‘zgarishlar darajasini ifodalovchi va ishemiyani baholaydigan funksional marker sifatida glial hujayralar gipoksiyasi indeksining diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan;
bo‘sag‘a osti mikroimpulsli lazer ta’siri anti‑VEGF terapiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanilganda, makulyar shishning morfologik ko‘rinishlarining regressiyasi, mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlarning tiklanishi va ko‘rish funksiyalarining yaxshilanishi samaradorligi bo‘yicha monoterapiyaga nisbatan klinik jihatdan ahamiyatli ustunlikni ta’minlashi isbotlangan;
posttrombotik retinopatiyadagi makulyar shishni davolashni individuallashtirish bo‘yicha morfologik, mikrotsirkulyator va elektrofiziologik markerlarni o‘z ichiga olgan, terapiyaga javobni bashorat qilish imkonini beradigan ko‘p bosqichli algoritm ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Posttrombotik retinopatiyani bo‘sag‘a osti mikroimpul`sli lazer ta’siridan foydalangan holda kombinirlangan davolash samaradorligini klinik-funksional baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/57-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor posttrombotik retinopatiyada makulyar shish morfologik va mikrotsirkulyator xususiyatlari, jumladan, to‘r pardaning ichki qatlamlari dezorganizatsiyasi, xorioidal vaskulyarizatsiya indeksining pasayishi va ellipsoid soxa yaxlitligining buzilishi prognostik mezon ekanligi aniklangan. Ushbu natijalar “Posttrombotik retinopatiyada mikroimpulsli lazerning samaradorligini klinik va instrumental baholash” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli lazerni o‘z ichiga olgan posttrombotik retinopatiyani kombinirlangan davolash usuli” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM Samarqand (buyruq №12 28.01.2025 yil) va Termiz (buyruq №11 21.01.2025 yil) filiallari hamda RShTYoIM (buyruq №18 27.01.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning asoratlangan shakllarini tashxislash va erta aniqlashning aniqligini oshirish ko‘rish funksiyalarini saqlab qolishga yordam beradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OKT, OKT-angiografiya va elektrofiziologik ko‘rsatkichlardan foydalangan holda kompleks diagnostikani qo‘llash asossiz diagnostik muolajalar sonini kamaytirish va samarali davolash imkonini beradi, bu esa posttrombotik retinopatiyada makula shishini davolash uchun umumiy xarajatlarni yiliga 15-20% ga kamaytirishga olib kelishi mumkin. Xulosa: olingan natijalar posttrombotik retinopatiyada makula shishini tashxislash va davolashda xorioidal vaskulyarizatsiya indeksi hamda glial hujayralar gipoksiyasi indeksiga asoslangan kompleks yondashuvning yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini ilmiy jihatdan asoslab, uni oftal`mologik amaliyotga keng joriy etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor posttrombotik retinopatiyada makulyar soxada destruktiv o‘zgarishlar darajasini ifodalovchi va ishemiyani baholaydigan funksional marker sifatida glial hujayralar gipoksiyasi indeksining diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan. Ushbu natijalar “Posttrombotik retinopatiyada mikroimpulsli lazerning samaradorligini klinik va instrumental baholash” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli lazerni o‘z ichiga olgan posttrombotik retinopatiyani kombinirlangan davolash usuli” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM Samarqand (buyruq №12 28.01.2025 yil) va Termiz (buyruq №11 21.01.2025 yil) filiallari hamda RShTYoIM (buyruq №18 27.01.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Cg ni marker sifatida qo‘llash davolashni individuallashtirish va ko‘rish qobiliyatining pasayish xavfini kamaytirish orqali bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: funksional marker sifatida gipoksiya glial indeksini joriy etish terapiya samaradorligini aniqroq bashorat qilish va samarasiz davolash choralaridan qochish imkonini beradi. Bu esa davolash strategiyasini optimallashtirish orqali har bir bemorni davolash xarajatlarini 10-15% ga kamaytirishi mumkin. Xulosa: glial hujayralar gipoksiyasi indeksining posttrombotik retinopatiyada ishemiyaning funksional markeri va makula sohasidagi destruktiv o‘zgarishlar darajasini aks ettiruvchi diagnostik hamda prognostik ko‘rsatkich sifatida qo‘llanilishi davolashni individuallashtirish, ko‘rish funksiyalari yo‘qotilishi xavfini kamaytirish va terapiya strategiyasini optimallashtirish orqali yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berishi ilmiy jihatdan asoslandi;
uchinchi ilmiy yangilik: bo‘sag‘a osti mikroimpulsli lazer ta’siri anti‑VEGF terapiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanilganda, makulyar shishning morfologik ko‘rinishlarining regressiyasi, mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlarning tiklanishi va ko‘rish funksiyalarining yaxshilanishi samaradorligi bo‘yicha monoterapiyaga nisbatan klinik jihatdan ahamiyatli ustunlikni ta’minlashi isbotlangan. Ushbu natijalar “Posttrombotik retinopatiyada mikroimpulsli lazerning samaradorligini klinik va instrumental baholash” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli lazerni o‘z ichiga olgan posttrombotik retinopatiyani kombinirlangan davolash usuli” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM Samarqand (buyruq №12 28.01.2025 yil) va Termiz (buyruq №11 21.01.2025 yil) filiallari hamda RShTYoIM (buyruq №18 27.01.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash samaradorligini oshirish bemorlarning, ayniqsa keksa va mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarning ko‘rish funksiyalari va ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kombinirlangan terapiya anti-VEGF dori vositalarining zaruriy in’eksiyalari sonini yiliga 6-7 tadan 4-5 tagacha kamaytirish imkonini beradi, bu esa yiliga bitta bemorni dori-darmon bilan davolashga sarflanadigan mablag‘larni 30-40% gacha tejash imkonini yaratadi. Xulosa: bo‘sag‘a osti mikroimpulsli lazerni anti-VEGF terapiya bilan birgalikda qo‘llashga asoslangan kombinirlangan davolash usuli posttrombotik retinopatiyada morfologik o‘zgarishlarni bartaraf etish, mikrotsirkulyasiyani tiklash va ko‘rish funksiyalarini yaxshilashda monoterapiyaga nisbatan ustun ekanligi, shuningdek, bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va dori-darmon xarajatlarini sezilarli kamaytirish imkonini berishi ilmiy jihatdan asoslandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: posttrombotik retinopatiyadagi makulyar shishni davolashni individuallashtirish bo‘yicha morfologik, mikrotsirkulyator va elektrofiziologik markerlarni o‘z ichiga olgan, terapiyaga javobni bashorat qilish imkonini beradigan ko‘p bosqichli algoritm ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan. Ushbu natijalar “Posttrombotik retinopatiyada mikroimpulsli lazerning samaradorligini klinik va instrumental baholash” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli lazerni o‘z ichiga olgan posttrombotik retinopatiyani kombinirlangan davolash usuli” (RIKMIATM kengashi tomonidan 26.10.2025 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM Samarqand (buyruq №12 28.01.2025 yil) va Termiz (buyruq №11 21.01.2025 yil) filiallari hamda RShTYoIM (buyruq №18 27.01.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritm davolash yondashuvini shaxsiylashtirish imkonini beradi, bu esa bemorlarning davolanish natijalaridan yuqori samaradorlik va mamnuniyatini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan davolashni individuallashtirish algoritmini qo‘llash samarasiz muolajalar sonini kamaytirishga va tibbiy resurslardan foydalanishni optimallashtirishga yordam beradi. Bu esa posttrombotik retinopatiyada makula shishini davolash uchun umumiy xarajatlarni yiliga 20-25% ga qisqartirishi mumkin. Xulosa: qon tomir va elektrofiziologik mezonlarni birlashtirgan, patogenetik jihatdan asoslangan algoritmni posttrombotik retinopatiyada makula shishi terapiyasini individuallashtirishda qo‘llash davolash natijalarini yaxshilash, bemorlar mamnuniyatini oshirish hamda samarasiz muolajalarni qisqartirish orqali tibbiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish va umumiy davolash xarajatlarini sezilarli kamaytirish imkonini berishi ilmiy jihatdan asoslandi.