Mamasoliev Shoxruxbek Mamarasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinsga bog‘liq metabolik sindromli yoshlarda uyquning buzilish xususiyatlari»; 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4568.
Ilmiy rahbar: Artikova Mavlyuda Abduraxmanovna, tibbiyot fanlari doktori,  dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxadirova Munisa Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ivanovo davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromli yoshlarda uyqu buzilishining jinsga ko‘ra o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish va davolash samaradorligini optimallashtirish. 
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metabolik sindromli yoshlarda jinsiy farqlarni hisobga olgan holda, uyqu buzilishining fenotiplari tasniflandi. Bunda ayollarda insomnik fenotip ustun ekani, erkaklarda esa aralash fenotip yetakchi ekani kompleks tarzda asoslangan;
yoshlarda jinsga bog‘liq bo‘lgan uyqu buzilishining turli fenotiplari bilan assotsirlangan gormonal-metabolik laborator ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, insomnik fenotipli ayollarda kortizol, leptin va insulin rezistentligining ahamiyatli oshishi, aralash fenotipli erkaklarda esa insulin rezistentlik va kortizol darajasining ko‘tarilishi, ammo melatonin miqdorining pasayishi isbotlangan;
polisomnografiyaning asosiy instrumental bashoratchilari, yurak ritmi variabelligi va sutkalik qon bosimini monitoringi, genderli xususiyatlarni hisobga olgan holda uyqu buzilishi fenotiplariga xarakterli bo‘lgan tashxisot jihatdan ahamiyatli kombinatsiyalari, jumladan ayollarda yurak ritmi variabelligining keskin pasayishi bilan kechuvchi insomniya, erkaklarda esa avtonom regulyasiyaning buzilishi, arterial bosimning sirkadli profili aralash fenotipning asosiy instrumental biomarkyori sifatida baholangan;
uyqu buzilishining ma’lum fenotiplarini bashoratlovchi hisoblash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Jinsga bog‘liq metabolik sindromli yoshlarda uyquning buzilish xususiyatlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha:
Birinchi ilmiy yangilik: metabolik sindromli yoshlarda jinsiy farqlarni hisobga olgan holda, uyqu buzilishining fenotiplari tasniflandi. Bunda ayollarda insomnik fenotip ustun ekani, erkaklarda esa aralash fenotip yetakchi ekani kompleks tarzda asoslanganligi bo‘yicha «Jinsga bog‘liq holda metabolik sindromli yosh bemorlarda uyqu buzilishining ma’lum bir fenotipini oldini olish va davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma tayyorlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi 25m/136-son qarori bilan tasdiqlangan).Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining nevrologiya bo‘limida (2025 yil 10 iyuldagi 169-sonli buyruq) va Andijon tuman tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limiga (2025 yil 10 maydagi 69-sonli buyruq) joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/19-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsni hisobga olgan holda fenotipni shaxsiylashtirilgan baholash: uyqu buzilishlarining og‘ir shakllari xavfini o‘z vaqtida aniqlashga ko‘maklashadi, bu esa mehnatga layoqatli yoshlarda yurak-qon tomir va metabolik asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi: standart farmakoterapiya bilan taqqoslaganda davlat malag‘larining 52%ga tejalishi - har bir patsientga 826 000 so‘m kam mablag‘ sarflanadi. Xulosa: aralashuvlarni differensiatsiyalangan tanlash davolashning samaradorligini oshiradi, tiklanishni tezlashtiradi va simptomlarnining surunkalilashuvini minimallashtiradi, bu insonlarning ijtimoiy faolligiga, ishchanlik qobiliyatiga va psixoemotsional holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.  
Ikkinchi ilmiy yangilik: yoshlarda jinsga bog‘liq bo‘lgan uyqu buzilishining turli fenotiplari bilan assotsirlangan gormonal-metabolik laborator ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, insomnik fenotipli ayollarda kortizol, leptin va insulin rezistentligining ahamiyatli oshishi, aralash fenotipli erkaklarda esa insulin rezistentlik va kortizol darajasining ko‘tarilishi, ammo melatonin miqdorining pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha «Jinsga bog‘liq holda metabolik sindromli yosh bemorlarda uyqu buzilishining ma’lum bir fenotipini oldini olish va davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma tayyorlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi 25m/136-son qarori bilan tasdiqlangan).Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining nevrologiya bo‘limida 2025 yil 10 iyuldagi 169-sonli buyrug‘i asosida va Andijon tuman tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 69-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/19-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsga xos gormonal - metabolik profillarning aniqlanishi uyquning og‘ir buzilishlari va u bilan bog‘liq asoratlarning klinik namoyon bo‘lishidan ancha oldin, xavf guruhlarini aniqlash imkonini berishi bilan izohlangan. Bu turmush tarzini, parhezni va jismoniy faollikni optimallashtirishni o‘z ichiga olgan maqsadli profilaktika imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi: standart farmakoterapiya bilan taqqoslaganda davlat malag‘larining 52%ga tejalishi - har bir patsientga 826 000 so‘m kam mablag‘ sarflanadi. Xulosa: gormonal va metabolik xususiyatlarni hisobga olgan holda davolash strategiyasini individuallashtirish aralashuvlar samaradorligini oshiradi. Bunday yondashuv klinik yaxshilanishga tezroq erishish, dori vositalari dozalarini kamaytirish va nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish imkonini beradi.
Uchinchi ilmiy yangilik: polisomnografiyaning asosiy instrumental bashoratchilari, yurak ritmi variabelligi va polisomnografiyaning asosiy instrumental bashoratchilari, yurak ritmi variabelligi va sutkalik qon bosimini monitoringi, genderli xususiyatlarni hisobga olgan holda uyqu buzilishi fenotiplariga xarakterli bo‘lgan tashxisot jihatdan ahamiyatli kombinatsiyalari, jumladan ayollarda yurak ritmi variabelligining keskin pasayishi bilan kechuvchi insomniya, erkaklarda esa avtonom regulyasiyaning buzilishi, arterial bosimning sirkadli profili aralash fenotipning asosiy instrumental biomarkyori sifatida baholanganligi bo‘yicha  «Jinsga bog‘liq holda metabolik sindromli yosh bemorlarda uyqu buzilishining ma’lum bir fenotipini oldini olish va davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma tayyorlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi 25m/136-son qarori bilan tasdiqlangan). Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining nevrologiya bo‘limida 2025 yil 10 iyuldagi 169-sonli buyrug‘i asosida va Andijon tuman tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 69-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/19-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uyqu buzilishining har bir fenotipi uchun asosiy instrumental bashoratchilarni va ularning tashxisot jihatidan ahamiyatli kombinatsiyalarini genderli xususiyatlarni hisobga olgan holda aniqlash ahamiyatli ijtimoiy salohiyatga ega, chunki u klinik amaliyotda aniqroq va manzilli tashxisotni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat standart farmakoterapiya bilan taqqoslaganda davlat malag‘larining 52%ga tejalishi - har bir patsientga 826 000 so‘m kam mablag‘ sarflanadi. Xulosa: tadqiqot natijalarining genderli- yo‘naltirilgan talqin qilish terapevtik strategiyalarni tanlash samaradorligini oshiradi, va mos ravishda yaqqol ifodalangan klinik yaxshilanishga, qaytalanishlarning pasayishiga va uyqu buzilishining surunkalilashuvining kamayishiga erishiladi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: uyqu buzilishining ma’lum fenotiplarini bashoratlovchi hisoblash modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha  «Jinsga bog‘liq holda metabolik sindromli yosh bemorlarda uyqu buzilishining ma’lum bir fenotipini oldini olish va davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma tayyorlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi 25m/136-son qarori bilan tasdiqlangan). Tavsiyanoma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining nevrologiya bo‘limida 2025 yil 10 iyuldagi 169-sonli buyrug‘i asosida va Andijon tuman tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 69-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/19-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: model skrining bosqichidayoq konkret bemorda uyqu buzilishining konkret fenotipi ehtimolini aniqlash imkonini beradi. Bu uyqu va metabolik buzilishlarning progressiyalanishini  o‘z vaqtida oldini olib maqsadli ravishda profilaktika qilish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi: standart farmakoterapiya bilan taqqoslaganda mablag‘larning 52%ga tejalishi - har bir patsientga 826 000 so‘m kam mablag‘ sarflanadi. Xulosa: modelda jinsiy mutanosiblikni hisobga olish erkaklar va ayollarning fiziologik, gormonal va xulq-atvor xususiyatlariga moslashtirilgan eng samarali davolash sxemalarini tanlash imkonini beradi. Bunday yondashuv aralashuvlarning natijadorligini oshiradi, davolanish muddatlarini qisqartiradi va resedivlar xavfini kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish