Zoxidov Obidbek Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘ruv a’zosi jarohatlari profilaktikasini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3531.
Ilmiy rahbar: Nabiev Abduvali Mirzalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSs.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Egorov Evgeniy Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichi fonida kataraktani past chastotali ultratovush yordamida ekstraksiya qilish (KFE) usulini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kataraktani fakoemulsifikatsiya operatsiyasi paytida, chiziqli/impuls rejimlarida past chastotali ultratovush va ko‘tarilgan ko‘z ichki bosim ta’sirida glaukomatoz optik neyropatiya rivojlanish xavfi oshishi, to‘r pardaning yorug‘lik sezgirligining standart og‘ishi (MD), yorug‘lik sezgirligi ko‘rsatkichining (MS) yomonlashuvida ko‘ruv nervi diskining ekskavatsiya maydoni va o‘lchamining oshishi bilan isbotlangan;
katarakta fakoemul`sifikatsiya operatsiyasining chiziqli/impuls rejimlarida past chastotali ul`tratovush ta’siri va operatsiya vaqtidagi ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi tufayli to‘r pardaning mexanik siqilishi yuzaga kelishi, operatsiyadan keyingi dastlabki davrda subklinik retinal va makula maydoni shishining rivojlanish tartibi isbotlangan;
birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichi bo‘lgan bemorlarda kataraktani “optimallashtirilgan” parametrlar hamda “Burst” rejimida o‘tkazilgan fakoemul`sifikatsiyasi ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishini bartaraf etishi, ul`tratovush kuchinining ko‘z olmasi va to‘r pardaga salbiy ta’sirini kamaytirishi, hamda ko‘rish funksiyalarini sezilarli darajada barqarorlashtirishi aniqlangan;
operatsiyadan oldingi va keyingi davrda neyroprotektiv davolash qo‘llanilishi fonida birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichida asoratli kataraktani “Burst” rejimidagi “optimallashtirilgan” parametrlar bilan fakoemul`sifikatsiya qilish usulining to‘r parda va ganglion hujayralar kompleksi qatlami barqarorligini ta’minlashi, ayniqsa ko‘rish maydoni keskin toraygan bemorlarda kuzatilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichi bo‘lgan bemorlarda katarakta ekstraksiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/56-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: kataraktani fakoemulsifikatsiya operatsiyasi paytida, chiziqli/impuls rejimlarida past chastotali ultratovush va ko‘tarilgan ko‘z ichki bosim ta’sirida glaukomatoz optik neyropatiya rivojlanish xavfi oshishi, to‘r pardaning yorug‘lik sezgirligining standart og‘ishi (MD), yorug‘lik sezgirligi ko‘rsatkichining (MS) yomonlashuvida ko‘ruv nervi diskining ekskavatsiya maydoni va o‘lchamining oshishi bilan ifodalanadi. Ushbu natijalar “Katarakta fakoemulsifikatsiyasidan keyin rivojlangan birlamchi glaukomada retinal ganglion hujayralar kompleksi va optik disk holatini baholash” O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 26/56-sonli xulosasi uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika klinik oftalmologiya shifoxonasi (2025 yil 30 - P-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez filiali (2025 yil 29 - sonli) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi yopiq burchakli glaukoma o‘ta rivojlangan bosqichi fonida katarakta FE ta’sirini baholashga qaratilgan tadqiqotni tavsiflaydi. Katarakta va BG kombinatsiyasi mehnat qobiliyatini va jamiyatdagi odamlarning faolligini sezilarli darajada cheklaydigan patologiya hisoblanadi. BYoBGda katarakta operatsiyasining ko‘rsatkichlari va vaqtini to‘g‘ri aniqlash IOL implantatsiyasi bilan katarakta jarrohligidan so‘ng bemorlarning ko‘rish funksiyasi va hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda profilaktika va o‘z vaqtida erta tashxis qo‘yish intraoperativ va operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishi va kamayishiga yol qo‘ymaydi, shuningdek, asoratli katarakta bilan birgalikda rivojlangan birlamchi glaukoma tufayli ko‘rlik va nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. Xulosa: Ta’riflangan texnika katarakta diagnostikasi samaradorligini oshiradi va bu holatda bemorlarni jarrohlik davolashga tayyorlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: katarakta fakoemul`sifikatsiyasining chiziqli/impuls rejimlarida past chastotali ul`tratovush ta’siri va operatsiya vaqtidagi ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi tufayli to‘r pardaning mexanik siqilishi yuzaga kelishi, operatsiyadan keyingi dastlabki davrda subklinik retinal va makula maydoni shishining rivojlanish tartibi isbotlandi. Ushbu natijalar “Katarakta fakoemulsifikatsiyasidan keyin rivojlangan birlamchi glaukomada retinal ganglion hujayralar kompleksi va optik disk holatini baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 26/56-sonli xulosasi uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika klinik oftalmologiya shifoxonasi (2025 yil 30 - P-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez filiali (2025 yil 29 - sonli) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi glaukomada kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolash ko‘rsatkichlari va muddatlarini to‘g‘ri aniqlash IOL implantatsiyasi bilan katarakt operatsiyasidan so‘ng bemorlarning ko‘rish funksiyalari va hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxis qo‘yish kasallikning operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlarini rivojlanishiga yol qo‘ymaydi, qo‘shma patologiya tufayli ko‘rlik va nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. Xulosa: tadqiqot natijalarining ahamiyati shundaki, tavsiflangan texnika ko‘zning to‘r pardasidagi o‘zgarishlarni aniqlashning diagnostika aniqligini oshirish va kombinatsiyalangan patologiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashga tayyorlashga imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichi bo‘lgan bemorlarda kataraktani “optimallashtirilgan” parametrlar hamda “Burst” rejimida o‘tkazilgan fakoemul`sifikatsiyasi ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishini bartaraf etishi, ul`tratovush kuchinining ko‘z olmasi va to‘r pardaga salbiy ta’sirini kamaytirishi, hamda ko‘rish funksiyalarini sezilarli darajada barqarorlashtirishi aniqlangan. Ushbu natijalar “Katarakta fakoemulsifikatsiyasidan keyin rivojlangan birlamchi glaukomada retinal ganglion hujayralar kompleksi va optik disk holatini baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yildagi xulosasi yoriqnomalariga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika klinik oftalmologiya shifoxonasi (2025 yil 30 - P-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez filiali (2025 yil 29 - sonli) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: retinaning holatini to‘g‘ri aniqlash va birlamchi glaukomada kataraktani jarrohlik davolash usuli va tartibini tanlash mumkin bo‘lgan asoratlarning kamayishiga olib keladi va IOL implantatsiyasi bilan katarakta operatsiyasidan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik davolashning to‘g‘ri tanlangan sxemasi va usuli kasallikning operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, kombinatsiyalangan patologiya tufayli ko‘rlik va nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. Xulosa: tasvirlangan texnika jarrohlik usulining samaradorligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan oldingi va keyingi davrda neyroprotektiv davolash qo‘llanilishi fonida birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichida asoratli kataraktani “Burst” rejimidagi “optimallashtirilgan” parametrlar bilan fakoemul`sifikatsiya qilish usulining to‘r parda va ganglion hujayralar kompleksi qatlami barqarorligini ta’minlashi, ayniqsa ko‘rish maydoni keskin toraygan bemorlarda kuzatilishi aniqlangan. Ushbu natijalar “Katarakta fakoemulsifikatsiyasidan keyin rivojlangan birlamchi glaukomada retinal ganglion hujayralar kompleksi va optik disk holatini baholash” Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 26/56-sonli xulosasi) uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika klinik oftalmologiya shifoxonasi (2025 yil 30 - P-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez filiali (2025 yil 29 - sonli) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: retinaning holatini to‘g‘ri aniqlash va birlamchi glaukomada kataraktani jarrohlik davolash usuli va rejimini tanlash mumkin bo‘lgan asoratlarning kamayishiga olib kelgan va IOL implantatsiyasi bilan katarakta operatsiyasidan keyin bemorlarning hayot sifatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichi bilan og‘rigan bemorlarni asoratlangan katarakta bilan birgalikda parvarish qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar operatsiyadan keyingi mumkin bo‘lgan asoratlar tufayli ularning mumkin bo‘lgan xarajatlarini kamaytirishga imkon bergan. Xulosa: olingan natijalarni hayotga tatbiq etish asoratli katarakta bilan birgalikda birlamchi glaukomaning o‘ta rivojlangan bosqichi bo‘lgan bemorlarga erta tashxis qo‘yish, davolash va parvarishlash samaradorligini oshirish imkonini bergan, bu esa o‘z navbatida davolash xarajatlarini kamaytirishga va glaukomaning progressiya jarayonini barqarorlashtirishga imkonini bergan.