G‘afforova Visola Furqatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda febril tutqanoqning klinik neyrofiziologik, neyroimmunologik xususiyatlari, profilaktik choralarini optimallashtirish” 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib950.
Ilmiy maslahatchi: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Omonova Umida To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Aliqulova Nigora Abduqadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: febril tutqanoqlarning klinik, neyrofiziologik va immuno-biokhimik xususiyatlarini aniqlash, epilepsiyaga o‘tish xavfini belgilaydigan markerlarning ahamiyatini baholash orqali febril tutqanoqlarning erta tashxislash, prognozlash, profilaktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
febril tutqanoqning xavf omillari sifatida irsiy moyillik, perinatal davrda markaziy asab tizimiga etkazilgan shikastlanishlar, erta yoshda kuzatilgan neyroinfeksiyalar, bosh miyaning struktura o‘zgarishlari hamda neyroimmunologik disbalans holatlari aniqlandi va ularning afebril tutqanoqlarga transformatsiyalanish ehtimolini prognoz qilishda yuqori diagnostik va prognostik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
febril tutqanoqlar patogenezida NLRP3-inflammasoma tizimining faollashuvi va uning sitokin kaskadidagi (IL-1β, IL-1Ra) ahamiyati kompleks baholanib, ularning xuruj og‘irligi, klinik namoyon bo‘lish shakllari va febril tutqanoqlardan keyin epilepsiya rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
EEGda 6–12 oyliklarda fon ritm 3–5 Hz, tutqanoq davomiyligi qisqa va subklinik aktivlik minimal, 1–5 yoshda fon ritm va davomiylik ortib, subklinik aktivlik o‘sadi; 5–7 yoshda (epilepsiyali bolalar) fon ritm 8–9 Hz, tutqanoq davomiyligi eng uzoq, EEG uyg‘unligi past va subklinik aktivlik eng yuqori bo‘lishi orqali febril tutqanoqdan epilepsiyaga o‘tish xavfini prognozlash uchun ob’ektiv mezon ekanligi aniqlangan;
EEG, video-EEG monitoring bilan neyroimmunologik biomarkerlar (IL-1β, IL-1Ra) o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik febril tutqanoqlarning erta tashxislash va epilepsiyaga o‘tish ehtimolini bashoratlovchi mezonlari ekanligi isbotlangan;
febril tutqanoqlar residivlari va ularning epilepsiyaga o‘tishini oldini olishga qaratilgan neyrofiziologik va neyroimmunologik ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda profilaktik-diagnostik bosqichli algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Febril tutqanoqli bolalarda klinik-nevrologik, neyrofiziologik va neyroimmunologik tekshiruvlar va ularni erta tashxisot jihatlarini baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. febril tutqanoqning xavf omillari sifatida irsiy moyillik, perinatal davrda markaziy asab tizimiga etkazilgan shikastlanishlar, erta yoshda kuzatilgan neyroinfeksiyalar, bosh miyaning struktura o‘zgarishlari hamda neyroimmunologik disbalans holatlari aniqlandi va ularning afebril tutqanoqlarga transformatsiyalanish ehtimolini prognoz qilishda yuqori diagnostik va prognostik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslanganligi “Bolalardagi febril tutqanoqlarni takomillashtirish usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma  (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 fevraldagi 25-m/035-son bilan ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot bisrlashmasi (27.03.2025yil №861-2-208-TB/2025-son); Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 29.03.2025 yil № 83); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi (21.04.2025 yil №620-5-79-DOP/2025-son) amaliyotiga tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/45-sonli xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: febril tutqanoqlarda irsiy moyillik, perinatal davrda markaziy asab tizimi shikastlanishlari, erta yoshdagi neyroinfeksiyalar va bosh miya struktura o‘zgarishlarini erta aniqlash bolalarda afebril tutqanoqlar va epilepsiya rivojlanish xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: febril tutqanoq mavjud bemor bolalarning murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi kamaytirilgani hisobidan, har bir bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlari o‘rtacha 1700000 so‘mgacha iqtisod qilingan. Xulosa: febril tutqanoqli bolalarda yuqori xavfli guruhlarni erta aniqlash orqali xuruj residivlari va uzoq muddatli nevrologik asoratlar kamaytirilib, nogironlikka olib keluvchi holatlar oldi olinishi hisobidan reanimatsiya va statsionarda davolanish davomiyligi qisqarish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari sezilarli darajada qisqaradi.
ikkinchi ilmiy yangilik. febril tutqanoqlar patogenezida NLRP3-inflammasoma tizimining faollashuvi va uning sitokin kaskadidagi (IL-1β, IL-1Ra) ahamiyati kompleks baholanib, ularning xuruj og‘irligi, klinik namoyon bo‘lish shakllari va febril tutqanoqlardan keyin epilepsiya rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan isbotlanganligi “Bolalardagi febril tutqanoqlarning klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik jihatlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 fevraldagi 25-m/044-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot bisrlashmasi (27.03.2025yil №861-2-208-TB/2025-son); Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 29.03.2025 yil № 83); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi (21.04.2025 yil №620-5-79-DOP/2025-son) amaliyotiga tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/45-sonli xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: NLRP3-inflammasoma tizimi faollashuvining roli va uning sitokin kaskadi (IL-1β, IL-1Ra) bilan bog‘liqligi bolalarda febril tutqanoqlarning immun-inflammator mexanizmlarini yuqori xavfli guruhlarni erta aniqlab, ular o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqliklar asoslanib, erta prognozlash va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik simptomlar va biokimyoviy laborator tahlil ko‘rsatkichlari erta aniqlangan febril tutqanoq mavjud bolalarning ambulator murojaati o‘rtacha 3 martaga, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir bemor uchun 1200000 so‘m, shuningdek, byudjetdan tashqari xarajatlar sifatida 500000 so‘m miqdordagi mablag‘ tejalishiga erishilgan. Xulosa: amaliyotda febril tutqanoq mavjud bolalarning ambulator murojaatlari va laborator tekshiruvlari sonini kamaytirish orqali har bir bemor uchun byudjet xarajatlarini tejash imkonini berdi, shu tariqa sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik. EEGda 6–12 oyliklarda fon ritm 3–5 Hz, tutqanoq davomiyligi qisqa va subklinik aktivlik minimal, 1–5 yoshda fon ritm va davomiylik ortib, subklinik aktivlik o‘sadi; 5–7 yoshda (epilepsiyali bolalar) fon ritm 8–9 Hz, tutqanoq davomiyligi eng uzoq, EEG uyg‘unligi past va subklinik aktivlik eng yuqori bo‘lishi orqali febril tutqanoqdan epilepsiyaga o‘tish xavfini prognozlash uchun ob’ektiv mezon ekanligi aniqlanganligi “Bolalardagi febril tutqanoqlarning klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik jihatlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 fevraldagi 25-m/044-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot bisrlashmasi (27.03.2025yil №861-2-208-TB/2025-son); Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 29.03.2025 yil № 83); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi (21.04.2025 yil №620-5-79-DOP/2025-son) amaliyotiga tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/45-sonli xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur usul yuqori xavf guruhiga mansub bolalarni erta diagnostika qilish, epilepsiya rivojlanishining oldini olish, nevrologik asoratlarni  kamaytirish, nogironlikka olib keluvchi holatlarning oldini olish, hamda oilalar va sog‘liqni saqlash tizimi uchun ijtimoiy foydani oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: EEG ko‘rsatkichlariga  asoslanib, nevrologik etishmovchilik rivojlanish darajasi aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 554000 so‘m, byudjetdan tashqari 292000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: EEGma’lumotlari va neyroimmunologik biomarkerlar o‘rtasidagi korrelyatsion munosabatlarni aniqlash asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan byudjet xarajatlarini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. EEG, video-EEG monitoring bilan neyroimmunologik biomarkerlar (IL-1β, IL-1Ra) o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik febril tutqanoqlarning erta tashxislash va epilepsiyaga o‘tish ehtimolini bashoratlovchi mezonlari ekanligi isbotlanganligi “Bolalardagi febril tutqanoqlarning klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik jihatlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 fevraldagi 25-m/044-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot bisrlashmasi (27.03.2025yil №861-2-208-TB/2025-son); Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 29.03.2025 yil № 83); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi (21.04.2025 yil №620-5-79-DOP/2025-son) amaliyotiga tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/45-sonli xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: EEG va video-EEG monitoring ko‘rsatkichlari hamda neyroimmunologik biomarkerlar (IL-1β, IL-1Ra) orasidagi korrelyatsion bog‘liqlikni aniqlash febril tutqanoqlarni erta tashxislash va epilepsiyaga o‘tish xavfini bashorat qilishda samarali mezonlardan foydalangan holda bolalarda epilepsiya va nevrologik asoratlarning oldini olishga, sog‘liqni saqlash tizimida profilaktik chora-tadbirlarni samarali yo‘naltirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: febril tutqanoqlar rivojlanish xavfini baholash uchun taklif etilgan EEG va video-EEG monitoring ko‘rsatkichlari hamda neyroimmunologik biomarkerlar (IL-1β, IL-1Ra) orqali yuqori xavfli bolalar erta aniqlanib, profilaktik algoritm qo‘llanilishi hisobidan ambulator murojaatlar va laborator tekshiruvlar soni 3 barobarga kamayib, har bir bemor uchun byudjet xarajatlari 1200000 so‘m va byudjetdan tashqari xarajatlar 400000 so‘m miqdorida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan klinik-immunologik markerlar tizimi va integral baholash modeli febril tutqanoqlarning rivojlanish xavfini barvaqt aniqlash va profilaktika qilish imkonini berib, bu esa o‘z navbatida nogironlik ko‘rsatkichlarining pasayishi, profilaktik tadbirlar samaradorligining oshishi hisobidan iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: febril tutqanoqlar residivlari va ularning epilepsiyaga o‘tishini oldini olishga qaratilgan neyrofiziologik va neyroimmunologik ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda profilaktik-diagnostik bosqichli algoritm ishlab chiqilganligi “Metodi optimizatsii mer profilaktiki febrel`nix sudorog u detey” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 fevraldagi 25-m/035-son bilan ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot bisrlashmasi (27.03.2025yil №861-2-208-TB/2025-son); Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 29.03.2025 yil № 83); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi (21.04.2025 yil №620-5-79-DOP/2025-son) amaliyotiga tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/45-sonli xulosasi olingan.) Ijtimoiy samaradorligi: febril tutqanoqlar residivlari va ularning epilepsiyaga o‘tishini oldini olishga qaratilgan profilaktik-diagnostik algoritm asosida klinik, neyrofiziologik va neyroimmunologik ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda amaliyotda qo‘llash orqali nogironlik ko‘rsatkichlarining pasayishi va profilaktik tadbirlarning samaradorligi ortishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: febril tutqanoqlarni va epilepsiyaga o‘tish xavfini erta tashxislashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorlarning reanimatsion va statsionar xarajatlaridan har bir bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 1340000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 720000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: profilaktik-diagnostik algoritmni klinik, neyrofiziologik va neyroimmunologik ma’lumotlar bilan integratsiya qilgan holda amaliyotda qo‘llash orqali febril tutqanoqlar residivlari va epilepsiyaga o‘tishini oldini olish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish