Abzoirov Qudrat Musulmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zaxmdagi serorezistentlik holatining sabablarini o‘rganish va davolashni takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD/Tib2107.
Ilmiy raxbar: Yuldashev Komiljon Abdukarimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01. 
Rasmiy opponentlar: Porsoxonova Delya Fazilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Guli Alimjanova,  tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: klininiko-serologik, immunologik, biokimyoviy tekshirishlarni kompleks o‘rganish asosida zaxmdagi serorezistentlik holat paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganish va olingan natijalar hisobidan davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaxmda serorezistentlik organizmning yuqori endogen intoksikatsiyasi fonida rivojlanishi, o‘rta molekular peptidlar darajasining ko‘tarilishi, eritrotsitlarning sorbsion qobiliyati ortishi, intoksikatsiyaning leykotsitar va gematologik ko‘rsatkichlarining oshishi asoslangan;
zaxmda SR rivojlanish patogenezida T-limfotsitlar nisbiy miqdorining kamayishi, immunoregulyator indeks ko‘rsatkichining pastligi, qonda IL-2 va γ IFN miqdorining ortishi muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
orqa miya suyuqligini Robustov-Frishman tasnifi bo‘yicha 1-2 turdagi likvor patologiyasi bilan tavsiflanadigan asab tizimi morfofunksional o‘zgarishlari aniqlangan;
zaxmda SR ni davolashning takomillashtirilgan usuli 10 kun davomida kuniga ikki marta 5 mln TB miqdorida penisillinni vena ichiga kuniga 4 maxal yuborish orqali amalga oshiriladigan bemorlarning 20% da kuzatuvning birinchi yilida KSR ning salbiy natijaga o‘tishiga erishish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zahmdagi serorezistentlik bo‘yicha olib borilgan ilmiy- tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi g‘uzuridagi ilmiy texnik kengashning 15.08.2025 23/21-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: zaxmda serorezistentlik organizmning yuqori endogen intoksikatsiyasi fonida rivojlanishi, o‘rta molekular peptidlar darajasining ko‘tarilishi, eritrotsitlarning sorbsion qobiliyati ortishi, intoksikatsiyaning leykotsitar va gematologik ko‘rsatkichlarining oshishi asoslanganligi Toshkent shaxar 2- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 12.09.2021 yildagi 55- sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar 4- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 6.04.2023yildagi 612- sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: serorezistentlikning og‘ir darajasini klinik kechishiga erta tashxis qo‘yish kasallikning rivojlanish xavfini tashxislash sifatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: endogen intoksikatsiya tadqiqotlari yordamida biokimyoviy markyorlarni aniqlash serorezistentlikning og‘ir klinik kechishi xavfini aniqlanishi va patogenetik terapiyani o‘z vaqtida qo‘llanilishi davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. 1kurs davolanishga 1 bemorga o‘rtacha davolanish qiymati 8500000 so‘mni tashkil etadi, bemor bir yil davomida o‘rtacha 4-5 kurs davo oladi va davolanish narxi o‘rtacha 42000000 sumni tashkil etadi, serorezistentlikning erta tashxislash esa davolash kurslarini 2,5 barobar qisqartirishga hamda 95 bemorga 1596000000 ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: serorezistentlikda biokimyoviy diagnostika usuli 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 16800000 sumga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: zaxmda SR rivojlanish patogenezida T-limfotsitlar nisbiy miqdorining kamayishi, immunoregulyator indeks ko‘rsatkichining pastligi, qonda IL-2 va γ IFN miqdorining ortishi muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligi Toshkent shaxar 2- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 12.09.2021 yildagi 55- sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar 4- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 6.04.2023 yildagi 612- sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilganIjtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining joriy etilishi immun javob jarayonining buzilishini erta tashxislashga erishilgan bu esa serorezistentlik rivojlanish xavfini tashxislash sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorga immun statusni aniqlash bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha 420500 so‘mni, 1 bemorga T-limfotsitlar testini qo‘llash esa o‘rtacha 285300 so‘mni tashkil etgan, bu esa 95 bemorga 12844000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: immunologik diagnostik mezonni qo‘llash bir bemorga 135200 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: orqa miya suyuqligini Robustov-Frishman tasnifi bo‘yicha 1-2 turdagi likvor patologiyasi bilan tavsiflanadigan asab tizimi morfofunksional o‘zgarishlari aniqlanganligi Toshkent shaxar 2-sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 12.09.2021 yildagi 55-sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar 4- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 6.04.2023yildagi 612- sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: serorezistentlik bilan og‘rigan bemorlar organizmida sitokinlar disbalansining erta rivojlanish xavfini aniqlanishi bemorlarga immunokorreksiya terapiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorga sitokinlar aniqlash bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha 650750 so‘mni, 1 bemorga IL-2 va γ IFN aniqlashning diagnostik test xarajatlari esa o‘rtacha 425600 so‘mni tashkil qilgan, bu esa 95 bemorga 21389250 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: sitokinologik diagnostik mezonni qo‘llash bir bemorga 225150 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: zaxmda SR ni davolashning takomillashtirilgan usuli 10 kun davomida kuniga ikki marta 5 mln TB miqdorida penisillinni vena ichiga kuniga 4 maxal yuborish orqali amalga oshiriladigan bemorlarning 20% da kuzatuvning birinchi yilida KSR ning salbiy natijaga o‘tishiga erishish imkonini berishi isbotlanganligi Toshkent shaxar 2- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 12.09.2021 yildagi 55- sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar 4- sonli Tumanlararo Teri -tanosil dispanseri 6.04.2023yildagi 612- sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan Ijtimoiy samaradorligi: serorezistentlik bilan og‘rigan bemorlar organizmida likvor patologiyasining erta rivojlanish xavfini aniqlanishi bemorlarga davolash taktikasini va neyrotropik terapiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1bemorga likvor tekshiruvi bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha-850450 so‘mni, 1 bemorga Robustov-Frishman tasnifi bo‘yicha likvor tekshirishining diagnostik test xarajatlari esa o‘rtacha 520300 so‘mni tashkil qilgan, bu esa 95 bemorga 31364250 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: likvorologik diagnostik mezonni qo‘llash bir bemorga 330150 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish