Shoraxmedov Shoraxmat Shorasulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soch follikulasi siklida ishtirok etuvchi asosiy signal molekulalarining o‘choqli soch to‘kilish patogenezidagi o‘rni va ularni korreksiya qilish usullari», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3352
Ilmiy raxbar: Azimova Fotima Vaxidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiet markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat Tibbiyot Instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: regeneratsiyaning asosiy signal yo‘llarini o‘rganish orqali soch follikulasi siklini tartibga solishning yangi molekulyar mexanizmlarini o‘rganish va o‘choqli alopesiyaning patogenetik terapiyasini takomillashtirishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘choqli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda insulinga o‘xshash o‘sish omili (IGF-1) darajasining ishonchli ravishda past bo‘lishi soch follikulasining proliferativ faolligi pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
epidermis–interstisial o‘zaro ta’sirlarda anagen fazasining induktorlari va ingibitorlari hisoblangan BMP (bone morphogenetic protein) hamda Wnt (Wingless-type) signal yo‘llarining hal qiluvchi roli isbotlangan;
o‘choqli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda terida sitoplazmatik Yanus-kinaza JAK-1 ekspressiyasining faollashuvi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkich kasallik og‘irligi ortishi hamda atrofiya qilinmagan soch follikulalari ulushi (r=0,812; P<0,01) va patologik sochlar ulushi (r=0,789; P<0,01) oshishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;             
o‘choqli alopesiyada soch follikulalarini regeneratsiya qilishga qaratilgan innovatsion kombinatsiyalangan terapiyaning samaradorligi isbotlangan bo‘lib, ushbu usul sochli teriga mezoterapevtik yo‘l bilan mezenximal o‘zak hujayralarni kiritishga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘chokli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda signal molekulalari, o‘sish omillari, sitoplazma yanus-kinazalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: o‘choqli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda insulinga o‘xshash o‘sish omili (IGF-1) darajasining ishonchli ravishda past bo‘lishi soch follikulasining proliferativ faolligi pasayishiga olib kelishi isbotlanganligi Toshkent shahar 3-sonli tumanlararo teri-tanosil dispanseri va Samarqand viloyati teri-tanosil dispanseri klinik amaliyotiga buyruq asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar alopesiya rivojlanishida o‘sish omillarining patogenetik rolini aniqlashtirish, kasallikning shakli va og‘irligiga bog‘liqligini baholash, shuningdek, o‘choqli alopesiyani erta tashxislash va chandiqsiz shakllar bilan differensial tashxis sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxislashning yangi usulini qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish va kasallik qaytalanishini kamaytirish bilan ifodalanadi. An’anaviy davolashda bir bemorning statsionar davolanish narxi yiliga 52400000 so‘mni va ambulator davolanish narxi 38200000 so‘mni tashkil qiladi. Xarajatlarni kamaytirish hisobidan alopesiyani davolashning yangi usuli shifoxonada 40550000 so‘m va ambulatoriyada 29730000 so‘mni tashkil etdi. Uchokli alopesiyani tashxislash va davolashning yangi usulini qo‘llash hamda uchokli alopesiyada patologik jarayonning shakli va og‘irlik darajasini belgilaydigan o‘sish omillarini aniqlash kasallikni davolashning yangi usuli samaradorligini oshirishda byudjet mablag‘lari hisobidan davolanish xarajatlarini statsionarda — 11850000 so‘mga va ambulator — 8470000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan; 
ikkinchi ilmiy yangilik: epidermis–interstisial o‘zaro ta’sirlarda anagen fazasining induktorlari va ingibitorlari hisoblangan BMP (bone morphogenetic protein) hamda Wnt (Wingless-type) signal yo‘llarining hal qiluvchi roli isbotlanganligi Toshkent shahar 3-son tumanlararo teri-tanosil dispanseri va Samarqand viloyati teri-tanosil dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar soch follikulasi ritmida bmp va wnt signal yo‘llarining patogenetik rolini aniqlashga, o‘choqli alopesiyani erta tashxislash sifatini oshirishga va terapiya samaradorligini yaxshilashga imkon beradi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda kasallik qaytalanishini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘choqli alopesiya uchun ishlab chiqilgan diagnostika va terapiyani hisoblangan yillik iqtisodiy samaradorlikka moslashtirish orqali kasallikning qaytalanishini kamaytirish. Bunda 1 bemorning statsionar davolanish narxi yiliga 52400000 so‘mni, ambulator davolanish narxi esa 38200000 so‘mni tashkil qiladi. Xarajatlarni kamaytirish hisobiga taklif etilgan tashxis asosida o‘choqli alopesiyani davolashning yangi usuli shifoxonada 39172000 so‘m va ambulatoriyada 21960000 so‘mni tashkil etdi. O‘chokli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda signal molekulalari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda yangi tashxis va davolash usulini qo‘llash statsionar davolanishda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1,3 barobar, ambulator davolanishda esa 1,7 barobar optimallashtirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘choqli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda terida sitoplazmatik Yanus-kinaza JAK-1 ekspressiyasining faollashuvi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkich kasallik og‘irligi ortishi hamda atrofiya qilinmagan soch follikulalari ulushi (r=0,812; P<0,01) va patologik sochlar ulushi (r=0,789; P<0,01) oshishi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent shahar 3-sonli tumanlararo teri-tanosil dispanseri va Samarqand viloyati teri-tanosil dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ma’lumotlar o‘choqli alopesiyada jak-1 faollashuvining patogenetik rolini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi diagnostika usulini qo‘llash terapiya samaradorligini oshirishga va kasallik qaytalanishini kamaytirishga yordam beradi. Bunda 1 bemorning statsionar davolanish narxi yiliga 39200000 so‘mni, ambulator davolanish narxi esa 25600000 so‘mni tashkil etgan. an’anaviy terapiyada esa ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 52400000 so‘m va 38200000 so‘mni tashkil qilgan. Soch follikulalari atrofiyaga uchramaganligining markeri sifatida sitoplazmatik yanus-kinazani aniqlash orqali o‘choqli alopesiyani tashxislash va davolashning yangi usuli byudjet mablag‘lari hisobidan statsionar davolanish xarajatlarini 13200000 so‘mga, ambulator davolanish xarajatlarini esa 12600000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘choqli alopesiyada soch follikulalarini regeneratsiya qilishga qaratilgan innovatsion kombinatsiyalangan terapiyaning samaradorligi isbotlangan bo‘lib, ushbu usul sochli teriga mezoterapevtik yo‘l bilan mezenximal o‘zak hujayralarni kiritishga asoslanganligi Toshkent shahar 3-son tumanlararo teri-tanosil dispanseri va Samarqand viloyati teri-tanosil dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan. Uchoqli alopesiyada zararlangan o‘choqlarga mezenximal o‘zak hujayralarni derma ichiga kiritishni o‘z ichiga olgan, soch regeneratsiyasiga qaratilgan innovatsion protsedura bilan kombinatsiyalangan terapiyaning yuqori samaradorligi aniqlangan. Ushbu usulning samaradorligi an’anaviy terapiyaga nisbatan 3,3 barobar yuqori ekanligi ko‘rsatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik qaytalanishini 2,9 marta kamaytirish va soch follikulasi hujayra sikli signal yo‘llari ko‘rsatkichlarini normallashtirish orqali isbotlangan. Uchoqli alopesiya qaytalanishini davolash qiymati 11539500 so‘mni tashkil etadi. Innovatsion muolaja bilan kombinatsiyalangan terapiyani olgan bemorlar guruhida umumiy xarajatlar 17309250 so‘mni, taqqoslash (an’anaviy terapiya) guruhida esa 33464550 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan farq 16155300 so‘mni tashkil qiladi. ushbu ma’lumotlar innovatsion yondashuvning yuqori iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi. xulosa qilib aytganda, o‘choqli alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda soch to‘kilish o‘choqlariga mezenximal o‘zak hujayralarni derma ichiga kiritishga asoslangan, soch follikulasi regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi innovatsion muolaja bilan kombinatsiyalangan terapiya kasallikning klinik kechishini yaxshilash, terapiya samaradorligini sezilarli oshirish hamda qaytalanishlar chastotasini kamaytirishga xizmat qiladi. bundan tashqari, ushbu usul bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, uzoq muddatli remissiyaga erishish va umumiy davolash xarajatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan ham yuqori ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Yangiliklarga obuna bo‘lish