Davronov Shexroz Abrorovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidan o‘zbek tiliga og‘zaki tarjimada nutqiy kompressiyadan foydalanish usullari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil.3165 
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Saidov Xayrulla Shavkatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidan o‘zbek  tiliga og‘zaki  tarjima jarayonida nutqiy kompressiya  strategiyasi va uning turlaridan samarali foydalanish usul va yo‘llarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda nutqiy tejamkorlik hodisasi va uning tarkibiy, kontekstual toifalari hisoblanmish qisqartmalar, uslubiy vositlar, so‘z birikmasi hamda gaplarni qisqartirish, axborot mazmunini umumlashtirish kabi unsurlar tarjimashunoslikda kompressiya strategiyasining asosiy mezonlari ekanligi dalillangan,
asliyat tilidan tarjima tiliga og‘zaki tarjimani amalga oshirishda, ayniqsa maqol va frazeologik birliklarni qayta ifodalash kabi lingvomadaniy mezonlar asosidagi kompressiya usullaridan foydalanish lingvistik asoslangan,
ingliz tilidan o‘zbek  tiliga qo‘shma, murakkab gaplarni og‘zaki  tarjima qilishda komponent tahlil metodidan  foydalanib, o‘zbek  tili strukturasidagi semantik mazmunga putur etkazmasdan sodda gaplarni, uyushiq bo‘lakli gaplarga o‘zgartirish orqali sintaktik kompressiya amalga oshirilishi isbotlangan,
ingliz tilidagi ketma-ket joylashgan, bir xil vazifa bajaruvchi va ma’no ifodalovchi ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z turkumiga oid leksik birliklarni tarjimada qayta ifodalashda leksik kompressiyaning samaradorligi, shuningdek, asliyat matndagi turg‘un birikmalar hamda frazeologik birliklar tarkibidagi asosiy so‘zning leksik-semantik ma’nosini ifodalovchi birliklarni o‘zbek tiliga og‘zaki tarjima qilishda morfologik kompressiyadan samarali foydalanish mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilidan o‘zbek  tiliga og‘zaki  tarjimada nutqiy kompressiyadan foydalanish usullariga bag‘ishlangan  tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va nutqiy kompressiya  strategiyasidan foydalanish usullarini tavsiya etish asosida:
tilshunoslikda nutqiy tejamkorlik hodisasi va uning tarkibiy, kontekstual toifalari hisoblanmish qisqartmalar, metonimiya hodisalari, so‘z birikmasi hamda gaplarni qisqartirish, axborot mazmunini umumlashtirish kabi unsurlar tarjimashunoslikda kompressiya strategiyasining asosiy mezonlari sifatida belgilanganligi haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020–2022-yillarda Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan №1683580-sonli “English as a school subject” (“Ingliz tili maktab fani sifatida”) xalqaro loyihasi doirasida qo‘llanildi. Natijada, ushbu xalqaro loyihaning nazariy asoslarini takomillashtirishga erishildi. 
ingliz tilidan o‘zbek tiliga  og‘zaki tarjima jarayonida semantik kompressiyadan unumli foydalanish orqali maqollar, hikmatli so‘zlar va frazeologik birliklarni tarjima matnida nutqiy tejamkorlik tamoyili asosida qayta ifodalash mumkinligi haqidagi xulosalar 2022-2023-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilgan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi №IL-21091378-sonli “Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini kasbiy tanlovdan o‘tkazishning psixologik diagnostika tizimini shakllantirish” nomli innovatsion loyihada qo‘llanildi. Natijada, uzlyuksiz ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning og‘zaki nutqini rivojlantirish hamda ularning kasbiy tayyorgarligini metodologik, psixologik va umumdidaktik tamoyillar asosida shakllantirishga doir konseptual, metodologik, texnologik va diagnostik komponentlar uyg‘unlashtirildi;
ingliz tilidan o‘zbek  tiliga qo‘shma, murakkab gaplarni og‘zaki  tarjima qilishda komponent tahlil metodidan  foydalanib, o‘zbek  tili strukturasidagi semantik mazmunga putur etkazmasdan sodda gaplar, uyushiq bo‘lakli gaplarga o‘zgartirish orqali sintaktik kompressiya amalga oshirilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar Samarkand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda AQShning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi №2/24-4/7-690-sonli xati asosida amalga oshirilgan №SUZ80020GR0039-sonli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida qo‘llanildi. Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik tizim mezonlari asosida ularning mantiqiy fikrlashini darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar va to‘garak mashg‘ulotlari orqali rivojlantirish yo‘nalishlari aniqlanib, takomillashtirildi; amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, kurs ishlari, maqolalar va tezislar tayyorlash, hamda ilmiy manbalarni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
ingliz tilidagi ketma-ket joylashgan, bir xil vazifa bajaruvchi va ma’no ifodalovchi ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z turkumiga oid leksik birliklarni tarjimada qayta ifodalashda leksik kompressiyaning samaradorligi, shuningdek, asliyat matndagi turg‘un birikmalar hamda frazeologik birliklar tarkibidagi asosiy so‘zning leksik-semantik ma’nosini ifodalovchi birliklarni o‘zbek tiliga og‘zaki tarjima qilishda morfologik kompressiyadan samarali foydalanish mumkinligi asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Erasmus+ Evropa Ittifoqi dasturining №ICM-2019-1RR01-KA171-HED-000240030-sonli xalqaro loyihasi doirasida, Ruminiyaning Alba-Yuliya universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar jarayonida qo‘llanildi. Natijada, loyiha doirasida milliy ta’lim platformasi takomillashtirildi hamda o‘qitish metodikasi rivojlantirildi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish