Xasanova Kamila Baxtiyorovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sopostavitel`noe issledovanie zaimstvovannoy etnograficheskoy leksiki v uzbekskom i angliyskom yazikax (na materiale mediatekstov XXI veka)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4225.
Ilmiy rahbar:Bakirov Poyon Uralovich , Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04
Rasmiy opponentlar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Teshabaeva Difuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi etnografik leksikani zamonaviy o‘zbek va ingliz tilidagi mediamatnlari nuqtai nazaridan har tomonlama o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tilshunoslikda etnografik leksikaning shakllanishi, qo‘llanilishi, lingvistik va ekstralingvistik omillarninga ta’siri aniqlanib, o‘zbek va xorijiy tilshunoslarning nazariy qarashlari tahlili jarayonida etnografizmlar, ekzotizmlar, varvarizmlar tilda tayyor shaklda uchrashi, akademik faol ekanligi, mantiqiy yakunlanishi va morfologik-sintaktik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan;
etnografik leksikaning fonetik va leksikografik moslashuv jarayonlari tadqiqida, mazkur leksika o‘zlashayotgan tilning fonetik va morfologik xususiyatlariga asta-sekin moslashadi, o‘z ma’nosini saqlab qoladi, hamda, til tizimidaga integratsiyalanishi dalillangan;
etnografik leksika ingliz tiliga o‘zlashganda mazkur leksikada transliteratsiya natijasida 23 so‘zda harflar soni oshgan, 13 so‘zda harflar saqlangan, o‘zbek tiliga kirganda esa harflar soni 31 so‘zda kamaygan, 11 so‘zda o ’z holida qolgan . So‘z hosil qiluvchi modellarning tarkibiy turlari, mahsuldorligi va moslashuv xususiyatlarini aniqlagan holda qiyosiy tahlil o‘tkazildi. Ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlar N+N, Adj+N va N+PrN modellar orqali o‘zbek tiliga integratsiyalashgan, o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘zlashgan so‘zlar esa asosan -boz affiksi va N+N hamda Adj+N modellari bilan bilan tavsiflangan. Semantik o‘zgarish turlari aniqlangan unga ko ’ra so‘zlarning ma’no torayishi 43%, kengayishi 28%, siljishi 19%, va o‘z holida saqlanishi 10%da kuzatilgan. Etnografizmlarning o‘zlashishida madaniy-pragmatik kontekst, mediadiskurs xususiyatlari va milliy-madaniy o‘ziga xosliklar ta’sirida dinamik xarakterga ega ekanligi namoyon bo‘lgan ;
mediyada qo‘llanilayotgan etnografizmlarning leksiko-semantik xususiyatlarini tizimlashtirishda ilk bora asosiy tematik guruhlar aniqlanib, tasniflanib, mazkur jarayonda, musiqa va urf-odatlarni aks ettiruvchi, bino va joy nomlari, kiyim-kechak, taqinchoq va kundalik buyumlar, ovqat va ichimlik nomlari, hunarmandchilik va kasblar bilan bog‘liq termin va leksik birliklarning hamda, sport o‘yinlari va moliyaviy-iqtisodga oid realiyalarning mavjudligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek etnografizmga oid termin va leksik birliklar sinonimiya xususiyatiga ko‘ra tadqiq qilinib, ikki til doirasidagi izohli lug‘atlar va mediya manbalari asosida keng qamrovli tahlili amalga oshirilgan, leksemalarning denotativ, konnotativ hamda, qisman sinonimliklar aniqlangan, etnografik leksikaning bir tildan ikkinchi tilga integratsiya jarayoni aniqlangan, qo‘llanish sohasini kengayib borayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz tillarida etnografik leksikaning chog‘ishtirma tadqiqi (XXI asr o‘zbek va ingliz mediamatnlari asosida) nomli tadiqotga doir xulosalardan:
etnografik birliklarning turli tizimli tillardagi xususiyatlari ularning til va madaniyatni chog‘ishtirma usulda o‘rganish madaniyatlararo muloqat jarayonida media matnlardagi lingvomadaniy birliklarning lingvistik tahliliga oid xulosalardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mo‘ljallangan F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (2023-yil 24-oktyabrdagi 01/10-2225-son ma’lumotnomasi.) Natijada mediamatnlarda qo‘llaniladigan turli tillarga oid etnografik birliklarning ijtimoiy, tarixiy xususiyalari aniqlanib etnografik birliklarning qo‘llanish xususiyatlariga doir ma’lumotlar asosida loyiha ma’lumotlarining mukammallashuviga erishilgan;
etnografik atamalar va belgilar tizimining nazariy asoslarini shakllantirishda ingliz va o‘zbek til madaniyatining o‘zaro boyitish va o‘zaro ta’sirining yetakchi tendensiyalari ko‘rib chiqish morfologik kategoriyalar va derivativ modellarning o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga oid yangiliklaridan 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. (2023-yil 9-noyabrdagi 01/10-2352-son ma’lumotnomasi.) Natijada etnografik atamalar va belgilar tizimining nazariy asoslarini shakllantirish jarayonining jahon tilshunosligida o‘rganilganligiga doir ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
etnografizmlarning leksiko-semantik xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, analiz qilish va lingvistik asoslarini tushunish, etnomadaniyat va lingvokulturologiyaning eng muhim vazifa bo‘lganligi sababli mazkur ishning yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan. Ishning yangilik a xulosalaridan «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘smirlar uchun» nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan. 2023-yil 13-noyabrdagi 04-36-1692-son ma’lumotnomasi.) Natijada, o‘zbek va ingliz xalqining an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini qiyoslash va mamlakatshunoslikka oid teleko‘rsatuvlar tayyorlash va ularning ssenariylarini yozishda foydalanilgan.