Rabbimova Munisxon Mustafoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08– Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7307.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ergashev Bobirjon Boxodirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc) dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari moddiy-texnik, metodik-tashkiliy hamda psixologik-pedagogik komponentlari resurslar, metodlar va pedagogik qo‘llab-quvvatlashni yagona tizimda uyg‘unlashtirish orqali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsiy-kasbiy rivojlanish tendensiyalarini oldindan prognozlash imkoniyatini ta’minlovchi adaptiv bosqichida shaxsiy-professional traektoriyalarni individual ishlab chiqish orqali kasbiy simulyasiya va refleksiya komponentlaridan iborat korrektirovka mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak tarbiyachilarni amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ish faoliyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan “Smart”, “Sindikat” hamda “Teleshou” texnologiyalarini integratsiyalashda adaptiv o‘qitish mexanizmlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni amaliy kompetentligini rivojlanganligini baholash texnologiyasi, ijodkorlik salohiyati va raqamli savodxonlikni baholash mezonlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda shaxsiy professional o‘sishni ta’minlovchi mobil ilova orqali o‘quv jarayoni integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ilmiy-metodik natijalar olingan:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari moddiy-texnik, metodik-tashkiliy hamda psixologik-pedagogik komponentlari resurslar, metodlar va pedagogik qo‘llab-quvvatlashni yagona tizimda uyg‘unlashtirish orqali integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida elektron darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-martdagi 03-03/1-270-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elektron darslik bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
 bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari amaliy kompetentligini rivojlantirish orqali, kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari tezkor qaror va tizimli tahlil kabi amaliy hamda shaxsiy-kasbiy rivojlanish tendensiyalarini oldindan prognozlash imkoniyatini ta’minlovchi adaptiv bosqichida shaxsiy-professional traektoriyalarni individual ishlab chiqish orqali kasbiy simulyasiya va refleksiya komponentlaridan iborat korrektirovka mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-martdagi 03-03/1-270-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model bo‘lajak tarbiyachilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasi mazmuniga “Smart”, “Sindikat” hamda “Teleshou” kabi interaktiv metodlarni amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari asosida singdirish orqali “Axborot texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-martdagi 03-03/1-270-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur o’qitish texnologiyalari va baholash mezonlari bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini amaliy kompetentligi rivojlanganlik darajalarini aniqlashga va ta’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish