Quljonov Nodir Jonadil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy pedagogik ta’limni raqamlashtirish sharoitida dasturiy-didaktik vositalardan foydalanish metodikasi”, 13.00.06–Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8911.
Ilmiy rahbar: Eshmamatov Ismoil Absalomovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Xolmurod Abdullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy pedagogik ta’limni raqamlashtirish sharoitida dasturiy–didaktik vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dasturiy vositalardan foydalanish asosida raqamli ta’lim muhitini yaratishning didaktik imkoniyatlari ta’lim platformalarida talaba faolligini nazorat qiluvchi topshiriqlar ierarxiyasini yoʻnalishlarga mos kontentlarda  maqbullashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
oliy ta’limda dasturiy-didaktik vositalardan foydalanishning metodik modeli  ochiq axborot almashish bo‘yicha grafikli topshiriqlarni kasbiy algoritm bo‘yicha natijalarning foydalanuvchilar profillarida aks etishini erkin reglamentda ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
 dasturiy-didaktik vositalarni raqamli modellashtirish texnologiyalari talabalarning raqamli savodxonligini kasbiy rivojlantirishga mo‘ljallangan “PBL, STEAM, Design Thinking” mini loyihalarni mustaqil ta’lim topshiriqlariga implemantatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
dasturiy-didaktik vositalar samaradorligini baholash mezonlari monitoring qilishga mo‘ljallangan Fillipid klassrum o‘qitish uslubida o‘quv jarayonini tashkil etish talabalarning raqamli faolligini oshiruvchi unikal modifikatsiya ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda ilgari surilgan amaliy taklif, ilmiy-metodik tavsiya va ilmiy-amaliy natijalar asosida: 
dasturiy vositalardan foydalanish asosida raqamli ta’lim muhitini yaratishning didaktik imkoniyatlari ta’lim platformalarida talaba faolligini nazorat qiluvchi topshiriqlar ierarxiyasini yoʻnalishlarga mos kontentlarda  maqbullashtirish asosidagi takliflardan “Amaliy dasturiy matematik paketlar” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 — yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, № 100884). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda dasturiy-didaktik vositalardan foydalanishning metodik modeli  ochiq axborot almashish bo‘yicha grafikli topshiriqlarni kasbiy algoritm bo‘yicha natijalarning foydalanuvchilar profillarida aks etishini erkin reglamentda ta’minlashga oid g‘oyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2022-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim  va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘ZBEKISTON 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 21 oktyabr 2025 yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarda moslashuvchanlik, kommunikativlik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
dasturiy-didaktik vositalarni raqamli modellashtirish texnologiyalari talabalarning raqamli savodxonligini kasbiy rivojlantirishga mo‘ljallangan “PBL, STEAM, Design Thinking” mini loyihalarni mustaqil ta’lim topshiriqlariga implemantatsiya qilish asosidagi g‘oyalardan PZ-20170929789 – sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 12.11.2025 № 04/11-27643 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida ketma-ketlik, algoritmik, muvofiqlik, mazmunli faoliyatli kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish