Boysinov Soxibjon Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10781
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyot darslarini aksiologik yondashuv asosida tashkil etishning metodik imkoniyatlari badiiy asarni germenevtik usulda deskriptivlash hamda muallif pozisiyasi va o‘quvchi interpretatsiyasi o‘rtasidagi qarashlarni kreativlik jihatdan shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etish modeli axloqiy-mazmuniy, estetik-qadriyatli, shaxsiy-ijtimoiy ahamiyat kabi badiiy matnning aksiologik ta’sirini aniqlash mezonlari vositasida o‘quv materiallarini tanlash hamda maqsadli, mazmuniy, faoliyatli, refleksiv-baholovchi komponentlar bilan o‘zaro uzviy bog‘langan holda takomillashtirildi;
aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etishning didaktik talablari badiiy matnlarning aksiologik yuklamasini hisobga olishga asoslangan didaktik mezonlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, mazmunining qadriy to‘yinganligi, o‘quvchilarning shaxsiy munosabatini faollashtirish hamda refleksiv baholash asosida belgilandi;
adabiyot darslarini aksiologik yondashuv asosida tashkil etishning pedagogik mexanizmi o‘quvchining shaxsiy tajribasi, emotsional-estetik ta’sir, ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘liqlik kabi qadriyatni shakllantirishning ichki pedagogik harakatlantiruvchi kuchlari anglash, aksiologik tahlil, baholash, shaxsiy munosabat, refleksiya asosida o‘quvchilarning badiiy matnga bo‘lgan munosabatini bilim darajasidan qadriy pozisiya darajasiga olib chiqishga xizmat qiluvchi pedagogik algoritm asosida takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adabiyot darslarini aksiologik yondashuv asosida tashkil etishning metodik imkoniyatlari badiiy asarni germenevtik usulda deskriptivlash hamda muallif pozisiyasi va o‘quvchi interpretatsiyasi o‘rtasidagi qarashlarni kreativlik jihatdan shakllantirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/ 78 raqamli grant loyihani bajarishda, jumladan, mazkur grant rejasining “Ta’lim sohasida o‘quvchi va talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan innovatsion chora-tadbirlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot o‘tkazish va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 2-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2025-yil 7-aprel 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi pedagogik-psixologik imkoniyatlari, hamda o’quvchilarni badiiy asar mazmunini chuqur idrok etishga yo’naltiruvchi, ularning axloqiy-ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi uslubiy va didaktik ta’minoti aksiologik yondashuv asosida rivojlantirilgan;
aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etish modeli axloqiy-mazmuniy, estetik-qadriyatli, shaxsiy-ijtimoiy ahamiyat kabi badiiy matnning aksiologik ta’sirini aniqlash mezonlari vositasida o‘quv materiallarini tanlash hamda maqsadli, mazmuniy, faoliyatli, refleksiv-baholovchi komponentlar bilan o‘zaro uzviy bog‘langan holda takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan. (Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi 2025-yil 15-sentyabr 01-08/403-son ma’lumotnomasi). Natijada, o’quvchilarda badiiy asarni davr va zamon bilan bog‘lab o’rganish hamda qahramonlar harakatlariga tanqidiy yondashish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi loyihaviy ta’lim, muammoli ta’lim, tadqiqotchilik faoliyati kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimi takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida adabiyot darslarini tashkil etishning didaktik talablari badiiy matnlarning aksiologik yuklamasini hisobga olishga asoslangan didaktik mezonlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, mazmunining qadriy to‘yinganligi, o‘quvchilarning shaxsiy munosabatini faollashtirish hamda refleksiv baholash asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan Jizzax shahar telekanalining 2025-yil 15-oktyabr kungi “Xayrli kun” dasturida foydalanilgan. (Jizzax shahar telekanalining 2025-yil 27-noyabrdagi 01/171-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy globalizatsiya sharoitida yoshlar ongi va qalbiga yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish, ularni axborot xurujlaridan himoya qilish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ma’naviy etuk shaxslar etib tarbiyalash, yoshlarda ijobiy xulq-atvor namunalarini shakllantirish, ularni ezgulik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, insonparvarlik, adolat, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
adabiyot darslarini aksiologik yondashuv asosida tashkil etishning pedagogik mexanizmi o‘quvchining shaxsiy tajribasi, emotsional-estetik ta’sir, ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘liqlik kabi qadriyatni shakllantirishning ichki pedagogik harakatlantiruvchi kuchlari anglash, aksiologik tahlil, baholash, shaxsiy munosabat, refleksiya asosida o‘quvchilarning badiiy matnga bo‘lgan munosabatini bilim darajasidan qadriy pozisiya darajasiga olib chiqishga xizmat qiluvchi pedagogik algoritm asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan. (Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi 2025-yil 15-sentyabr 01-08/403-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning badiiy asarlarga munosabatini faqat axborotiy bilish darajasida emas, balki shaxsiy qadriy pozisiya darajasida anglashiga olib keladi hamda vatanparvarlik, mas’uliyat, insonparvarlik, adolat kabi qadriyatlar yoshlar ongida barqaror shakllanadi.