Umirov O‘ktam Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy kremniyli mineral xomashyo va aylant daraxti asosida sorbentlar olish hamda ularni oqova suvlarni tozalashda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5834.
Ilmiy rahbarlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, professor; Shodiqulov Jo‘rabek Mehriqulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi DSc.31/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muzafarov Amrullo Mustafaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: opoka va aylant daraxti biomassasi asosida sorbentlar olish va ularni sanoat oqova suvlari tozalashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
opokani 0,5–0,2 mm diapazonli fraksiyalari soat davomida mexanik faollantirish orqali uning g‘ovak hajmi 2,12 martaga ortib 0,49 sm³/g gacha, yuza maydoni esa 2,28 martaga ortib 114 m²/g gacha oshganligi aniqlangan;
opokani 75 minut davomida 250 °C haroratdan 950 °C haroratgaca termik faollantirish asosida olingan na’munalarda g‘ovak hajmi 0,28 sm³/g dan 0,56 sm³/g gacha yuza maydoni esa 65,65 m²/g dan 129,80 m²/g gacha ortishi aniqlangan;
aylant daraxti biomassasini ko‘mirlashtirish bosqichidan so‘ng 3 M NaOH eritmasi bilan 45 daqiqa davomida kimyoviy faollantirish natijasida olngan sorbent namunalarida yuqori darajada g‘ovakliklar shakllanishi asoslangan.
aylant daraxti biomassasini termik va kimyoviy faollantirish natijasida g‘ovak hajmi 4,05 martaga ortib uning qiymati 0,56 sm³/g gacha oshishi, solishtirma yuza maydoni esa 30,79 martaga ortib 858 m²/g gacha ortishi aniqlangan;
opoka asosidagi sorbentlar chiqindi suvi og‘irligiga nisbattan 1,5 % qo‘shib tozalanganda, sanoat oqava suvlari tarkibidagi elementlarning miqdori Cu –38,74 mg/l; Co-5,78 mg/l; Ni – 48,78 mg/l; Al-2,24 mg/l; Cr-2,74 mg/l; dan Cu – 2,36 mg/l; Co-1,35 mg/l; Ni–4,29 mg/l; Al 0,01 mg/l gacha kamayib, 90-99 % gacha zararsizlantirishi aniqlangan;
opoka va aylant daraxti biomassasi asosida olingan sorbenlar yordamida oqova suvlarni tarkibidagi Cu-93,71 %, Ni-90,11 %, Al-99,72 % va Cr-84,50 % gacha tozalashi aniqlangan;
opoka va aylant daraxti biomassasi asosida mexanik maydalash, termik ishlov berish, kimyoviy faollantirish, yuvish va quritish orgali yangi turdagi sorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
opoka va aylant daraxti biomassasi asosida olingan sorbentlar yordamida sanoat oqova suvlarini og‘ir metall ionlaridan tozalashning kompleks texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat oqova suvlari tarkibidagi metallarni tozalash uchun opoka va aylant daraxti biomassalari asosida adsorbentlar olish va qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
opoka namunalari asosida sorbent olish usuli “Elektrokimyozavod” QK-AJning «2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 15 sentyabrdagi 647-son ma’lumotnomasi) Natijada, termik faollashtirilgan mahalliy opoka asosida tayyorlangan sorbent oqova suv massasiga nisbatan 1% qo‘shilganda qo‘shimchalarni 84,5% gacha tozalash imkonini beradi;
opoka va aylant daraxti biomassasi namunalari asosida sorbent olish usuli “Elektrokimyozavod” QK-AJning «2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 15 sentyabrdagi 647-son ma’lumotnomasi) Natijada, termik faollashtirilgan mahalliy opoka va aylant daraxti asosida tayyorlangan sorbent oqova suv massasiga nisbatan 0,8%:0,2% qo‘shilganda qo‘shimchalarni 92,8% gacha tozalash imkonini beradi.