Islomov Alisher Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gaz kondensatini barqarorlashtirishda issiqlik almashinish qurilmasini takomillashtirish asosida isitish jarayonini jadallashtirish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3558.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05. 
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz kondensatini barqarorlashtirishda quvurli issiqlik almashinish qurilmasini takomillashtirish asosida isitish jarayonini jadallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takomillashtirilgan issiqlik almashinish qurilmasi quvurlarida isitish natijasida hosil bo‘lgan bug‘ni chiqarish hisobiga, isitish jarayonining koʻrsatkichlari, ya’ni gaz kondensatining issiqlik berish koeffisienti 182,8 Vt/(m2∙K) dan 227 Vt/(m2∙K) ga va issiqlik o‘tkazish koeffisienti 110 Vt/(m2∙K) dan 125 Vt/(m2∙K) gacha oshganligi ilmiy asoslangan;         
issiqlik almashinish qurilmasida xomashyoni isitishdan quvurlar ichida hosil boʻlgan bug‘ ulushini 20 % dan 1 % gacha kamaytirish hisobiga isitish jarayonining harorati 15 oC gacha ortishi ilmiy isbotlangan;     
issiqlik almashinish qurilmasi quvurlarining ichida hosil boʻlgan bug‘ga ta’sir etuvchi omillarning ya’ni isitish jarayonining harorati va gaz kondensati namunalarining fraksion tarkibiga ta’sir etishi ilmiy isbotlangan;            
isitish qurilmasining quvurlarida bug‘ hissasini kamayishi hisobiga issiqlik tashuvchidan quvur tashqi devoriga va quvur ichki devoridan isitilayotgan suyuqlikka uzatilayotgan issiqlik miqdori 1,66 martaga ortishi isbotlangan; 
qopqoq konstruksiyasi takomillashtirilgan issiqlik almashinish qurilmasining quvurlarida bug‘ hissasini kamayishtirish natijasida isitish jarayoni jadallashishi hamda issiqlik va energiya sarfi 12 % gacha kamayishi ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz kondensatini barqarorlashtirishda issiqlik almashinish qurilmasini takomillashtirish asosida isitish jarayonini jadallashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida:     
qopqoq konstruksiyasi takomillashtirilgan issiqlik almashinish qurilmasi “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning 2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning 2024 yilning 10 oktyabrdagi  OP02/ED-3900-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu qurilmaning quvurlari ichida isitish jarayoniga ta’sir etuvchi bug‘ni kamaytirishdan gaz kondensatini issiqlik berish koeffisienti oshishi va isitish jarayoni uchun sarflanayotgan energiyani 12 % ga kamaytirish imkonini beradi;         
suyuq va gazsimon uglevodorodlarning issiqlik almashinish jarayoni uchun takomillashtirilgan texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati” ga kiritilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ing 2024 yil 21 oktyabrdagi  876/CK-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu qurilmada bug‘ni (bug‘ tarkibida asosan metan 44,593 %, etan 32,852 %,   propan 7,685 %, butan 5,845 %, pentan 1,208 %, geksan 0,472 %, geptan va undan yuqori suyuq uglevodorodlar 0,987 %, uglerod dioksid 4,842 %, azot 1,241%, vodorod sulfid 0,234 % gacha mavjudligi laboratoriyada aniqlandi) kamaytirib, suyuq uglevodorodlarni miqdori ortishidan quvur devorining yuzasi bilan isitiluvchi oqimning to‘qnashuvi ortishi hisobiga isitish jarayonini jadallashib, qurilmadan chiqayotgan mahsulotning harorati 120 oC dan 135 oC gacha ko‘tarilish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish