Kalanova Dilafruz Toshpulotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Meva va sabzavot qo‘shimchalari asosida ko‘pik strukturali ovqatlanish mahsulotlarining texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5263.
Ilmiy rahbar: Kuliev Nasillo Sharifovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rafiq Amonovich, texnika fanlari doktori, professor; Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva va sabzavot qo‘shimchalari asosida ko‘pik strukturali ovqatlanish mahsulotlarining texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrotermik va mexanik ishlov berilgan olma va sabzining suvni sorbsiyalash xususiyatining tavsifi berilib, monomolekulyar adsorbsiyaning parametrlari: sorbsiyalangan suvning miqdori 0,073 g/g, monoqatlamda suvning adsorbsiyalanishi sodir bo‘ladigan havoning nisbiy namligi 29,5 %, monoqatlamning solishtirma yuzasi 245,5 m2/g va adsorbentning g‘ovaklik hajmi 0,093 sm3/g olma pektinining parametrlariga yaqinligi asoslangan;
fazalararo adsorbsion qatlamlar oralig‘ida hosil bo‘lgan komplekslarning strukturani barqarorlovchi vazifasini bajarishi ko‘pikli struktura shakllangandan so‘ng oqsil-pektin kompleksining hosil bo‘lishiga bog‘liqligi isbotlangan;
fazalararo oraliqda suyuqlikning harakatlanishiga gidravlik to‘siqlik hamda harorat 6 ± 0,5 0S gacha pasayganda sistemada dirildoq karkas hosil bo‘lishi olma va sabzi pyurelari tarkibidagi qattiq dispers fazalarning dispersion muhitda erigan moddalar hamda adsorbsion qatlamni tashkil etgan moddalar bilan o‘zaro bog‘lanishiga bog‘liqligi asoslangan;
barqarorlovchi xususiyatga ega bo‘lgan meva va sabzavot qo‘shimchalari asosida ko‘pik strukturali shirin taomlarning takomillashtirilgan texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva va sabzavot qo‘shimchalari asosida ko‘pik strukturali ovqatlanish mahsulotlarining texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
meva va sabzavot pyureli ko‘pik strukturali shirin taomlar texnologiyasi “Pasquale” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 8 iyuldagi 08-74/07-2025-son ma’lumotnomasi). Natijada, olma pyuresini qo‘llab mahsulot (nisholda) tayyorlashda korxona daromadi 100 kg mahsulotga 14443,7 so‘m, rentabellik esa 1,0 % ga, sabzi pyuresi yordamida mahsulot tayyorlashda korxona daromadi 100 kg mahsulotga 6209,4 so‘mga, mahsulot rentabelligi esa 1,5 % ga oshirish imkonini bergan;
ko‘pik strukturali shirin taom texnologiyasi “AL-HAYaT BUKHARA” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining 2025 yil 10 iyuldagi 10/07-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, olma (Sabzi) pyureli nisholda shirin taomida olma (sabzi) pyuresi 10,7 %, limon kislotasi miqdorlarini 0,05 % ga oshirish, invert siropi miqdorini 11 % ga, taomning quruq moddalari miqdorini 11,05 % ga kamaytirishga imkon bergan.