Sunnatov Jaxongir Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tarkibida oltin bo‘lgan qaysar xomashyoni va boyitish fabrikalari chiqindilarini pirometallurgik qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5335.
Ilmiy rahbar: Yakubov Maxmudjan Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Olmaliq davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Ruziev Ulugbek Ne’matovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida oltin bo‘lgan qaysar xomashyoni va boyitish fabrikalari chiqindilarini pirometallurgik qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sulfidli mis konsentratlaridan pirometallurgik usulda qayta ishlash jarayonida qaysar oltin tarkibli texnogen xomashyo va boyitish fabrikasi chiqindilarini jalb etish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
shixta eritishning optimal harorat rejimini aniqlash asosida 97,9-98,5 % oltin va kumushni o‘z ichiga olgan gomogen shteyn fazasi hosil bo‘lishi aniqlangan;
temir va mis sulfidlaridan tashkil topgan shteyn 1450°C haroratda gomogen shlak-shteyn fazasining hosil bo‘lishini hamda ularning samarali tarzda shteyn va shlak qatlamlariga ajralib chiqishi aniqlangan;
pirometallurgik texnologiyani mis ishlab chiqarish jarayoniga qaysar oltin tarkibli xomashyolar va texnogen chiqindilarni qayta ishlashda qo‘llash orqali oltinning shteyn fazasiga o‘tish darajasi-98,5 %, kumushniki-97,8 %, misniki-96,6 % ni tashkil etishi hamda sulfidli mineral komponentlari bilan bog‘langan mikroskopik oltinning ham ajralib chiqishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida oltin bo‘lgan qaysar xomashyoni va boyitish fabrikalari chiqindilarini pirometallurgik qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan texnologiya «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ mis eritish zavodida qaysar xomashyo va boyitish fabrikasi chiqindilaridan oltinni shteynga ajratib olish jarayonida amaliyotda joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 11 oktyabrdagi №SL-001098-son ma’lumotnomasi). Natijada, 14500C da qaysar xomashyo va boyitish fabrikasi chiqindilarini optimal to‘liq eritish imkonini bergan;
qaysar xomashyo va boyitish fabrikasi chiqindilarini optimal to‘liq eritish natijasida shteyn va toshqolga samarali ajratilgan mahsulotlar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ mis eritish zavodida amaliyotda joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 11 oktyabrdagi №SL-001098-son ma’lumotnomasi). Natijada, shteyn tarkibiga oltinni ajratib olish darajasini 98,1%, kumushni 97,8%, misni 96,6% gacha etkazish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish