Rustamov Maqsud Suvonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini ilg‘or xorij tajribasi asosida takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt497.
Ilmiy rahbar: Karaliev Turaboy Mamatqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyotini ilg‘or xorij tajriba asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklar tomonidan kreditlash jarayonida o‘z faoliyatini boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga “yo‘l berish” usuli orqali garovsiz kredit berish takomillashtirilgan;
filiallarning kichik biznes sub’ektlariga kredit ajratishda bosh banklar bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari muvofiqlashtirilgan;
bank tomonidan kichik biznesni kreditlashda aholi bandligi va milliy daromadni yaratishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda berilgan asosiy qarzni qaytarish va foiz to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli shartlarni qo‘llash usuli taklif etilgan;
banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytishi, shuningdek, kelgusida ushbu mijozning yana kredit olishini rag‘batlantirishda mijozning kredit tarixlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini ilg‘or xorij tajribasi asosida takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklar tomonidan kreditlash jarayonida o‘z faoliyatini boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga “yo‘l berish” usuli orqali garovsiz kredit berish tizimini takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar “Agrobank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2018 yil 29 noyabrdagi 24-3-06/1172-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bank tomonidan berilgan kreditlar salmog‘i 9 foizga oshishi va 1,2 mlrd so‘mdan ortiq daromad olinishi ta’minlangan;
filiallarning kichik biznes sub’ektlariga kredit ajratishda bosh banklar bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan berilgan takliflari “Mikrokreditbank” ATBning “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi”da o‘z aksini topgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 9 yanvardagi TA-18-32/140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy qilinishi kichik biznesni kreditlashda resurs muammosini hal qilish imkoniyatini yaratgan;
kichik biznesni kreditlashda aholi bandligi va milliy daromadni yaratishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda bankning imtiyozli shartlarini qo‘llash bo‘yicha takliflari “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 9 yanvardagi TA-18-32/140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bank tomonidan 2017 yilda 1067 ta kam ta’minlangan oilalarga 5670,4 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilib, kreditlarning ijtimoiy samaradorligi oshirilishiga xizmat qilgan;
banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytishi, shuningdek, kelgusida ushbu mijozning yana kredit olishini rag‘batlantirish maqsadida mijozning kredit tarixlari ma’lumotlar bazasini tashkil etish bo‘yicha berilgan taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 9 yanvardagi TA-18-32/140-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankda kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlarning kredit tarixi ma’lumotlar bazasi yaratilgan.