Nurilloeva Shahodat Nurillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Giperglikemiyaning turli darajalarida semirish profilaktikasi va tana vazni holati» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3PhD/Tib14.07.
Ilmiy rahbar: Badritdinova Matluba Najmidinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xidoyatova Muxlisa Raxmatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlikning rivojlanishida giperglikemiyaning turli toifalaridagi rolini o‘rganish va metabolik sindromli bemorlarda semizlikning oldini olishni yangi usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyushmagan aholining uchdan bir qismida ortiqcha tana vazni va semizlikning tarqalishi 20–79 yosh guruhlarida turlicha bo‘lishi hamda abdominal semizlik ayollarda erkaklarga nisbatan 1,2 marta ko‘p uchraganligi aniqlangan bo‘lib, giperglikemiyaning turli toifalari ortiqcha tana vazni va semizlikning shakllanishida asosiy omil ekanligi isbotlangan;
ortiqcha tana vazni va semizlik uchragan bemorlarda o‘z holatini noto‘g‘ri baholash keng tarqalganligi o‘rganilgan hamda mazkur holat aholida kardiometabolik xavf omillari haqida xabardorlikni oshirish, davolash samaradorligi va asoratlarni oldini olish strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan yondashuvni zarurligi asoslangan;
simpatoadrenal faza ustun bemorlarda simpatik faollikni kamaytirish, vagoinsulyar faza disfunksiyasi bo‘lganlarda esa insulinga sezgirlikni oshirish va metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash orqali yurak qon-tomir kasalliklari xavfini stratifikatsiya qilish va uning yashirin shakllarini aniqlashda muhim ekanligi asoslangan;
giperglikemiyaning turli toifalarida simpatik-metabolik disbalansni tuzatish maqsadida yurak qon - tomir kasalliklari xavfini aniqlovchi va profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshiruvchi dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Giperglikemiyaning turli darajalarida semirish profilaktikasi va tana vazni holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida
birinchi ilmiy yangilik: uyushmagan aholining uchdan bir qismida ortiqcha tana vazni va semizlikning tarqalishi 20–79 yosh guruhlarida turlicha bo‘lishi hamda abdominal semizlik ayollarda erkaklarga nisbatan 1,2 marta ko‘p uchraganligi aniqlangan bo‘lib, giperglikemiyaning turli toifalari ortiqcha tana vazni va semizlikning shakllanishida asosiy omil ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha «Turli xil tana vaznida giperglikemiya holatini baholash usullari» va «Kardiovaskulyar xavfi oshgan bemorlar uchun ortiqcha tana vazni va semizlikni oldini olish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (O‘zR Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan ma’lumotnoma 03.12.2021 yil 8n-r/1165 soni va 03.12.2021 yil 8n-r/1166 bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 2021 yil 10 dekabrdagi 373-sonli buyrug‘i, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 2021 yil 17 dekabrdagi 71-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yildagi 26 iyul`dagi 47 - sonli buyrug‘i va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yildagi 21 avgustdagi 01/493-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindrom uzoq vaqt davomida etarlicha diagnoz qo‘yilmagani, ayrim holatlarda esa kasallikning og‘ir shakllaridagina dastlabki diagnoz qo‘yilganini inobatga olgan holda, ishlab chiqilgan tahlil va birlamchi profilaktika modeli aholi orasida ortiqcha tana vazni va semizlikning barcha shakllarini barvaqt bashorat qilish, tashxislash va oldini olishni sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: tavsiya etilgan diagnostika va davolash usullari dori-darmon vositalari, reabilitatsiya hamda statsionarda qolish xarajatlarini kamaytirishga olib keldi. Ushbu usullarni amaliyotga joriy etish natijasida 150 ming so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: aholi orasida ortiqcha tana vazni va semizlikning keng tarqalganligi, ayniqsa ayollarda abdominal semizlikning yuqori uchrashi, ishlab chiqilgan birlamchi profilaktika modeli erta tashxis va oldini olish imkoniyatlarini kengaytirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ortiqcha tana vazni va semizlik uchragan bemorlarda o‘z holatini noto‘g‘ri baholash keng tarqalganligi o‘rganilgan hamda mazkur holat aholida kardiometabolik xavf omillari haqida xabardorlikni oshirish, davolash samaradorligi va asoratlarni oldini olish strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan yondashuvni zarurligi asoslanganligi bo‘yicha «Turli xil tana vaznida giperglikemiya holatini baholash usullari» va «Kardiovaskulyar xavfi oshgan bemorlar uchun ortiqcha tana vazni va semizlikni oldini olish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (O‘zR Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan ma’lumotnoma 03.12.2021 yil 8n-r/1165 soni va 03.12.2021 yil 8n-r/1166 bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 2021 yil 10 dekabrdagi 373-sonli buyrug‘i, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 2021 yil 17 dekabrdagi 71-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yildagi 26 iyul`dagi 47 - sonli buyrug‘i va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yildagi 21 avgustdagi 01/493-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, innovatsion dasturni amaliyotda qo‘llash orqali semizlik va ortiqcha tana vazniga ega aholi uchun individual profilaktika strategiyalarini ishlab chiqildi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yurak qon-tomir xavf darajasini pasaytirish, asoratlar holatini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: : glyukozaga tolerantlik buzilishi oqibatida qandli diabetning yillik progressiyasi bemorlar orasida 5–10% ni tashkil etgan, 3–5 yil ichida esa bu ko‘rsatkich 20–34% gacha oshgan. Shuningdek, nahorgi glikemiyaning va glyukozaga tolerantlik buzilishining uyg‘unligi 38–65% ni tashkil etadi. Agar glyukozaga nisbatan tolerantlik buzilishini o‘z vaqtida aniqlab, tadqiqotlar xarajatlarini hisoblasak, bu davlat byudjetini oyiga 4 million so‘mga tejash imkonini beradi. Xulosa: Glyukozaga tolerantlik buzilishini o‘z vaqtida aniqlash qandli diabet progressiyasini kamaytirish bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy samaradorlikni ta’minlab, davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: simpatoadrenal faza ustun bemorlarda simpatik faollikni kamaytirish, vagoinsulyar faza disfunksiyasi bo‘lganlarda esa insulinga sezgirlikni oshirish va metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash orqali yurak qon-tomir kasalliklari xavfini stratifikatsiya qilish va uning yashirin shakllarini aniqlashda muhim ekanligi asoslanganligi bo‘yicha «Turli xil tana vaznida giperglikemiya holatini baholash usullari» va «Kardiovaskulyar xavfi oshgan bemorlar uchun ortiqcha tana vazni va semizlikni oldini olish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (O‘zR Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan ma’lumotnoma 03.12.2021 yil 8n-r/1165 soni va 03.12.2021 yil 8n-r/1166 bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 2021 yil 10 dekabrdagi 373-sonli buyrug‘i, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 2021 yil 17 dekabrdagi 71-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yildagi 26 iyul`dagi 47 - sonli buyrug‘i va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yildagi 21 avgustdagi 01/493-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: glikemik egri chiziqning vagoinsulyar fazasi va nahorgi glikemiyaning buzilishi insulin rezistentligi orqali ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatishi, simpatoadrenal fazaning buzilishi esa organizmning insulinga bo‘lgan ehtiyoji oshishi orqali ta’sir etishi o‘rganilgan va asoratlarning oldini olish orqali hayot sifatini oshirishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: giperglikemiyaning turli fazalarida ortiqcha tana vazni va semizlik, hamda asoratlar va o‘lim holatlari rivojlanish xavfini aholi orasida to‘g‘ri va erta profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, erta diagnostika va erta nogironlikni keskin kamaytirish imkonini yaratadi. Xulosa: Simpatoadrenal faza ustun bemorlarda simpatik faollikni kamaytirish, vagoinsulyar faza disfunksiyasida esa insulinga sezgirlikni oshirishga qaratilgan maqsadli yondashuv metabolik buzilishlarni samarali korreksiya qilish bilan birgalikda har bir bemor uchun iqtisodiy tomondan bir million so‘mni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: giperglikemiyaning turli toifalarida simpatik-metabolik disbalansni tuzatish maqsadida yurak qon - tomir kasalliklari xavfini aniqlovchi va profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshiruvchi dastur ishlab chiqilganligi bo‘yicha «Turli xil tana vaznida giperglikemiya holatini baholash usullari» va «Kardiovaskulyar xavfi oshgan bemorlar uchun ortiqcha tana vazni va semizlikni oldini olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (O‘zR Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 03.12.2021 yil 8n-r/1165-sonli va 03.12.2021 yil 8n-r/1165-sonli xulosasi). Mazkur tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi (2021 yil 10 dekabrdagi 373-sonli buyruq), Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (2021 yil 17 dekabrdagi 71-sonli buyruq), Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yildagi 26 iyul`dagi 47 - sonli buyruq) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yildagi 21 avgustdagi 01/493-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Uning natijasida kasallik kechishi barqarorlashgan, aholida metabolik sindrom komponentlarini erta aniqlash, o‘lim xavfini va nogironlikni kamaytirish, asoratlarni oldini olish hisobida ularning hayot sifati ijobiy tomonga o‘zgarishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi) olingan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda ortiqcha tana vazni va semizlikni oldini olish bo‘yicha nomedikamentoz profilaktik tadbirlarni sog‘liqni saqlash tizimining birinchi bo‘g‘inida takomillashtirilishi yuqori darajadagi tibbiy samaradorlikka erishish imkonini berdi; iqtisodiy samaradorligi: giperglikemiyaning turli fazalarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish orqali, ortiqcha tana vazni va semizlikka qarshi nomedikamentoz profilaktika usullarini qo‘llash hisobiga ta’minlandi. Ushbu tadbirlarning iqtisodiy samarasi davlat byudjeti uchun 9 million so‘mni tejash imkonini yaratdi. Xulosa: Giperglikemiyaning turli toifalarida simpatik-metabolik disbalansni korreksiya qilishga qaratilgan dastur yurak-qon tomir kasalliklari xavfini aniqlash va samarali profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va individual yondashuv imkonini bergan.