Sharipov Azizbek Tolibovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar serebral paralichini xalq tibbiyoti usullari bilan davolash samaradorligini bashorat qilishning immunopatogenetik jihatlari”, 14.00.41 – Halq tabobati; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1 DSc/Tib1276.
Ilmiy maslahatchilar: Qayumov Xolmurod Naimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Hamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muminjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori, dotsent; Simbirsev Andrey Semenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat  tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar serebral paralichini xalq tabobati usullari bilan davolash samaradorligini bashorat qilishning immunopatogenetik mexanizmlari va mezonlarini aniqlashdan iborat.  
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bolalar serebral paralichini davolashda an’anaviy davolash va ignali refleksoterapiyani birgalikda qo‘llash ko‘rinishida xalq tabobati usullaridan foydalanish imkoniyati kengaytirilib, ushbu qon aylanishini yaxshilashi, immun tizimi faolligini oshirishm, yallig‘lanishni kamaytirishi va shu orqali klinik alomatlarni va biomexanik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi isbotlangan;
ignali refleksoterapiya qabul qilayotgan BSPli bolalarning klinik va psixologik holatining dinamikasi va neyroyallig‘lanish markyorlarining o‘zgarishi (MCP-1, IFN-γ, S100) o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklari asosida davolash samaradorligi asoslangan; 
ilk bor  bemorlarda TREC va KREC, shuningdek IgM va IgG ning aniqlangan past qiymatlari o‘g‘il bolalar va qizlarning ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qilish tendensiyasiga ega bo‘lgan bolalar serebral paralichi patogenezi asosida yotgan immun tizimining birlamchi yoki tranzitor patologiyasidan shubhalanish imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor  BSP li bolalarda aksariya hollarda neyronlar, mielin va astrotsitlarning strukturaviy oqsillariga, shuningdek, neyromediatorlar va ion kanal tizimlarining asosiy elementlariga ta’sir qiluvchi autoimmun reaksiyalar majmuasi shakllanishi isbotlangan; 
klinik ko‘rsatkichlar, laborator ma’lumotlar va bemorning immunogenetik profilini o‘z ichiga olgan neyroreabilitatsiya dasturini shaxsiylashtirish imkonini bergan ignali refleksoterapiya samaradorligining bashoratlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 04 noyabrdagi 28/36 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral paralichini davolashda an’anaviy davolash va ignali refleksoterapiyani birgalikda qo‘llash ko‘rinishida xalq tabobati usullaridan foydalanish imkoniyati kengaytirilib, ushbu qon aylanishini yaxshilashi, immun tizimi faolligini oshirishm, yallig‘lanishni kamaytirishi va shu orqali klinik alomatlarni va biomexanik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning  amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.03.2025 y.; 82-t-sonli), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.03.2025 y.; № 04/2707-sonli), Bolalar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (24.03.2025 y.; № 01-1-04/29-sonli)  bilan amaliyotga joriy etildi.. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral paralichini davolashda an’anaviy davolash va ignali refleksoterapiyani birgalikda qo‘llash ko‘rinishida xalq tabobati usullaridan foydalanish imkoniyati kengaytirilishi, rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar serebral paralichini davolashda an’anaviy davolash va ignali refleksoterapiyani birgalikda qo‘llash ko‘rinishida xalq tabobati usullaridan foydalanish imkoniyati kengaytirilishi, rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning davolanish muddatini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirib,  davolanish to‘lov miqdori 2500 000 so‘mga kamaytirgan (Bolalar Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra  1 kunlik davolanish 500000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 210000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bolalar serebral paralichini davolashda an’anaviy davolash va ignali refleksoterapiyani birgalikda qo‘llash ko‘rinishida xalq tabobati usullaridan foydalanish, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlarni  kamaytirish imkonini beradi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: ignali refleksoterapiya qabul qilayotgan BSPli bolalarning klinik va psixologik holatining dinamikasi va neyroyallig‘lanish markyorlarining o‘zgarishi (MCP-1, IFN-γ, S100) o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklari asosida davolash samaradorligi asoslangan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.03.2025 y.; 82-t-sonli), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.03.2025 y.; № 04/2707-sonli), Bolalar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (24.03.2025 y.; № 01-1-04/29-sonli)  bilan amaliyotga joriy etildi.  Ijtimoiy samaradorligi: ignali refleksoterapiya qabul qilayotgan BSPli bolalarning klinik va psixologik holatining dinamikasi va neyroyallig‘lanish markyorlarining o‘zgarishi kasallik kechishini bashoratlash imkonini bergan hamda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: ignali refleksoterapiya qabul qilayotgan BSPli bolalarning klinik va psixologik holatining dinamikasi va neyroyallig‘lanish markyorlarining o‘zgarishi kasallik kechishini bashoratlash: bemorning davolanish muddatini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirib, poliklinikada davolanish to‘lov miqdori 2 500 000 so‘mga kamaytirgan (Bolalar Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra  1 kunlik davolanish 500000 so‘mni tashkil qiladi); davolanish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 210000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ignali refleksoterapiya qabul qilayotgan BSPli bolalarning klinik va psixologik holatining dinamikasi va neyroyallig‘lanish markyorlarining o‘zgarishi kasallik kechishini bashoratlash imkonini bergan hamda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish imkonini beradi; 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor  bemorlarda TREC va KREC, shuningdek IgM va IgG ning aniqlangan past qiymatlari o‘g‘il bolalar va qizlarning ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qilish tendensiyasiga ega bo‘lgan bolalar serebral paralichi patogenezi asosida yotgan immun tizimining birlamchi yoki tranzitor patologiyasidan shubhalanish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: TREC va KREC, shuningdek IgM va IgG ning aniqlangan past qiymatlari o‘g‘il bolalar va qizlarning ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qilish tendensiyasiga ega bo‘lgan bolalar serebral paralichi patogenezi asosida yotgan immun tizimining birlamchi yoki tranzitor patologiyasidan shubhalanish imkonini berishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, chuqur nogironlik sonining kamayishiga hamda davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.03.2025 y.; 82-t-sonli), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.03.2025 y.; № 04/2707-sonli), Bolalar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (24.03.2025 y.; № 01-1-04/29-sonli)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: TREC va KREC, shuningdek IgM va IgG ning aniqlangan past qiymatlari o‘g‘il bolalar va qizlarning ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qilish tendensiyasiga ega bo‘lgan bolalar serebral paralichi patogenezi asosida yotgan immun tizimining birlamchi yoki tranzitor patologiyasidan shubhalanish imkonini berishi, bemorlarda kasallik kechishini bashoratlash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: TREC va KREC, shuningdek IgM va IgG ning aniqlangan past qiymatlari o‘g‘il bolalar va qizlarning ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qilish tendensiyasiga ega bo‘lgan bolalar serebral paralichi patogenezi asosida yotgan immun tizimining birlamchi yoki tranzitor patologiyasidan shubhalanish imkonini berishini inobatga olinishi o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini  olishda foydalanish hamda  ninali refleksoterapiyadan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 2500000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: bolalar serebral paralichi patogenezi asosida yotgan immun tizimining birlamchi yoki tranzitor patologiyasidan shubhalanishni inobatga olinishi o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor  BSP li bolalarda aksariya hollarda neyronlar, mielin va astrotsitlarning strukturaviy oqsillariga, shuningdek, neyromediatorlar va ion kanal tizimlarining asosiy elementlariga ta’sir qiluvchi autoimmun reaksiyalar majmuasi shakllanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: BSP li bolalarning ko‘pchiligida neyronlar, mielin va astrotsitlarning strukturaviy oqsillariga, shuningdek, neyromediatorlar va ion kanal tizimlarining asosiy elementlariga ta’sir qiluvchi autoimmun reaksiyalar majmuasi shakllanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.03.2025 y.; 82-t-sonli), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.03.2025 y.; № 04/2707-sonli), Bolalar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (24.03.2025 y.; № 01-1-04/29-sonli)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: BSP li bolalarning ko‘pchiligida neyronlar, mielin va astrotsitlarning strukturaviy oqsillariga, shuningdek, neyromediatorlar va ion kanal tizimlarining asosiy elementlariga ta’sir qiluvchi autoimmun reaksiyalar majmuasi shakllanishi isbotlanib asoratlarning uchrash darajasini 2 baravarga, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: BSP li bolalarda  immunomodulyasiya, neyroproteksiya va neyroglial tomirlarning o‘zaro ta’sirini tiklashni o‘z ichiga olgan kompleks davo zarurligini ta’kidlanganligi umumiy asoratlarning uchrash darajasini 2 baravarga, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalar serebral paralichida  immunomodulyasiya, neyroproteksiya va neyroglial tomirlarning o‘zaro ta’sirini tiklashni o‘z ichiga olgan kompleks davo qo‘llanilishi, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: klinik ko‘rsatkichlar, laborator ma’lumotlar va bemorning immunogenetik profilini o‘z ichiga olgan neyroreabilitatsiya dasturini shaxsiylashtirish imkonini bergan ignali refleksoterapiya samaradorligining bashoratli mezonlari ishlab chiqilgan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik ko‘rsatkichlar, laborator ma’lumotlar va bemorning immunogenetik profilini o‘z ichiga olgan ignali refleksoterapiya samaradorligining bashoratli mezonlari ishlab chiqilishi, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (26.03.2025 y.; 82-t-sonli), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.03.2025 y.; № 04/2707-sonli), Bolalar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (24.03.2025 y.; № 01-1-04/29-sonli)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik ko‘rsatkichlar, laborator ma’lumotlar va bemorning immunogenetik profilini o‘z ichiga olgan ignali refleksoterapiya samaradorligining bashoratli mezonlari ishlab chiqilib, neyroreabilitatsiya dasturini shaxsiylashtirilishi, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik ko‘rsatkichlar, laborator ma’lumotlar va bemorning immunogenetik profilini o‘z ichiga olgan ignali refleksoterapiya samaradorligining bashoratli mezonlari ishlab chiqilib, neyroreabilitatsiya dasturini shaxsiylashtirilishi, davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  kamaytirish imkonini berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bemorning immunogenetik profilini o‘z ichiga olgan ignali refleksoterapiya samaradorligining bashoratli mezonlari ishlab chiqilib, neyroreabilitatsiya dasturini shaxsiylashtirilishi mumkin bo‘lgan asoratlarini bashorat qilish va oldini olish hamda davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish