Mamatova Feruza Xolbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yo‘llarini takomillashtirish”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5320
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna – iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xolmurodov Baxtiyor Seitmurotovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning  maqsadi: O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishga gender omillari ta’sirini baholash va unda ayollar va erkaklarning teng ishtirokini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inson kapitali va mehnat unumdorligini oshirish, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish yo‘li bilan barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda institutsional islohotlar va ijtimoiy me'yorlarni bir vaqtning o‘zida o‘zgartirish asosida gender tengligini ta'minlash orqali erishiladigan potensial imkoniyatlardan foydalanish taklifi asoslangan;
mehnat bozorida ayollar ulushi, ish haqi tafovutlari, ishbilarmonlik faolligi kabi omillar asosida ayollar va erkaklar mehnat unumdorligini barqaror iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasini baholash metodikasi va uni hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
xotin-qizlar tadbirkorligida “Brikolaj” va “Gig-iqtisodiyot” tamoyillarini maxsus raqamli platforma asosida integratsiya qilish, genderga yo‘naltirilgan investisiya ekotizimi hamda “Milliy parvarish iqtisodiyoti fondi”ni shakllantirish orqali ayollar faolligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoq va sohalarida vaqt omilini inobatga olgan holda YaIMga ayollar va erkaklar mehnati unumdorligining ta'sirini ekonometrik modellar orqali miqdoriy jihatdan baholash asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqarish hajmi, ayollar va erkaklar mehnat unumdorligining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish va gender tengligi omillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyatiga joriy qilingan: 
Inson kapitali va mehnat unumdorligini oshirish, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish yo‘li bilan barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda institutsional islohotlar va ijtimoiy me'yorlarni bir vaqtning o‘zida o‘zgartirish asosida gender tengligini ta'minlash orqali erishiladigan potensial imkoniyatlardan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 23-dekabrdagi 05/10799-son va Innovatsion rivojlanish agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 01-05/5292-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qabul qilinayotgan qarorlarning makroiqtisodiy ta’sirini baholash, gender tenglik siyosati bilan barqaror iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilish hamda parlament nazorati natijadorligini oshirish va xotin-qizlarni innovatsion tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
Mehnat bozorida ayollar ulushi, ish haqi tafovutlari, ishbilarmonlik faolligi kabi omillar asosida ayollar va erkaklar mehnat unumdorligini barqaror iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasini baholash metodikasi va uni hisoblash algoritmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalari qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy qilishga qabul qilingan (Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 23-dekabrdagi 05/10799-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida barqaror iqtisodiy o‘sish samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Xotin-qizlar tadbirkorligida “Brikolaj” va “Gig-iqtisodiyot” tamoyillarini maxsus raqamli platforma asosida integratsiya qilish, genderga yo‘naltirilgan investisiya ekotizimi hamda “Milliy parvarish iqtisodiyoti fondi”ni shakllantirish orqali ayollar faolligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan “Yangi yondashuvlar asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 28-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 01-05/5292-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda xotin-qizlarning rolini tizimli ravishda kuchaytirishga, norasmiy mehnatni rasmiy iqtisodiy faoliyatga integratsiya qilishga, xotin-qizlarni innovatsion tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini amalga oshirish orqali kambag‘allikni barqaror kamaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoq va sohalarida vaqt omilini inobatga olgan holda YaIMga ayollar va erkaklar mehnati unumdorligining ta'sirini ekonometrik modellar orqali miqdoriy jihatdan baholash asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqarish hajmi, ayollar va erkaklar mehnat unumdorligining ishlab chiqilgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 18-martdagi “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 2025-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi SQ-102-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 26-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 23-dekabrdagi 05/10799-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat dasturlari doirasida tarmoqlar kesimida mehnat unumdorligini oshirish, ayollar bandligini kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan qarorlarni ilmiy asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish