Ergashev Mirjon Yorqin  o‘g‘lining                                                             
 fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarning tashqi savdo jarayonlarini statistik tadqiq etish (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.06- “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari.    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2946
Ilmiy rahbar: Begalov Baxodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02                    
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jalilov Bahrom Sotiboldievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.        
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatida tashqi savdoning rivojlanib borish jarayonlarini ilmiy asoslash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hudud kesimida eksport-import ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, validatsiya qilish, yillar kesimida hududiy tashqi savdo samaradorligi indeksini hisoblash jarayonlari samaradorligini hududiy boshqarmalar tarkibida “Hududiy tashqi savdo statistikasi va tahlil markazi”ni tashkil etish orqali ta’minlash taklifi asoslangan;
hududiy iqtisodiy rivojlanib borishga jiddiy ta’sir etuvchi eksport va import hamda uning tarkibini belgilab beruvchi tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilgan tovar va xizmatlarning ixtisoslashuv indekslar usulini ishlab chiqish asosida hududlarning tashqi savdo jarayonlarini statistik tadqiq etish takomillashtirilgan;
tumanlar eksport va import hajmlarining viloyat tashqi savdo ko‘rsatkichlariga ta’sirini kompleks statistik yondashuv asosida tadqiq etish hamda ularning qo‘shgan hissalaridan kelib chiqib tumanlar ta’sir darajasini “qizil” (qoniqarli), “sariq” (o‘rta) va “yashil” (yuqori) toifalariga ajratish taklifi asoslangan;
Buxoro viloyati eksporti va importi tarkibidagi tovar va xizmatlarning tashqi savdo ko‘rsatkichlarga ahamiyatli ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro viloyatida tashqi savdoning rivojlanib borish jarayonlarini ilmiy asoslash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
hudud kesimida eksport-import ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, validatsiya qilish, yillar kesimida hududiy tashqi savdo samaradorligi indeksini hisoblash jarayonlari samaradorligini hududiy boshqarmalar tarkibida “Hududiy tashqi savdo statistikasi va tahlil markazi”ni tashkil etish orqali ta'minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 03-77-1-00900-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-iyuldagi 06-19-8347-sonli, Buxoro viloyati investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2025-yil 30-maydagi 04-7-447-sonli va 04-7-448-sonli ma’lumotnomalar). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy tashqi savdo samaradorligi indeksini hisoblash jarayonlari samaradorligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
hududiy iqtisodiy rivojlanib borishga jiddiy ta’sir etuvchi eksport va import hamda uning tarkibini belgilab beruvchi tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilgan tovar va xizmatlarning ixtisoslashuv indekslar usulini ishlab chiqish asosida hududlarning tashqi savdo jarayonlarini statistik tadqiq etishni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 03-77-1-00900-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-iyuldagi 06-19-8347-sonli, Buxoro viloyati investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2025-yil 30-maydagi 04-7-447-sonli va 04-7-448-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilgan tovar va xizmatlarning ixtisoslashuv indekslar usuli orqali hududlarning tashqi savdo jarayonlarini statistik tadqiq etishni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
tumanlar eksport va import hajmlarining viloyat  tashqi savdo ko‘rsatkichlariga ta’sirini kompleks statistik yondashuv asosida tadqiq etish hamda ularning qo‘shgan hissalaridan kelib chiqib tumanlar ta’sir darajasini “qizil” (qoniqarli), “sariq” (o‘rta) va “yashil” (yuqori) toifalariga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 03-77-1-00900-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-iyuldagi 06-19-8347-sonli, Buxoro viloyati investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2025-yil 30-maydagi 04-7-447-sonli va 04-7-448-sonli ma’lumotnomalar). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tumanlar eksport va import hajmlarining viloyat  tashqi savdo ko‘rsatkichlariga ta’sirini kompleks statistik yondashuv asosida tadqiq etish imkoni yaratilgan;
Buxoro viloyati eksporti va importi tarkibidagi tovar va xizmatlarning tashqi savdo ko‘rsatkichlarga ahamiyatli ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 03-77-1-00900-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-iyuldagi 06-19-8347-sonli, Buxoro viloyati investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2025-yil 30-maydagi 04-7-447-sonli va 04-7-448-sonli ma’lumotnomalar). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyat tashqi savdo aylanmasining istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish