Anorboeva Baxtijamol Daniyar qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyatining statistik  baholash uslubiyotini takomillashtirish” 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt836.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Alisher Djurakulovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bazarbay, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zakirova Umida Maxamadaminovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikada qishloq xo‘jaligining meva-sabzavotchilikdagi fermer xo‘jaliklarida mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini statistik jihatdan tadqiq qilish va prognozlashda ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “meva-sabzavotchilik statistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni meva-sabzavotchilik sohasining holati, rivojlanishi va istiqbolini tavsiflovchi miqdoriy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil etish hamda ularni sifat jihatidan baholash bilan bogʻliq umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan kompleks foydalangan holda yigʻma statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “mikro-panel” (fermer ID) asosida “tushum-xarajat-resurs-logistika” ko‘rsatkichlarini yagona formatda yigʻadigan raqamli hisobot protokolini joriy etish orqali tannarx tarkibi, mehnat sarfi, kredit qiymati, logistika xarajatlari kabi mikro-ma’lumotlarning to‘liq qamrab olinmasligi muammosini bartaraf etish taklifi asoslangan;
meva-sabzavot etishtirishdagi mavsumiylik xususiyati ta’sirida narxlar va hajmning bir vaqtda tebranishi sharoitida narx va inflyasiya deflyatorlari o‘rtasidagi nomutanosiblikning real dinamikani noto‘gʻri baholashga olib kelishi hamda fermer xo‘jaliklari samaradorligini baholashda mavsumiy narx tebranishlarini neytrallashtirish maqsadida mahsulot kesimida “fermer-deflyator” (viloyat×oy×mahsulot) indeksi ishlab chiqilib, real tushum va real tannarx hisob-kitobi uslubini qo‘llash taklifi asoslangan;
meva-sabzavotchilik sohasida innovatsiyalarni boshqarishning samarali mexanizmini sohada jadal innovatsion rivojlanishga turtki beruvchi hududning ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyatini “yagona meva-sabzavotchilik sohasida innovatsion majmua”ga aylantirish, hududiy innovatsiyalarni ragʻbatlantirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish asosida har bir hududda ixtisoslashtirilgan meva-sabzavotchilik innovatsion markazlarini yaratish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan; 
O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi faoliyati istiqbollarini haqqoniy baholash maqsadida “katta sonlar qonuni”ga asoslangan holda 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “meva-sabzavotchilik statistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini meva-sabzavotchilik sohasining holati, rivojlanishi va istiqbolini tavsiflovchi miqdoriy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil etish hamda ularni sifat jihatidan baholash bilan bogʻliq umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan kompleks foydalangan holda yigʻma statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bogʻliq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy, ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan kompleks foydalangan holda yigʻma statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan meva-sabzavotchilik statistikasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “mikro-panel” (fermer ID) asosida “tushum – xarajat – resurs – logistika” ko‘rsatkichlarini yagona formatda yigʻadigan raqamli hisobot protokolini joriy etish orqali tannarx tarkibi, mehnat sarfi, kredit qiymati, logistika xarajatlari kabi mikro-ma’lumotlarning to‘liq qamrab olinmasligi muammosini bartaraf etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 04/16-05/4368-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi soha faoliyatini kengaytirilgan holda statistik kuzatishning uslubiy jihatdan takomillashuviga  imkon yaratgan;
meva-sabzavot etishtirishdagi mavsumiylik xususiyati ta’sirida narxlar va hajmning bir vaqtda tebranishi sharoitida narx va inflyasiya deflyatorlari o‘rtasidagi nomutanosiblikning real dinamikani noto‘gʻri baholashga olib kelishi hamda fermer xo‘jaliklari samaradorligini baholashda mavsumiy narx tebranishlarini neytrallashtirish maqsadida mahsulot kesimida “fermer-deflyator” (viloyat×oy×mahsulot) indeksi ishlab chiqilib, real tushum va real tannarx hisob-kitobi uslubini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 04/16-05/4368 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi yalpi hosil, hosildorlik darajasi  va ularning dinamikasini zamonaviy statistik usullarda baholash imkonini bergan;
meva-sabzavotchilik sohasida innovatsiyalarni boshqarishning samarali mexanizmini sohada jadal innovatsion rivojlanishga turtki beruvchi hududning ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyatini “yagona meva-sabzavotchilik sohasida innovatsion majmua”ga aylantirish, hududiy innovatsiyalarni ragʻbatlantirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish asosida har bir hududda ixtisoslashtirilgan meva-sabzavotchilik innovatsion markazlarini yaratish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 
2025-yil 16-sentyabrdagi 04/16-05/4368 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz va uning hududlarida meva-sabzavotchilik sohasida innovatsiyalarni boshqarishda yagona meva-sabzavotchilik sohasida innovatsion majmuaga aylantirish, hududiy innovatsiyalarni ragʻbatlantirish imkonini yaratgan; 
O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi faoliyati istiqbollarini haqqoniy baholash maqsadida “katta sonlar qonuni”ga asoslangan holda 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 04/16-05/4368-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi istiqbolda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi faoliyatini asosiy yoʻnalishlarini belgilashda va bu sohada optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlarini kengayishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish