Baxromov Akmal Abduvahid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4621.
Ilmiy rahbar: Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodir Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm xizmatlari eksportini rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizm xizmatlari eksporti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni eksport faqat xorijiy valyuta tushumlari manbai sifatida emas, balki turizm resurslarini tijoratlashtirish orqali tashqi savdo balansini muvozanatlash, bandlikni oshirish va milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyalashgan tarmog‘i sifatida baholash orqali barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya, global brending va mintaqaviy integratsiya omillarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
havo, temir yo‘l transportlari va ichki logistika integratsiyasi asosida mamlakat hududidan tranzit terminal sifatida foydalanuvchi katta miqdordagi tranzit yo‘lovchilarga salohiyatli turistlar sifatida yondashib, tranzit uchun soliq va boj yuki past bo‘lgan “turistik erkin zona” elementlarini joriy etish orqali tranzit sayyohni eksport xizmat iste’molchisiga aylantirish taklifi asoslangan;
mahalla huzurida “oilalar turizmi klublari”, agroturizm kooperativlari, hunarmandchilik klasterlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni turoperatorlar bilan shartnoma asosida bog‘lash orqali mahalla instituti, qishloq hududlari, agrar salohiyat, hunarmandchilik va mahalliy servis xizmatlarini turistik eksport qiymat zanjiriga to‘liq integratsiya qilish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda turizm sohasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni miqdoriy baholovchi ekonometrik model asosida mamlakat turizm xizmatlari eksportining rivojlanish dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan nazariy-analitik yondashuvlar va taklif etilgan ilmiy yondashuvlar amaliyotga tatbiq qilinib, qator davlat dasturlari, strategik hujjatlar va normativ-huquqiy asoslarni shakllantirishda foydalanilgan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizm xizmatlari eksporti” tushunchasining iqtisodiy mazmunini eksport faqat xorijiy valyuta tushumlari manbai sifatida emas, balki turizm resurslarini tijoratlashtirish orqali tashqi savdo balansini muvozanatlash, bandlikni oshirish va milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyalashgan tarmog‘i sifatida baholash orqali barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya, global brending va mintaqaviy integratsiya omillarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizmda innovatsiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2023-yil 14-iyuldagi 228-82 raqamili o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasida eksport salohiyatini oshirish, barqaror valyuta tushumlarini ta’minlash, turistik xizmatlar sifatini oshirish va raqamli transformatsiyani chuqurlashtirishga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
havo, temir yo‘l transportlari va ichki logistika integratsiyasi asosida mamlakat hududidan tranzit terminal sifatida foydalanuvchi katta miqdordagi tranzit yo‘lovchilarga salohiyatli turistlar sifatida yondashib, tranzit uchun soliq va boj yuki past bo‘lgan “turistik erkin zona” elementlarini joriy etish orqali tranzit sayyohni eksport xizmat iste’molchisiga aylantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 08-yanvardagi 03-17/174-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat hududida tranzit uchun soliq va boj yuki past bo‘lgan “turistik erkin zona” elementlarini joriy etish orqali tranzit sayyohni eksport xizmat iste’molchisiga aylantirish imkoni yaratilgan;
mahalla huzurida “oilalar turizmi klublari”, agroturizm kooperativlari, hunarmandchilik klasterlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni turoperatorlar bilan shartnoma asosida bog‘lash orqali mahalla instituti, qishloq hududlari, agrar salohiyat, hunarmandchilik va mahalliy servis xizmatlarini turistik eksport qiymat zanjiriga to‘liq integratsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 08-yanvardagi 03-17/174-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalla instituti, qishloq hududlari, agrar salohiyat, hunarmandchilik va mahalliy servis xizmatlarini turistik eksport qiymat zanjiriga to‘liq integratsiya qilish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda turizm sohasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni miqdoriy baholovchi ekonometrik model asosida mamlakat turizm xizmatlari eksportining rivojlanish dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmonida tasdiqlangan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan turizm xizmatlari eksportini 5 mlrd AQSh dollariga etkazish vazifasiga hamda Vazirlar Mahkamasining prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini monitoring qilish mexanizmlarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 08-yanvardagi 03-17/174-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning eksport salohiyatini kengaytirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat etuvchi amaliy echimlarni taqdim etish imkoni yaratilgan.