Xasanov Xayrullo Nasrullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt707.
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Almardonov Ilhom Muzrabshohovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmurodov Shoxjaxon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Halqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kapital bozoridan moliyaviy resurslar jalb qilishning metodologik asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari kesimida birjada listingda turgan (yoki chiqmoqchi bo‘lgan) kompaniyaning investorlar uchun shaffofligi va ishonchliligini raqamli ball orqali baholashni joriy etib, listing darajasi va kapital jalb qilish imtiyozlarini mazkur ballga bog‘lash orqali korporativ boshqaruv va axborot oshkor qilish sifati hamda investor ishonchini tizimli oshirish taklifi asoslangan;
xalqaro kreditlar va milliy mablag‘lar nisbatini 45/55 darajasida balanslashtirishga asoslangan “Investisiya qiymatini optimallashtirish modeli”ni ishlab chiqish orqali xalqaro moliya institutlari resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, investisiya loyihalarining qiymati, foiz xarajatlarini kamaytirish va kapital tuzilmasini optimal shakllantirish taklifi asoslangan; 
milliy va xalqaro kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilishning “Integratsion yo‘l xaritasi” modeli xalqaro va milliy kapital bozorlari resurslarini yagona metodik asosda uyg‘unlashtirish, grant-qarz balansini optimallashtirish, foiz yukini kamaytirish va investor diversifikatsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan; 
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda elektr energetika infratuzilmasi investisiyalarida “qat’iy investision qiymati” (Strict Investment Value - SIV) konsepsiyasini joriy etish orqali 2027-yilga qadar investision jozibadorlik indeksi, kapital rentabelligini oshirishning istiqbolli prognozlari ishlab chiqilgan;
kapital bozorida investor diversifikatsiyasini kuchaytirish va kapital konsentratsiyasini kamaytirish maqsadida institutsional investorlar uchun 20%, strategik investorlar uchun 15% hamda xususiy investorlar uchun 10% lik limitlarni belgilashni ko‘zda tutuvchi “Kredit-chegara” (ICLM) modelini joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kapital bozoridan moliyaviy resurslar jalb qilishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiya va takliflar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlari kesimida birjada listingda turgan (yoki chiqmoqchi bo‘lgan) kompaniyaning investorlar uchun shaffofligi va ishonchliligini raqamli ball orqali baholashni joriy etib, listing darajasi va kapital jalb qilish imtiyozlarini mazkur ballga bog‘lash orqali korporativ boshqaruv va axborot oshkor qilish sifati hamda investor ishonchini tizimli oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli Qarori 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-oktyabrdagi № 01-05-23/7562-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xalqaro kapitalni qayta tiklanuvchi energiya loyihalariga yo‘naltirishda klasterli boshqaruv tamoyiliga asoslanib             4 bosqichni o‘z ichiga oladi (xalqaro moliyaviy integratsiya bosqichi, kapital diversifikatsiyasi, energiya rentabelligini modellashtirish hamda QTE va elektr tarmoqlari o‘rtasida invest-klaster yaratish). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida xalqaro moliya oqimi samaradorligi 1,45 barobar, energiya tarmoqlarining iqtisodiy barqarorlik indeksi 1,28 dan 1,52 gacha, QTE loyihalarining rentabelligi esa 17,8 % darajasida qayd etilgan;
xalqaro kreditlar va milliy mablag‘lar nisbatini 45/55 darajasida balanslashtirishga asoslangan “Investisiya qiymatini optimallashtirish modeli”ni ishlab chiqish orqali xalqaro moliya institutlari resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, investisiya loyihalarining qiymati, foiz xarajatlarini kamaytirish va kapital tuzilmasini optimal shakllantirish taklifi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-oktyabrdagi № 01-05-23/7562-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyatning investisiya loyihalarida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini qisqartirish va o‘rniga xalqaro moliya institutlari (OTB, ETTB) qarz mablag‘larini jalb etish nazarda tutilib, foiz stavkalarini pasaytirish mexanizmi - xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli kreditlari hisobiga o‘rtacha qarz qiymatini 5,2 % dan 3,8 % gacha tushirish hamda kapital tuzilmasini diversifikatsiyalash - jamg‘arma va xalqaro qarz ulushlari o‘rtasida optimal nisbatni 45/55 shaklida belgilash, investision loyihalarning umumiy qiymatini 6-7 % gacha kamaytirib sof joriy qiymatini 19,3 %ga hamda ichki rentabellik (daromadlilik) me’yorini 12,5% dan 15,8% gacha oshirishga erishilgan;
milliy va xalqaro kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilishning “Integratsion yo‘l xaritasi” modeli xalqaro va milliy kapital bozorlari resurslarini yagona metodik asosda uyg‘unlashtirish, grant-qarz balansini optimallashtirish, foiz yukini kamaytirish va investor diversifikatsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-son “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-oktyabrdagi № 01-05-23/7562-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Integratsion yo‘l xaritasi modeli” xalqaro va milliy kapital bozorlari resurslarini yagona metodik asosda uyg‘unlashtirish, grant-qarz balansini optimallashtirish, foiz yukini kamaytirish va investor diversifikatsiyasini ta’minlash orqali jamiyatning moliyaviy barqarorligini oshirishga xizmat qilgan;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda elektr energetika infratuzilmasi investisiyalarida “qat’iy investision qiymati” (Strict Investment Value - SIV) konsepsiyasini joriy etish orqali 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan investision jozibadorlik indeksi, kapital rentabelligini oshirishning istiqbolli prognozlariga doir taklifi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-oktyabrdagi № 01-05-23/7562-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur modelni joriy etish natijasida jamiyatning 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya loyihalarining realizatsiya xavfini 15-20% ga kamaytirish, rentabellik darajasi 3-5 % ga oshirish hamda investor ishonchi indeksini esa 0,68 dan 0,84 gacha oshirishga erishildi. Shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2027-yilgacha investision jozibadorlik indeksini 1,37 barobar, kapital rentabelligini esa 15,2 % dan 19,8 % gacha oshirish imkoniya yaratilgan;
kapital bozorida investor diversifikatsiyasini kuchaytirish va kapital konsentratsiyasini kamaytirish maqsadida institutsional investorlar uchun 20%, strategik investorlar uchun 15% hamda xususiy investorlar uchun 10% lik limitlarni belgilashni ko‘zda tutuvchi “Kredit-chegara” (ICLM) modelini joriy etish taklifi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-oktyabrdagi № 01-05-23/7562-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida model asosida institutsional investorlar uchun 20%, strategik investorar uchun 15% va xususiy investorlar uchun 10% lik chegara belgilanib, 2024 hisobot yili yakunlariga ko‘ra kapital tarkibi bo‘yicha diversifikatsiya koeffisienti 1,7 barobar, kapital konsentratsiyasi indeksi 0,42 dan 0,29 gacha kamaytirish orqali kredit riskini 22% ga qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish