Ergasheva Sayyora Abdusoatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “1950-1980 yillarda Surxondaryo viloyati hunarmandchiligi tarixi”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar 653.
Ilmiy rahbar: Xolmuminov Husan Eshmuminovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor, G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1950-1980-yillarda Surxondaryo viloyati hunarmandchiligi tarixini iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy jarayonlar tahlili asosida hunarmandchilik artellarining sanoatlashish holatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatida azaldan hunarmandchilikning to‘qimachilik, zargarlik, charmdo‘zlik, kulolchilik, temirchilik, gilamdo‘yzlik, misgarlik, yog‘ochsozlik hunarlari rivoj topgan bo‘lib, Boysun o‘zining “janda” matolari, Denov zargarligi, Sherobod kulolchiligi, Jarqo‘rg‘on gilam va bo‘yrakashligi bilan mashhur bo‘lganligi, hunarmandchilik xo‘jaligi hududlararo ixtisoslashib bozor talablari asosida ish yurisada, sovet hukumatining sohaga salbiy munosabati bois jiddiy zarar ko‘rganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar ishonchli dalillar asosida yoritilgan;
hunarmandchilik korxonalari viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tusada, korxonalarning moddiy texnik ta’minoti zaifligi, malakali mutaxassislar etishmasligi, transport va logistika infratuzilmasidagi muammolar, xomashyoning etishmasligi bois samarali faoliyat yurita olmaganligi, sovet hukumati sohani rivojlantirishga etarlicha e’tibor qaratmaganligi sababli inqirozli jarayonlar sezilarli darajada tezlashganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar dalillangan;
fuqarolarning bo‘sh vaqtlari davomida an’anaviy hunarmandchilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanishiga sovet hukumatining nazorat organlari jiddiy qarshilik qilganligi, ayniqsa, moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tmasdan hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek “ta’qiqlangan hunarmandchilik” bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar ijroiya qo‘mitalar huzuridagi ma’muriy komissiyalar tomonidan belgilangan javobgarliklarga tortilganligi va ularning faoliyatlariga chek qo‘yilganligi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar arxiv materiallariga tayangan holda aniqlangan;
hunarmandchilik ittifoqlari faoliyati mehnat kooperasiyasi shaklida tashkil etilganligi, ular davlat buyurtmalarini bajarish bilan bir qatorda ichki bozorni ham tayyor hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta’minlaganligi, biroq shunga qaramasdan 1960-yillarning o‘rtalarida hunarmandchilik kooperasiyalari tugatilganligi, ularning davlat sanoat korxonalari bilan birga faoliyat yuritishiga imkon berilmaganligi bu esa nafaqat hunarmandlar faoliyatini cheklab qolmasdan, balki an'anaviy hunarmandchilik tarmoqlarining yoʻqolib ketganligi bilan bog‘liq holatlar ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1950–1980 yillar davrida Surxondaryo viloyatida hunarmandchilik tarixiga doir ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
Surxondaryo viloyatida azaldan hunarmandchilikning to‘qimachilik, zargarlik, charmdo‘zlik, kulolchilik, temirchilik, gilamdo‘zlik, misgarlik, yog‘ochsozlik hunarlari rivoj topgan bo‘lib, Boysun o‘zining “janda” matolari, Denov zargarligi, Sherobod kulolchiligi, Jarqo‘rg‘on gilam va bo‘yrakashligi bilan mashhur bo‘lganligi, hunarmandchilik xo‘jaligi hududlararo ixtisoslashib bozor talablari asosida ish yurisada, sovet hukumatining sohaga salbiy munosabati bois jiddiy zarar ko‘rganligi, hunarmandchilik korxonalari viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tusada, korxonalarning moddiy texnik ta’minoti zaifligi, malakali mutaxassislar etishmasligi, transport va logistika infratuzilmasidagi muammolar, xomashyoning etishmasligi bois samarali faoliyat yurita olmaganligi, sovet hukumati sohani rivojlantirishga etarlicha e'tibor qaratmaganligi sababli inqirozli jarayonlar sezilarli darajada tezlashganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 4-iyuldagi 02-31-1043-sonli ma’lumotnomasiga binoan). Mazkur ko‘rsatuvlarda hunarmandchilik tarixiy taraqqiyoti, an’analari, amaliy tajribalari, hunar sir-asrorlari hamda ushbu merosning hozirgi islohotlarga munosabati atroflicha yoritilgan. Ushbu teledasturlar yosh avlodni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, jamiyatda osoyishtalik va farovonlikni qadrlash tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek, mehnatga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan;
Fuqarolarning bo‘sh vaqtlari davomida an’anaviy hunarmandchilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanishiga sovet hukumatining nazorat organlari jiddiy qarshilik qilganligi, ayniqsa, moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tmasdan hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek “ta’qiqlangan hunarmandchilik” bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar ijroiya qo‘mitalar huzuridagi ma’muriy komissiyalar tomonidan belgilangan javobgarliklarga tortilganligi va ularning faoliyatlariga chek qo‘yilganligi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar hamda hunarmandchilik ittifoqlari faoliyati mehnat kooperasiyasi shaklida tashkil etilganligi, ular davlat buyurtmalarini bajarish bilan bir qatorda ichki bozorni ham tayyor hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta’minlaganligi, biroq shunga qaramasdan 1960-yillarning o‘rtalarida hunarmandchilik kooperasiyalari tugatilganligi, ularning davlat sanoat korxonalari bilan birga faoliyat yuritishiga imkon berilmaganligi bu esa nafaqat hunarmandlar faoliyatini cheklab qolmasdan, balki an'anaviy hunarmandchilik tarmoqlarining yoʻqolib ketganligi haqidagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Madaniyat va Turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-maʼrifiy sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (№2023-yil 19-iyundagi 14-07-711-son maʼlumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari jahon hamjamiyatini milliy hunarmandchilik tarixiy merosi va an’anaviy maktablari bilan tanishtirish, hunarmandchilikning erkin va barqaror rivojlanishi uchun zarur institutsional hamda ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish, amaliy san’at va milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash hamda ularni xalqaro miqyosda samarali targ‘ib etish va ommalashtirishga xizmat qilmoqda.