Matchanov Umirzak Seytjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Sanoat korxonalariga investisiyalarni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish (energetika sanoati korxonalari misolida)”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5652
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamdamova Gavxar Absamatovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.02.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD Xaydarova Kamola Axinjonovna.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida investisiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyalar” va “investision jozibadorlik” tushunchalarini talqin qilishda investisiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining turli jihatlariga investisiya qilish orqali multiplikativ ta’sirga erishishga qaratilgan resurslar sifatida, investision jozibadorlik, o‘z navbatida, investorga maqsadlarga erishish va foyda olishni ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun asosan qulay va motivatsion sharoitlarni dinamik va ma’lum darajada sub’ektiv baholash sifatida belgilanishi asoslangan;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirishda yuqori o‘ziga xos elektr qarshiligi (110-120 mkOm/sm) bo‘lgan materialdan tayyorlangan innovatsion transformatorlardan foydalanish asosida induksion moslamaning quvvat manbaidagi yo‘qotishlarni 3-5% kamaytirish orqali qo‘shimcha investision resurslar jalb qilish asoslangan;
energetika sanoati korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan investisiya hajmi (IH = 20-25%), energiya samaradorligi (ES = 15-18%) va “yashil” texnologiyalar (YaT = 25 -30%) ulushining maqbul me’yori chegaralarida sotish tariflariga qo‘shimcha ustama berilishi orqali xususiy kapital kirimini barqaror rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
“Taxiatosh IES” AJning yashil investisiyalarni samarali jalb etishga ta'sir etuvchi omillarni hisobga oluvchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining investisiya salohiyatini oshirish va energetika sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyalar” va “investision jozibadorlik” tushunchalarini talqin qilishda investisiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining turli jihatlariga investisiya qilish orqali multiplikativ ta’sirga erishishga qaratilgan resurslar sifatida, investision jozibadorlik, o‘z navbatida, investorga maqsadlarga erishish va foyda olishni ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun asosan qulay va motivatsion sharoitlarni dinamik va ma’lum darajada sub’ektiv baholash sifatida belgilanishini asoslash borasida ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion menejment” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2019-yil, 9-fevraldagi 133-son buyrug‘i). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida talabalarda “investisiyalar” va “investision jozibadorlik” tushunchalarini talqin qilishdagi nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirishda yuqori o‘ziga xos elektr qarshiligi (110-120 mkOm/sm) bo‘lgan materialdan tayyorlangan innovatsion transformatorlardan foydalanish asosida induksion moslamaning quvvat manbaidagi yo‘qotishlarni 3-5% kamaytirish orqali qo‘shimcha investision resurslar jalb qilish taklifi “Taxiatosh IES” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“Taxiatosh IES” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 02/1085-son ma’lumotnomasi). Ushbu texnologiyadan boshqa turdagi o‘rniga bitta amorf transformatordan foydalanish yiliga 500 ta kedr daraxtlari tomonidan qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan karbonat angidridning chiqarilishini oldini olgan;
energetika sanoati korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan investisiya hajmi (IH = 20-25%), energiya samaradorligi (ES = 15-18%) va “yashil” texnologiyalar (YaT = 25-30%) ulushining maqbul me'yori chegaralarida sotish tariflariga qo‘shimcha ustama berilishi orqali xususiy kapital kirimini barqaror rag‘batlantirish taklifi “Taxiatosh IES” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“Taxiatosh IES” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 02/1085-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni 2023-yilda amalga oshirish natijasida mutlaq likvidlik koeffisienti ham 2022-yilga nisbatan 0,01 punktga oshgan;
“Taxiatosh IES” AJning yashil investisiyalarni samarali jalb etishga ta'sir etuvchi omillarni hisobga oluvchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Taxiatosh IES” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“Taxiatosh IES” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 02/1085-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish 2030-yilga kelib 94,98 milliard kVt / soat quvvatga etadi, bu 2024-yildagi ko‘rsatkichdan 1,16 baravar oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.