Hamroev G‘ayratjon Sultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xususiy sheriklik asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4220.
Ilmiy rahbar: Tursunov Imomnazar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Zaripov Xurshid Zakir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida ijtimoiy-iqtisodiy tizim, ijtimoiy xizmatlar (investisiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim) negizida hududiy rivojlanishning infratuzilmasi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida DXSh asosida amalga oshirilgan loyihalarning tarmoqlar kesimidagi empirik tahlili natijasida ijtimoiy soha (40%), infratuzilma (35%) va energetika (25%) bo‘yicha DXSh loyihalari salmog‘ini aniqlash usuli taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida DXSh asosida yangi loyihalarni bosqichma-bosqich joriy qilishda Blockchain va GIS texnologiyalari yordamida investisiya loyihalarini real vaqt rejimida monitoring qilish, xavflarni baholash hamda investorga ochiqlikni ta’minlashning algoritmik modeli ishlab chiqilgan;
xususiy sektorni jalb etish uchun moliyaviy va institutsional rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida soliqqa tortish imtiyozlari, kafillik mexanizmlari (PPP risk-sharing funds), er ajratish, arzon infratuzilmaga ulanish va grantlar asosida investor jalb qilish tizimi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida ijtimoiy-iqtisodiy tizim, ijtimoiy xizmatlar (investisiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim) negizida hududiy rivojlanishning infratuzilmasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-iyuldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida “DXSh + infratuzilma + ijtimoiy xizmatlar + innovatsion texnologiyalar” integratsiyasini o‘z ichiga olgan yangi konseptual model ishlab chiqilib, hududiy iqtisodiy o‘sishni 20–25% gacha tezlashtirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida DXSh asosida amalga oshirilgan loyihalarning tarmoqlar kesimidagi empirik tahlili natijasida ijtimoiy soha (40%), infratuzilma (35%) va energetika (25%) bo‘yicha DXSh loyihalari salmog‘ini aniqlash usuli bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-iyuldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida 2020-2024-yillar oralig‘ida DXSh asosida amalga oshirilgan ijtimoiy soha (40%), infratuzilma (35%), energetika (25%) yo‘nalishlaridagi loyihalar bo‘yicha 18–22% iqtisodiy o‘sish kuzatilgan hamda ushbu statistik asosli tahlil sektorlar bo‘yicha DXSh samaradorligini baholash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida DXSh asosida yangi loyihalarni bosqichma-bosqich joriy qilishda Blockchain va GIS texnologiyalari yordamida investisiya loyihalarini real vaqt rejimida monitoring qilish, xavflarni baholash hamda investorga ochiqlikni ta’minlashning algoritmik modeli Qashqadaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-iyuldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida investisiya xavflari aniqlanib, shaffoflik ta’minlangan hamda investorlar ishonchini oshirishga xizmat qilgan;
xususiy sektorni jalb etish uchun moliyaviy va institutsional rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida soliqqa tortish imtiyozlari, kafillik mexanizmlari (PPP risk-sharing funds), er ajratish, arzon infratuzilmaga ulanish va grantlar asosida investor jalb qilish tizimi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatida tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-iyuldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida soliq imtiyozlari, risk-sharing funds, er ajratish, infratuzilmaga arzon ulanish, grantlar kabi moliyaviy rag‘batlar tizimi shakllantirilib, investorlar sonini 1,6 barobarga oshirish prognoz qilingan.