Samandarov Og‘abek Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston iqtisodiyotiga energiya xavfi ta’sirining statistik tadqiqoti”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt4958.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziboev Behzod Hamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari, professor;  Rajabov Alibek Xushnudbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotiga energiya xavfi ta’sirining statistik tadqiqotini amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sish va energiya xavfi orasidagi bog‘liqlikni vaqtlararo o‘zgaruvchan komponentlarga ajratilib, dinamik tebranish sodir bo‘lish chastotasini aniqlash maqsadida to‘lqinli tahlil (Wavelet analysis) (R_xy^2 (τ,s)=|S(s^(-1) W_xy (τ,s)|^2/(S(s^(-1) |W_x (τ,s)|^2 S(s^(-1) |W_y (τ,s)|^2 )) amalga oshirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya xavfining iqtisodiy o‘sishga qisqa muddatli ta’sir koeffisienti (LOGENX=-28.864) va uzoq muddatli muvozanat koeffisienti (ECM(-1)=-1.190), kam sonli kuzatuvlar uchun mustahkam natijalarni beruvchi Autoregressive Distributed Lag (ARDL) modeli taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya xavfining iqtisodiy o‘sishga ta’sirining noaniqliklarini bartaraf etishda barqarorlikni oshirish, resurslar sarfini optimallashtirish, narx, zaxira, xavfsizlik va rejalashtirishni aniqlashning turli darajalarda (to‘plamning 20 foizidan 80 foizigacha) baholash imkonini beruvchi kvantil regressiya modeli (Q_(〖NYAIMQT〗_t ) (τ∣X=x)=a’(τ)+X_t^’ β(τ)) taklif etilgan;  
O‘zbekiston Respublikasida energiya xavfi tendensiyasining (ARIMA) modeli yordamida 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga energiya xavfi ta’sirining statistik tadqiqotini amalga oshirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sish va energiya xavfi orasidagi bog‘liqlikni vaqtlararo o‘zgaruvchan komponentlarga ajratilib, dinamik tebranish sodir bo‘lish chastotasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan to‘lqinli tahlili bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 7-4481-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 2001-2023-yillarda iqtisodiy o‘sish va energiya xavfi orasidagi dinamik bog‘lanishlarni darajalarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan, energiya xavfi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni to‘lqinli tahlil yordamida dinamik korrelyasiyasini tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni samaradorligi oshirishga xizmat qilgan hamda iqtisodiy o‘sishda energiyadan samarali foydalanish va xavf-xatarlarni bartaraf etishga oid takliflarni ishlab chiqishda foydalanilgan; 
O‘zbekiston Respublikasida energiya xavfining iqtisodiy o‘sishga qisqa muddatli ta’sir koeffisienti (LOGENX=-28.864) va uzoq muddatli muvozanat koeffisienti (ECM(-1)=-1.190), kam sonli kuzatuvlar uchun mustahkam natijalarni beruvchi Autoregressive Distributed Lag (ARDL) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 7-4481-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida energiya xavfining iqtisodiy o‘sishga qisqa va uzoq muddatli ta’sirini ifodalovchi koeffisientlarni hisoblash imkoniyati yaratilib, qisqa muddatda energiya xavfining 1 foizga oshishi orqali iqtisodiy o‘sishni 34.36 foizga va uzoq muddatda esa 28.86 foizga kamaytirish mumkinligi aniqlangan hamda ushbu modeli yordamida viloyatda uzoq va qisqa muddatda iqtisodiy energiya xavfini kamaytirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlashga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya xavfining iqtisodiy o‘sishga ta’sirining noaniqliklarini bartaraf etishda barqarorlikni oshirish, resurslar sarfini optimallashtirish, narx, zaxira, xavfsizlik va rejalashtirishni aniqlashning turli darajalarda (to‘plamning 20 foizidan 80 foizigacha) baholash imkonini beruvchi kvantil regressiya modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 7-4481-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida energiya xavfi iqtisodiy o‘sishning barcha kvantillarida iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanib, mintaqalarda energiya sohasini rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishga erishishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan;
O‘zbekiston Respublikasida energiya xavfi tendensiyasining (ARIMA) modeli yordamida 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 7-4481-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida iqtisodiy o‘sishga erishishda energiya xavfining oshishiga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish