Urazbaeva Lola Maxambetkarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chorvani oziqlantirishni eksternaliylar ta’sirini tartiblashtirish asosida tashkil etish istiqbollari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.04 – «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3205.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Eshqulova Xilola Shoyimqul qizi, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: chorvani oziqlantirishni eksternaliylar ta’sirini tartiblashtirish asosida tashkil etish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish faoliyatida vujudga keluvchi eksternaliylarni tartiblashtirishning iqtisodiy mexanizmi chorvachilikda bir shartli bosh molga nisbatan issiqxona gazlari va boshqa tashlanmalar uchun «qoplovchi yumshoq» (0,15 < QYu ≤ 0,25), «rag‘batlantiruvchi» (0,36 < R ≤ 0,45) va «qattiq cheklovchi» (0,26 < QCh ≤ 0,35), usullarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
chorva mollarini oziqlantirishni tashkil etishda qo‘llaniluvchi ekologik barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy rivojlanishining integratsiyalashgan modeli chorvani oziqlantirishga ta’sir etuvchi eksternaliylarni «Agro-ekologik modullar», «Yashil subsidiya», «Oziq-energiya mustaqilligi» komponentlarini kiritish asosida tartiblash orqali takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik rivojlanishining integral indeksi bo‘yicha hududlar darajasini «yuqori daraja» (0,63 < IChRI ≤ 1), «o‘rta daraja» (0,3 < IChRI ≤ 0,63), «past daraja» (0 < IChRI ≤ 0,3) mezonlari asosida baholash taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida chorvachilikni rivojlanishini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chorvani oziqlantirishni eksternaliylar ta’sirini tartiblashtirish asosida tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish faoliyatida vujudga keluvchi eksternaliylarni tartiblashtirishning iqtisodiy mexanizmi chorvachilikda bir shartli bosh molga nisbatan issiqxona gazlari va boshqa tashlanmalar uchun «qoplovchi yumshoq» (0,15 < QYu ≤ 0,25), «rag‘batlantiruvchi» (0,36 < R ≤ 0,45) va «qattiq cheklovchi» (0,26 < QCh ≤ 0,35), usullarni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 noyabrdagi 04/06-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida chorvachilik xo‘jaliklarida tashqi samaralarni tartibga solishda iqtisodiy mexanizlarni qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
chorva mollarini oziqlantirishni tashkil etishda qo‘llaniluvchi ekologik barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy rivojlanishining integratsiyalashgan modeli chorvani oziqlantirishga ta’sir etuvchi eksternaliylarni «Agro-ekologik modullar», «Yashil subsidiya», «Oziq-energiya mustaqilligi» komponentlarini kiritish asosida tartiblash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 noyabrdagi 04/06-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda tashqi samaralarni kamaytirish, yashil iqtisodiyotni shakllantirishning muhim yo‘nalishlarini belgilashda asos bo‘lib xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik rivojlanishining integral indeksi bo‘yicha hududlar darajasini «yuqori daraja» (0,63 < IChRI ≤ 1), «o‘rta daraja» (0,3 < IChRI ≤ 0,63), «past daraja» (0 < IChRI ≤ 0,3) mezonlari asosida baholash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 noyabrdagi 04/06-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda chorva tarkibini takomillashtirish va xo‘jaliklarda samaradorlikni 11 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida chorvachilikni rivojlanishini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 28 noyabrdagi 04/06-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mintaqada chorvachilikni rivojlantirish uchun istiqboldagi maqsadli, uzoq va qisqa muddatga strategiyalarni ishlab chiqish imkonini yaratgan.