Pirimqulov Jahongir Primqul o‘glining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘simlikchilik mahsulotlarini etishtirishni innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4662.
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultonov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘simlikchilik mahsulotlarini etishtirishni innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “o‘simlikchilikda innovatsion faollikning ishonchli reytingi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni o‘simlikchilik sub’ektlarining innovatsiya yaratish va joriy etish salohiyati hamda natijadorligini “resurs kirimi–jarayon–chiqim–ta’sir” zanjirida o‘lchovchi, ma’lumotlar sifatini alohida ishonch koeffisienti orqali vaznlaydigan va shu asosda hudud kesimida qiyosiy ustuvorlikni aniqlovchi integral baholash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyati tumanlar kesimida innovatsion faollik reytingini shakllantirish asosida investisiya, tavakkalchilikni pasaytirish va infratuzilma loyihalarini hududiy targetlashni aniqlashtirish imkonini beradigan “yuqori” (0,75 < IFyu ≤ 1,0), “o‘rta” (0,5 < IFyu ≤ 0,75), “past” (0,25 < IFyu ≤ 0,5), guruhlash amaliyoti taklif etilgan; 
o‘simlikchilikda hosildorlikni barqaror oshirish uchun standartlashgan «asalarichilik xizmati»ni autsorsing asosida joriy etishning majmuaviy, tashkiliy-iqtisodiy modeli “Standart”, “Premium”, “Kompleks” va “Sug‘urtalangan” toifalar bo‘yicha paketlarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida o‘simlikchilik tarmog‘i uchun ekzogen drayverlar bo‘yicha trend modellarini binar strukturaviy omil bilan boyitilgan ARSSX(1,1) vaqt-qatori tizimiga integratsiya qiluvchi model` asosida 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlikchilik mahsulotlarini etishtirishni innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “o‘simlikchilikda innovatsion faollikning ishonchli reytingi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini o‘simlikchilik sub’ektlarining innovatsiya yaratish va joriy etish salohiyati hamda natijadorligini “resurs kirimi-jarayon-chiqim-ta’sir” zanjirida o‘lchovchi, ma’lumotlar sifatini alohida ishonch koeffisienti orqali vaznlaydigan va shu asosda hudud kesimida qiyosiy ustuvorlikni aniqlovchi integral baholash nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq takliflardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda o‘simlikchilik sub’ektlarining innovatsiya yaratish va joriy etish salohiyati hamda natijadorligini integral baholash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “o‘simlikchilikda innovatsion faollikning ishonchli reytingi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati tumanlar kesimida innovatsion faollik reytingini shakllantirish asosida investisiya, tavakkalchilikni pasaytirish va infratuzilma loyihalarini hududiy targetlashni aniqlashtirish imkonini beradigan “yuqori” (0,75 < IFyu ≤ 1,0), “o‘rta” (0,5 < IFyu ≤ 0,75), “past” (0,25 < IFyu ≤ 0,5), guruhlash amaliyoti taklifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-04-667-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida model` LChM asosida empirik verifikatsiya qilinib “ijobiy kesim” kritik nuqtalari tashkiliy blok uchun 55% va innovatsion blok uchun 35% diapazonida ekanligi asoslandi hamda ssenariy tahlili esa umumiy ehtimollikni 0,87 dan 1,00 gacha oshirish imkonini amaliy jihatdan ko‘rsatgan;
o‘simlikchilikda hosildorlikni barqaror oshirish uchun standartlashgan «asalarichilik xizmati»ni autsorsing asosida joriy etishning majmuaviy, tashkiliy-iqtisodiy modeli “Standart”, “Premium”, “Kompleks” va “Sug‘urtalangan” toifalar bo‘yicha paketlarini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-04-667-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Bee Vectoring/biopreparatlardan maqsadli foydalanish, real-time monitoring (hosildorlik/changlatish qamrovi indikatorlari) va natijaga bog‘langan sug‘urta-to‘lov shartnomalarini integratsiyalab, Qashqadaryo sharoitida empirik baholash natijalariga ko‘ra paxtada hosildorlikni 22-38%, g‘allada 20-25%, sabzavotda 29-35% ga, rentabellikni esa ekin turiga qarab 24-115% ga oshirish imkonini bergan; 
Qashqadaryo viloyatida o‘simlikchilik tarmog‘i uchun ekzogen drayverlar bo‘yicha trend modellarini binar strukturaviy omil bilan boyitilgan ARSSX(1,1) vaqt-qatori tizimiga integratsiya qiluvchi model` asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-04-667-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi umumiy ishlab chiqarishning o‘rtacha 4,59 foiz (2030/2024=1,30 baravar), innovatsiyaga asoslangan ishlab chiqarishning esa 14,54 foiz (2030/2024=2,28 baravar) sur’atlarda o‘sish imkonini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish