Ochilova Maftuna Toshpulat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish», 08.00.04 – «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4661.
Ilmiy rahbar: Samieva Gulnoza Toxirovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va iste’mol talabi hududlar, mavsum va mahsulot turlari bo‘yicha etarlicha aniq muvofiqlashtirilmagani sababli yuzaga keluvchi tanqislik yoki ortiqcha taklif ko‘rinishidagi ta’minot zanjiridagi nomuvofiqlikni hudud qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tarkibida «Ta’minotni muvofiqlashtiruvchi guruh» faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida bir gektar erdan olinadigan umumiy kilokaloriya va bir kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan normativ bo‘yicha talab (D) yuklamasini aniqlashtirilishi hisobiga bir gektar erga yuklanish indeksi hisoblanib, yuklanish darajalari bo‘yicha «past» (Dyuk < 0,5), «muvozanatli» (0,5 ≤ Dyuk < 1,0), «xavfli» (1,0 ≤ Dyuk < 1,2), «ortiqcha yuklama» (1,2 ≤ Dyuk < 1,5), «inqiroz» (Dyuk ≥ 1,5) mezonlar tasnifi taklif etilgan;
aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda viloyat tumanlari darajasida oziq-ovqat ta’minoti samaradorligini KPIlar orqali real vaqtga yaqin rejimda boshqarish imkonini beruvchi zaxira, logistika quvvati, narx va yo‘qotishlar bo‘yicha integratsiyalashgan statistik bazani shakllantirish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2030 yilga qadar prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va iste’mol talabi hududlar, mavsum va mahsulot turlari bo‘yicha etarlicha aniq muvofiqlashtirilmagani sababli yuzaga keluvchi tanqislik yoki ortiqcha taklif ko‘rinishidagi ta’minot zanjiridagi nomuvofiqlikni hudud qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tarkibida «ta’minotni muvofiqlashtiruvchi guruh» faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish taklifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 25 noyabrdagi №01-026/5390-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tanqisligi yoki ortiqcha taklif ko‘rinishidagi ta’minot zanjiridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligida bir gektar erdan olinadigan umumiy kilokaloriya va bir kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan normativ bo‘yicha talab (D) yuklamasini aniqlashtirilishi hisobiga bir gektar erga yuklanish indeksi hisoblanib, yuklanish darajalari bo‘yicha «past» (Dyuk < 0,5), «muvozanatli» (0,5 ≤ Dyuk < 1,0), «xavfli» (1,0 ≤ Dyuk < 1,2), «ortiqcha yuklama» (1,2 ≤ Dyuk < 1,5), «inqiroz» (Dyuk ≥ 1,5) mezonlar tasnifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 25 noyabrdagi №01-026/5390-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini umumiy energiya quvvatiga aylantirilganda o‘tgan yilda 5,8 mlrd. kkalni tashkil etib, ushbu energiya quvvatining 48 foiz ulushi bug‘doy mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan, mazkur mahsulot ulushi 5,2 foizga kamaygani, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab 8,9 mlrd. kilokaloriyani tashkil qilishi, uning katta salmog‘i (5,6 mlrd. kkal) 18–59 yoshgacha bo‘lgan aholi hissasiga to‘g‘ri kelishi, ushbu sohada aniqlangan etishmovchilikni bartaraf etish uchun keyingi o‘n yillikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 55–60 foizga oshirish lozimligi amaliy jihatdan ko‘rsatilgan;
aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda viloyat tumanlari darajasida oziq-ovqat ta’minoti samaradorligini KPIlar orqali real vaqtga yaqin rejimda boshqarish imkonini beruvchi zaxira, logistika quvvati, narx va yo‘qotishlar bo‘yicha integratsiyalashgan statistik bazani shakllantirish taklifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 25 noyabrdagi №01-026/5390-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2020–2024 yillardagi o‘zgarishlar hisobga olinganda aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanish samaradorligi 1,2 barobarga oshgani, bu esa Qashqadaryo viloyati hududida 2025 yilda aholi ehtiyojini 66 foizga qoplash imkoniyati mavjud ekanligi hisob-kitoblar orqali aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 25 noyabrdagi №01-026/5390-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hamda ishda qo‘llanilgan trend modellari asosida olingan prognoz natijalariga ko‘ra, viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2024 yilga nisbatan 2026 yilda 1,142 barobarga, 2030 yilda 1,64 barobarga oshishi, o‘rtacha o‘sish sur’ati 8,62 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Ko‘p omilli ekonometrik model` asosida olingan prognoz natijalariga ko‘ra esa, 2024 yilga nisbatan 2026 yilda 1,21 barobarga, 2030 yilga borib 1,85 barobarga oshishi hamda o‘rtacha o‘sish sur’ati 10,77 foizni tashkil etishi asoslangan.