Botirov Alisher Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv tanqisligi sharoitida olma (Malus Domestica)ning payvandtag va nav-payvandtag kombinatsiyalaridan etishtirilgan ko‘chatlarining agrobiologik va fiziologik xususiyatlarini ilmiy asoslash”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Qx371
Ilmiy maslahatchi: Islamov Sohib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamutov Baxrom Xojaniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Abulity Abudula, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Suv tanqisligi sharoitida turli payvandtag va nav namunalarida etishtirilgan olma ko‘chatlarining agrobiologik va fiziologik xususiyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suv tanqisligi sharoitida olma payvandtaglar balandligi (98,3±1,3 sm), absolyut o‘sish uzunligi (0,558 sm/kun), bo‘g‘im oraliqlari uzunligi (12,0±0,4 mm) va yon shoxlar soni (2,5±0,1 dona) bo‘yicha o‘rta o‘suvchi MM106 payvandtagi eng yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
ko‘chatzorning 2-dalasidagi nav namunalarining balandligi (105,3±2,2 sm), absolyut o‘sish uzunligi (0,909 sm/kun) va bo‘g‘im oralig‘i uzunligi (34,6±1,5 mm) bo‘yicha King Devid/MM106 nav-payvandtag kombinatsiyasi ustunligi aniqlangan;
ko‘chatzorlardagi bir dona o‘simlikning eng yuqori fotosintetik mahsuldorligi (barg yuzasi) o‘rtacha o‘suvchi MM106 payvandtagida (1462,3 sm2) va nav-payvandtag King Devid/MM106 (2411,1 sm2) kombinatsiyasida kuzatilib, fotosintetik mahsuldorlik faqatgina fotosintez jadalligi bilan emas, balki fotosintetik apparat (barg yuzasi) o‘lchami bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
“Miyabi Fuji” olma ko‘chati Marubakaido (Ma) payvandtagiga payvand qilinganda tuproqning chegaralangan dala nam sig‘imi 70% va o‘zida suv saqlovchi Hydretain ES Plus moddasi bilan ishlov berilganda ildiz vazni (240,4 ± 19,3 g), novdalarning umumiy uzunligi (630,7 ± 33,6 sm) va tananing og‘irligi (154,2±6,0 g) eng yuqori natijalar (ularning statistik jihatdan ahamiyatliligi 95% (P < 0,05) — 99,9% (P <0,001) gacha) bo‘lganligi isbotlangan;
bir yillik olma ko‘chatlarini o‘sib-rivojlanishida “KMS” gidrogel preparatining 0,4% li eritmasini qo‘llash eng maqbul variant hisoblanib,  sug‘orishlar soni 1,4-1,7 barobargacha pasayganligi va sug‘orish meyorini 1220-1610 sm3 gacha qisqarganligi aniqlangan;
Marubakaido (Ma) va M9 payvandtaglariga payvand qilingan Miyabi Fuji olma ko‘chatlari ekib o‘rganilganda ilk ildiz o‘sishi mart oyining uchinchi dekadasida (27-mart) ≤ 2 sm gacha, 27 aprelda ≤ 10 sm gacha va may oyining uchinchi dekadasida (27 may) ≥10 sm dan uzun o‘sib, ildizidagi namlik eng yuqori 60,6-67,4% ga etganligi aniqlangan; 
“Miyabi Fuji” olma daraxtlari kurtaklari ochilishidan uch kun oldin ko‘rinadigan/yaqin-infraqizil spektrometr yordamida kuzatilganda, vegetativ (barg) kurtaklardagi xlorofill miqdori generativ (meva) kurtaklariga qaraganda (R ≤ 0,05) yuqori bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv tanqisligi sharoitida olmaning payvandtag va nav-payvandtag kombinatsiyalaridan etishtirilgan ko‘chatlarining agrobiologik va fiziologik xususiyatlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
olma klon payvandtaglarning ko‘chat chiqishiga ta’siri ishlanmasi Samarqand tumanidagi “Rasulov Gʻani bogʻdorchilik, uzumchilik va koʻchatchilik agro” fermer xo‘jaligiga 0,05 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-03/433-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rtacha o‘suvchi MM106 payvandtagidan gektaridan o‘rtacha 74,0 ming dona ko‘chat, tovar mahsulot chiqishi 52,5 ming donani, mahsulot sotishdan olingan daromad 787 500,0 ming so‘mni, sof foyda 504 000,0 ming so‘m va pakana M9 payvandtagidan o‘rtacha 74,0 ming dona ko‘chat, tovar mahsulot chiqishi 50,5 ming donani, mahsulot sotishdan olingan daromad 606 500,0 ming so‘mni, sof foyda 343 900,0 ming so‘mni tashkil etgan;
turli ekish muddatlarida pakana M9 payvandtagiga “Miyabi Fuji” navini payvand qilish ishlanmasi Samarqand tumanidagi “Samarqand qulupnay impex” korxonasiga jami 0,1 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-03/433-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pakana M9 payvandtaglariga payvand qilingan “Miyabi Fuji” olma ko‘chatlari aprel oyining uchinchi dekadasida (27-aprel) ekib etishtirilganda boshqa ekish muddatlariga nisbatan yangi ildiz o‘sishining hosil bo‘lishi o‘rtacha 5 barobarga yuqori bo‘lib, ming dona ko‘chatning sotish bahosi 12 000,0 ming so‘m, sof foyda 343 900,0 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
turli ekish muddatlarini pakana M9 payvandtagiga payvand qilingan “Miyabi Fuji” olma ko‘chatlari ildizining o‘sishiga ta’siri ishlanma Samarqand tumanidagi “Abdurasul ko‘chatlari” fermer xo‘jaligiga 0,1 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-03/433-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pakana M9 payvandtaglariga payvand qilingan “Miyabi Fuji” olma ko‘chatlari aprel oyining uchinchi dekadasida ekib etishtirilganda boshqa ekish muddatlariga nisbatan bir so‘m xarajatga 1,3 so‘m daramod olinib, rentabellik darajasi 130%.ni tashkil etgan.
olma klon payvandtaglarning ko‘chat chiqishiga ta’siri ishlanmasi Samarqand tumanidagi “Bobur agro innovatsiya” fermer xo‘jaligiga 0,05 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/06-03/433-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rtacha o‘suvchi MM106 payvandtagidan bir so‘m xarajatga 1,77 so‘m daromad olinib, rentabellik 177 %.ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish