Xasanov Bobur Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy aralashma ratsion (TMR) texnologiyasi asosida buqachalarning o‘sish va rivojlanishini jadallashtirish”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Qx1364
Ilmiy rahbar: Nurmatov A’zamjon Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.08/2025.27.12.Qx.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yaxyaev Baxtiyor Sadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Fayzullaev Odilbek Bahodirovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoramolchilik bilan shug‘illanuvchi shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida “Total Mixed Ration (TMR) texnologiyasi”ni joriy etish asosida mahalliy buqachalarni o‘sish va rivojlanishini takomillashtirish orqali ularni go‘sht mahsuldorligini oshirish hamda sarflanadigan ozuqa birligini kamaytirishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor dehqon va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida qoramollarni TMR texnologiyasi asosida oziqlantirish orqali o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirish, go‘sht mahsuldorligini oshirish va sifatini yaxshilashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
mahalliy buqachalarni TMR texnologiyasi asosida parvarishlash orqali ularning 24 oylikdagi tirik vaznini 491,6 kg-ga etkazish yoki an’anaviy usulda oziqlantirilgan tengqurlariga nisbatan 37,2 kg-ga oshirish mumkinligi isbotlangan;
tajribadagi buqachalarni TMR texnologiyasi asosida tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlantirish ozuqalar isrofgarchiligini 9,04 % ga kamaytirishi asoslangan;
TMR texnologiyasi asosida oziqlantirilgan buqachalar organizmida ozuqalarning, xususan quruq moddaning hazmlanishi 9,4 % ga hamda quruq modda tarkibidagi organik moddalarning hazmlanishi 9,15 % ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
mahalliy buqachalarni TMR texnologiyasi asosida parvarishlash ularning so‘yim chiqimini 40,3 kg-ga yoki 4,4 % ga, go‘shtining oqsil sifat ko‘rsatkichini 0,33 birlikka oshirishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Total Mixed Rasion» (TMR) texnologiyasi asosida mahalliy buqachalarni o‘sish va rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Total Mixed Rasion» texnologiyasi asosida 10 bosh buqachalarni o‘sish va rivojlantirishni takomillashtirish ishlari Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Jig‘achi MFY shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2-noyabrdagi №02/23-691-son ma’lumotnomasi). Natijada TMR texnologiyasi asosida oziqlantirilgan 24 oylik mahalliy buqachaning o‘rtacha tirik vazni 491,6 kg ga etkazilib, an’anaviy usulda oziqlantirilgan tengqurlariga nisbatan tadqiqot davri mobaynida 40,5 kg ga ko‘proq qo‘shimcha tirik vazn olishga erishilgan. Bundan olingan jami daromad 15 876 000 (o‘n besh million sakkiz yuz etmish olti ming) so‘mni, unga sarflangan jami harajat 10 917 100 (o‘n million to‘qqiz yuz o‘n etti ming yuz) so‘mni tashkil qilgan. Iqtisodiy samaradorlik 45,4% ni tashkil etgan;
    mahalliy buqachalarni TMR texnologiyasi asosida parvarishlash usuli Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Oqrabot MFY shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida 10 bosh mahalliy buqachalarda joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2-noyabrdagi №02/23-691-son ma’lumotnomasi). Natijada 24 oylik mahalliy buqachaning o‘rtacha tirik vazni 498,4 kg ga etkazilib, an’anaviy usulda oziqlantirilgan tengqurlariga nisbatan 43,1 kg ga ko‘proq qo‘shimcha tirik vazn olishga erishilgan. Bundan olingan jami daromad 15 964 000 (o‘n besh million to‘qqiz yuz oltmish to‘rt ming) so‘mni, unga sarflangan jami xarajat 10 895 400 (o‘n million sakkiz yuz to‘qson besh ming to‘rt yuz) so‘mni tashkil qilgan. Iqtisodiy samaradorlik 46% ni tashkil etgan;
    buqachalarni o‘sish va rivojlanishini takomillashtiruvchi yangi «Total Mixed Rasion» texnologiyasi Farg‘ona viloyati Furqat tumani Tomosho MFY shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida 10 bosh maxalliy buqachalarda joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2-noyabrdagi №02/23-691-son ma’lumotnomasi). Natijada TMR texnologiyasi asosida oziqlantirilgan 24 oylik bir bosh mahalliy buqachani o‘rtacha tirik vazn            516,2 kg ga etkazilib, an’anaviy usulda oziqlantirilgan tengqurlariga nisbatan tadqiqot davri mobaynida 39,1 kg ga ko‘proq qo‘shimcha tirik vazn olishga erishilgan. Bundan olingan jami daromad 16 536 000 (o‘n olti million besh yuz o‘ttiz olti ming) so‘mni, unga sarflangan jami xarajat 11 161 800 (o‘n bir million bir yuz oltmish bir ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil qilgan. Iqtisodiy samaradorlik 48% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish