To‘xtaev Ozod Bariddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaydari zotli qo‘ylarning genotipiga bog‘liqlikda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1362
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.08/2025.27.12.Qx.02.03.
Rasmiy opponentlar: Urimbetov Axmet Abdirazakovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Isamuxamedov Solih Shukurovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy sharoitda edilboy va jaydari zotlari genotipiga ega duragay avlodlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor jaydari zotli qo‘ylarning turli genotiplariga bog‘liqlikda mahsuldorlik xususiyatlarini 35,7% dan 66,9% ga oshirish mumkinligi isbotlangan;
edilboy va jaydari zoti bo‘yicha F2 bo‘g‘inga ega qo‘chqorchalar barcha davrlarda tirik vazni bo‘yicha, sof jaydari zotli va F1 bo‘g‘inga ega tengqurlariga nisbatan tegishli ravishda 0,48 va 0,19; 0,84 va 0,41; 1,83 va 0,80; 4,92 va 2,25; 5,30 va 2,43; 6,25 va 2,85; 7,77 va 3,92 kg yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
qo‘zilarning tana tuzilish indekslari bo‘yicha maksimal qiymatga 18 oylik yoshdagi edilboy va jaydari zoti bo‘yicha F2 duragay qo‘zilarga xosligi isbotlandi, bunda cho‘ziluvchanlik, o‘suvchanlik va zichlilik indekslari 99,92-124,13% teng bo‘lib, go‘sht xiliga mansubligi aniqlangan;
F2 duragay qo‘zilarning nimta vazni 30,96 kg, lahm go‘sht vazni 23,09 kg, suyaklar vazni 7,67 kg va go‘shtdorlik koeffisienti 3,01% yuqori bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaydari zotli qo‘ylarning genotipiga bog‘liqlikda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Edilboy zotli qo‘chqorlar bilan jaydari zotli sovliqlarni chatishtirish usuli Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi “Shoxrux” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi №02/23-680-son ma’lumotnomasi). Natijada Edilboy zotli qo‘chqorlar bilan jaydari zotli sovliqlarni chatishtirishdan olingan 140 bosh ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘chqorlarda joriy etilishi natijasida 18 oylik yoshida duragay qo‘chqorlarning o‘rtacha tirik vazni 68,82 kgni tashkil etgan, sof jaydari zotli tengqurlarnikiga nisbatan 7,77 kg ga yoki 12,7% yuqori bo‘lgan, Bunda bir bosh qo‘chqorni so‘yib go‘shtini sotishdan olingan daromad 3215,5 ming so‘mni tashkil etgan yoki sof foyda 1289,5 ming so‘mga teng bo‘lgan, sof jaydari zotli hamda edilboy va jaydari zoti bo‘yicha birinchi bo‘g‘inga ega tengqurlariga nisbatan 600,9 ming va 337,4 ming so‘mga yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorlik darajasi esa 31,2% va 17,5% ni tashkil etgan.
Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligini oshirish usuli Toshkent viloyati, Ohangaron tumani qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Ohang Abdullaev Abdurauf” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi №02/23-680-son ma’lumotnomasi). Natijada Edilboy zotli qo‘chqorlar bilan jaydari zotli sovliqlarni chatishtirishdan olingan 120 bosh ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘chqorlarda joriy etilishi natijasida 12 oylik yoshida duragay qo‘chqorchalarning o‘rtacha tirik vazni 55,25 kgni tashkil etib, sof jaydari zotli tengqurlariga nisbatan 6,25 kg ga yoki 12,8% yuqori bo‘lgan, Bunda bir bosh qo‘yni so‘yib go‘shtini sotishdan olingan daromad 2528,7 ming so‘mni tashkil etgan yoki sof foyda 911,5 ming so‘mga teng bo‘lib, sof jaydari zotli tengqurlariga nisbatan 378,5 so‘mga yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorlik darajasi esa 21,3% ni tashkil qilgan.
Jaydari zotli qo‘ylarning genotipiga bog‘liqlikda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish Jizzax viloyati, Forish tumani “Al fatx trede klastr” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi №02/23-680-son ma’lumotnomasi). Natijada Edilboy zotli qo‘chqorlar bilan jaydari zotli sovliqlarni chatishtirishdan olingan 105 bosh ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘chqorlarda joriy etilishi natijasida 8 oylik yoshida ikkinchi bo‘g‘inga ega qo‘chqorchaning tirik vazni 42,2 kg ga etkazilib, sof jaydari zotli qo‘chqorchalarga nisbatan 4,57 kg qo‘shimcha tirik vazn olishga erishilgan. Bunda bir bosh qo‘chqorchani sotishdan olingan daromad 1900,0 ming so‘mni tashkil etgan yoki sof foyda 540,0 ming so‘mga teng bo‘lib, sof jaydari zotli tengqurlarnikiga nisbatan 205,6 ming so‘mga yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorlik darajasi esa 39,7% ni tashkil etgan.