Imamova Ilmira Abdullaevnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali virusli gepatitlar fonida Covid-19 kechishi», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib798.
Ilmiy maslahatchi: [Axmedova Muboraxon Djalilovna], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori; Kosherova Baxit Nurgalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatitlar fonida COVID-19 kechishining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor surunkali gepatit V, S fonidagi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda VEGF-1154 G/A geni rs1570360 lokusi, VEGF-2578 C/A geni  rs699947 lokusidagi AA/AA genotiplarining polimorfizmi COVID-19ning og‘ir kechishi va endotelial vazifasini buzilishida ahamiyati isbotlangan;
ilk bor surunkali gepatit V, S fonida kechayotgan COVID-19 ning og‘ir va asoratli kechishida jigar yallig‘lanishi davomiyligi, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari asosiy xavf omillari ekanligi asoslangan;
ilk bor surunkali gepatit V, S fonida kechayotgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda «sitokin bo‘roni» ni (IL-1, IL-6, O‘NO-α) xisobiga qonda protrombin indeksi va trombotsitlar darajasining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor surunkali gepatit V, S fonidagi COVID-19 ning og‘ir kechishida IL-1, IL-6, O‘NO-α yuqori ko‘rsatkichlari yallig‘lanish jarayonini kuchayishi xisobiga jigardagi sitolitik sindromini faollashtirishi asoslangan;
ilk bor surunkali gepatit V, S fonida COVID-19 og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda jigardagi surunkali jarayoninig faolligi (AlT 298,6 B/l) qonda gipokoagulyasiya moyilligi orasida Cheddok shkalasi bo‘yicha yuqori zichlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyasi (r 0,85, r2 0,7, p 0,05) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi №19-sonli majlisi bayoniga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit V, S fonidagi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda VEGF-1154 G/A geni rs1570360 lokusi, VEGF-2578 C/A geni  rs699947 lokusidagi AA/AA genotiplarining polimorfizmi COVID-19ning og‘ir kechishi va endotelial vazifasini buzilishida ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi xuzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda №06-24/345-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit bilan kasallangan COVID-19 bemorlarida terapiyani takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 3 iyuldagi №23/I buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar klinikasining 2024 yil 27 dekabrdagi №127 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 10 iyun` 2025 yil №19-sonli). Ijtimoiy samaradorligi: SVG fonida kechuvchi COVID-19 ning og‘ir shaklini rivojlanish xavfi bilan bog‘liq laborator markerlarni (VEGF genining rs1570360 lokusidagi 1154 G/A va rs699947 lokusidagi -2578 C/A genotiplarini) aniqlash kasalxonaga murojaat qilgan bemorlarda tashxisiy monitoring va holatni baholashda qo‘llanilishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SVG fonida kechuvchi COVID-19 ning gemostaziologik buzilishi va endotelial disfunksiyasini erta aniqlash va aprotinin asosidagi vositani o‘z vaqtida kullash COVID-19 ning og‘ir va o‘ta og‘ir shakllari rivojlanishi, uning asoratlarini va o‘lim darajasini kamaytirish orqali byudjet mablag‘larini tejashga va reanimatsiya bo‘limlarida intensiv terapiyaga sarflanadigan xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit V, S fonida kechayotgan COVID-19 ning og‘ir va asoratli kechishida jigar yallig‘lanishi davomiyligi, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari asosiy xavf omillari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi xuzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda №03-24/270-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit fonida COVID-19 ni davolash va diagnostika taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur takliflar Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2024 yil 3 dekabrdagi №28-sonli buyruqqa muvofiq, shuningdek Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2025 yil 6 yanvardagi №1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 10 iyun` 2025 yil №19-sonli). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda surunkali virusli gepatit mavjudligini erta aniqlash gemostaz, D-dimer darajasini va endotelial disfunksiyani batafsil o‘rganish orqali COVID-19 bemorining ahvoli yomonlashishini oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda surunkali virusli gepatitni erta aniqlab, endotelial disfunksiyasi, gemostaz buzilishlarini bashorat qilish va aprotinin vositasini o‘z vaqtida qullash, bemorni o‘limiga olib keladigan oqibati yoki terapiyaning uzoq davomiyligi yoki reanimatsiya bo‘limlarida intensiv davolanish sarflanadigan xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit V, S fonida kechayotgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda «sitokin bo‘roni» ni (IL-1, IL-6, O‘NO-α) xisobiga qonda protrombin indeksi va trombotsitlar darajasining pasayishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi xuzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda №06-24/345-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit bilan kasallangan COVID-19 bemorlarida terapiyani takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 3 iyuldagi №23/I buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar klinikasining 2024 yil 27 dekabrdagi №127 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 10 iyun` 2025 yil №19-sonli). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit fonida yuzaga keladigan COVID-19 ning og‘ir shaklini ishlab chiqilgan laboratoriya mezonlarini barvaqt aniqlash, bemorlarda PTI darajasining pasayishi, trombotsitopeniya va D-dimer darajasining oshishi tendensiyasining diagnostik monitoringini o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin, bu aprotinin asosidagi dorilar bilan o‘z vaqtida davolashni osonlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 ning og‘ir kechishiga olib keluvchi, surunkali virusli gepatit bilan bog‘liq holatlarni erta aniqlash va ikkillamchi trombofiliyani o‘z vaqtida davolash reanimatsiya bo‘limlaridagi statsionar davolanish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi xamda kasallikning uzoqqa cho‘zilib ketishini oldini olishga va infeksiya muassasalarida yotoq kunlarining qisqarishiga yordam beradi, natijada byudjet mablag‘lari tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit V, S fonidagi COVID-19 ning og‘ir kechishida IL-1, IL-6, O‘NO-α yuqori ko‘rsatkichlari yallig‘lanish jarayonini kuchayishi xisobiga jigardagi sitolitik sindromini faollashtirishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi xuzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda №03-24/270-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit fonida COVID-19 ni davolash va diagnostika taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur takliflar Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2024 yil 3 dekabrdagi №28-sonli buyruqqa muvofiq, shuningdek Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2025 yil 6 yanvardagi №1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 10 iyun` 2025 yil №19-sonli). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanishga xos sitokinlarning yuqori darajadagi ta’siri surunkali virusli gepatit fonida COVID-19 kechishining og‘irligini va jigar funksiyasini salbiy ta’sirini kuchaytiradi, bu esa bemorning zararlangan jigar parenximasining og‘irlashuvining oldini olish zaruratini keltirib chiqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 og‘ir kechishini va jigar funksiyasi buzilishini barvaqt o‘z vaqtida davolash reanimatsiya bo‘limlaridagi statsionar davolanish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi xamda kasallikning uzoqqa cho‘zilib ketishini oldini olishga va infeksiya muassasalarida yotoq kunlarining qisqarishiga yordam beradi, natijada byudjet mablag‘larini tejashga xizmat qiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit V, S fonida COVID-19 og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda jigardagi surunkali jarayoninig faolligi (AlT 298,6 B/l) qonda gipokoagulyasiya moyilligi orasida Cheddok shkalasi bo‘yicha yuqori zichlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyasi (r 0,85, r2 0,7, p 0,05) aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi xuzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda №06-24/345-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit bilan kasallangan COVID-19 bemorlarida terapiyani takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 3 iyuldagi №23/I buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar klinikasining 2024 yil 27 dekabrdagi №127 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 10 iyun` 2025 yil №19-sonli). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit fonida kechayotgan COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda sitolitik jarayonning og‘irligini aniqlash trombotik asoratlar fonida gipokoagulyasiyaga moyil bo‘lgan bemorlarni aniqlashga va aprotinin asosidagi dori-darmonlarni o‘z vaqtida qo‘llashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sitoliz, gipokoagulyasiya xolati va endotelial disfunksiyasini o‘z vaqtida aniqlash va aprotinin asosidagi vositani o‘z vaqtida tayinlash COVID-19ning og‘ir va o‘ta og‘ir shakllari rivojlanishining oldini olish uchun iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish