Karimova Aziza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klimakterik yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasining sitologik xususiyatlari” 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4668.
Ilmiy rahbar: Kurbonova Zumrad Chutbaevna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib 01.02. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Mo‘minova Nigora Xayritdinovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nadjmitdinov Otabek Baxriddin o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori.
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testi orqali bachadon bo‘yni atrofik o‘zgarishlari va intraepitelial neoplaziyasini sitologik tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
klimakterik yoshdagi ayollarda  estrogen testini qo‘llash 50,7% bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalariga shubha bo‘lgan holatlarda normal sitologik surat mavjudligini, 49,3% holatlarda tashxisga aniqlik kiritishi isbotlangan; 
bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalarining erta bosqichlarida klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testini qo‘llash orqali  tashxislash samaradorligi oshganligi aniqlangan;
klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testi qo‘llanilganda bachadon bo‘yni saraton oldi holatlari va saratonini tashxislashning sitologik mezonlari asoslangan;
odam papilloma viruslari aniqlangan klimakterik yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalari turli bosqichlarida, shu jumladan normal sitologik suratda ham kuzatilganligi uchun prognostik marker bo‘lsada, bachadon bo‘yni neoplaziyalarining erta diagnostik markeri sifatida samarasi pastligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Klimakterik yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasining sitologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik:  klimakterik yoshdagi ayollarda  estrogen testini qo‘llash 50,7% bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalariga shubha bo‘lgan holatlarda normal sitologik surat mavjudligini, 49,3% holatlarda tashxisga aniqlik kiritishi isbotlanganligi Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosining 01.05.2025-yildagi 20 II-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani tibbiyot birlashmasining 04.05.2025-yildagi 1651-4-67-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 23/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klimakterik yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalarini tashxislashda hujayralarning yadro va sitoplazmasidagi o‘zgarishlarini kasallikning boshlang‘ich davrlarida aniqlash jarayon avj olishining oldini olish, hayot sifatini oshirish, erta bosqichlarda bemorlarning to‘liq tuzalishi, kech bosqichlarda esa umrini uzaytirish va xavfli asoratlarni bartaraf etish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: klimakterik yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalarini erta, og‘ir asoratsiz davrlarda sitologik tashxislash, davolash va og‘ir asoratlarini oldini olish orqali ambulator va statsionar sharoitda davolanish vaqtini kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: Estrogen testi orqali saraton oldi xolatlarini o‘z vaqtida tashxislashni tadbiq etish esa bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishini samarali bartaraf etadi, ularning sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalarining erta bosqichlarida klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testini qo‘llash orqali  tashxislash samaradorligi oshganligi aniqlanganligi Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosining 01.05.2025-yildagi 20 II-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani tibbiyot birlashmasining 04.05.2025-yildagi 1651-4-67-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 23/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testini qo‘llash orqali bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalarini sitologik tashxislash usulini qo‘llash hisobiga salomatlik indeksi oshdi, taklif etilgan sitologik diagnostika algoritmini qo‘llash bachadon bo‘yni intraepitelial o‘zgarishlarini erta bosqichlarda aniqlashga ko‘maklashgan va og‘ir neoplastik asoratlar rivojlanishining oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Estrogen testi orqali bachadon bo‘yni saratoni va saraton oldi xolatlarini o‘z vaqtida tashxislash davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan.  Xulosa: Estrogen testi orqali saraton oldi xolatlarini o‘z vaqtida tashxislashni tadbiq etish esa bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishini samarali bartaraf etgan va hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testi qo‘llanilganda bachadon bo‘yni saraton oldi holatlari va saratonini tashxislashning sitologik mezonlari asoslanganligi Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosining 01.05.2025-yildagi 20 II-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani tibbiyot birlashmasining 04.05.2025-yildagi 1651-4-67-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 23/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Estrogen testi orqali bachadon bo‘yni saratoni va saraton oldi xolatlarini erta laborator aniqlash nogironlik va o‘lim darajasini kamaytirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Estrogen testi asosida bachadon bo‘yni saraton oldi holatlarini erta aniqlash orqali iqtisodiy yo‘qotishlar qisqaradi, davolash va nogironlikka sarflanadigan davlat byudjeti mablag‘larining tejalishi umumiy sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshiradi. Xulosa: klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testi orqali saraton oldi xolatlarini o‘z vaqtida tashxislashni tadbiq etish ularning sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: odam papilloma viruslari aniqlangan klimakterik yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalari turli bosqichlarida, shu jumladan normal sitologik suratda ham kuzatilganligi uchun prognostik marker bo‘lsada, bachadon bo‘yni neoplaziyalarining erta diagnostik markeri sifatida samarasi pastligi aniqlanganligi Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosining 01.05.2025-yildagi 20 II-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani tibbiyot birlashmasining 04.05.2025-yildagi 1651-4-67-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 23/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalari tashxislashda odam papilloma viruslarining genotiplarini aniqlanganligi bemorlarda saraton oldi jarayonlarni tashxislash va bashoratlash samarasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalarini tashxislashda klimakterik yoshdagi ayollarda estrogen testini qo‘llash orqali tashxislash samaradorligini oshirish, samarasiz tibbiy muolajalarni kamayishiga olib keldi, bu esa turli a’zolarda va tizimlarda rivojlanish extimolligi bo‘lgan nojo‘ya xolatlarni kamaytirdi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Estrogen testi orqali bachadon bo‘yni saratoni va saraton oldi xolatlari shubxa qilingan bemorlarda me’yoriy fiziologik o‘zgarishlar aniqlanganda 3 yilda 1 marta ginekolog nazorati va sitologik skrining tavsiya etiladi, natijada davlat byudjet mablag‘laridan 6 baravar iqtisod qilishga erishiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish