Mamatalieva Janona Alimjanovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida insultning klinik-epidemiologik xususiyatlari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2767.
Ilmiy rahbar: Usmonova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baxadirova Munisa Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi sharoitida bosh miya insul`tining klinik va epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish hamda iqlimiy-geografik omillarning ushbu kasallikning kelib chiqishi va klinik kechishiga ta’sirini aniqlash orqali profilaktika ishlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2016–2020 yillar uchun ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida Farg‘ona vodiysining uch mintaqasi (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari) aholisi orasida bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishi bo‘yicha kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari kompleks epidemiologik xususiyatlari aniqlangan;
bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishining turlari va bemorlarning yashash hududi, jins va yosh xususiyatlariga qarab, ijtimoiy-geografik va iqlimiy omillarning miya qon tomir patologiyasi rivojlanishiga yaqqol ta’siri aniqlangan;
qon plazmasida NMDA-reseptorlarining NR-2 subbirligiga qarshi antitanalar darajasining oshishi, ishemik insultda neyron membranalarining shikastanishi va eksaytotoksik jarayonlar faollashuvini aks ettirishi isbotlangan;
xududiy iqlim-geografik xususiyatlarni hisobga olgan holda, ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda neyroimmunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi sharoitida, uning iqlim-geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda neyroimmunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni asoslangan profilaktik chora-tadbir natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 2016-2020 yillar davomida Farg‘ona vodiysidagi uchta viloyat (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari) aholisi orasida BMQAO‘B bo‘yicha kasallanish va o‘lim holatlari yuzasidan ro‘yxat asosida kompleks epidemiologik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi instutiti 2025 yil 03-maydagi №01-02/u-t-51 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, “Ishemik insultning erta diagnostikasi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Ilmiy natijalar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri tibbiyot birlashmasi hamda Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 2 iyundagi №118-sonli buyruq bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: 2016–2020 yillar ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida Farg‘ona vodiysining Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida BMQAO‘B bo‘yicha kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini qamrab olgan kompleks epidemiologik tadqiqot o‘tkazilishi miya insul`ti tarqalishining hududiy xususiyatlarini aniqlash, yuqori xavf guruhlarini belgilash va profilaktik tadbirlarni maqsadli yo‘naltirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar asosida profilaktika va erta tashxislash chora-tadbirlarini kuchaytirish sog‘liqni saqlash resurslarini oqilona taqsimlashga, statsionar davolash va asoratlar bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirishga va 73622558 so‘mni iqtisod kilishga xizmat qildi. Xulosa: kompleks epidemiologik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish miya insul`ti profilaktikasi va tibbiy yordam samaradorligini oshirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: miyada qon aylanishi o‘tkir buzilishlarining yashash hududiga, insult turlari va bemorlarning jinsiy va yosh xususiyatlariga qarab, sotsiogeografik va iqlimiy omillarning miya qon tomir patologiyasi rivojlanishiga ta’sirini ko‘rsatuvchi farqli jihatlari bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi instutiti 2025 yil 03-maydagi №01-02/u-t-51 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, “Ishemik insultning erta diagnostikasi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Ilmiy natijalar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri tibbiyot birlashmasi hamda Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 2 iyundagi №118-sonli buyruq bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: SMI bilan kasallangan bemorlarda ishemik insul`tning oldini olish og‘ir nevrologik asoratlar rivojlanishining kamayishiga olib keldi, bu esa bemorlar va ularning yaqinlari uchun ijtimoiy hamda psixologik yukni sezilarli darajada kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: NR2-subbirligiga qarshi antitanachalarni aniqlashga qaratilgan immunoferment tahlilni klinik amaliyotga joriy etish tibbiy yordamni erta bosqichda optimallashtirish imkonini berib, qo‘shimcha diagnostika, davolash va reabilitatsiya xarajatlarini qisqartirdi. Natijada yillik iqtisodiy tejamkorlik 73622558 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: NR2-subbirligiga qarshi antitanachalarni aniqlash asosida ishemik insul`tni erta prognozlash va oldini olish klinik, ijtimoiy hamda iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi ilmiy asosda tasdiqlandi. 
uchinchi ilmiy yangilik: qon plazmasida NMDA-reseptorlarning NR2-subbirligiga qarshi antitanalarni aniqlash erta neyronal shikastlanishning yuqori sezgir biomarkeri sifatida diagnostik va prognostik ahamiyatga ega ekani, bu esa ishemik insul`tni klinik oldi bosqichda laborator diagnostika qilish imkoniyatlarini kengaytirishi va uning profilaktikasi uchun personallashtirilgan dasturlarni shakllantirish istiqbollarini ochishi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi instutiti 2025 yil 03-maydagi №01-02/u-t-51 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, “Ishemik insultning erta diagnostikasi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Ilmiy natijalar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri tibbiyot birlashmasi hamda Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 2 iyundagi №118-sonli buyruq bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Yangi tashxis usullarini profilaktika dasturlari bilan integratsiya qilgan holda joriy etish bemorlarning insul`t xavfi, uning oldini olish va erta murojaat qilish zarurati haqidagi xabardorligini oshirishga xizmat qildi. Bu esa insul`tning og‘ir klinik shakllari va asoratlari rivojlanishini kamaytirishga, shuningdek bemorlar va ularning yaqinlari uchun ijtimoiy hamda psixologik yukni qisqartirishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: NR2-subbirligiga qarshi antitanachalarni aniqlashga asoslangan yangicha tashxislash yondashuvini qo‘llash an’anaviy diagnostika algoritmlari bilan taqqoslaganda yuqori iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatdi. Ushbu usulning o‘rtacha yillik iqtisodiy samarasi 5317680 so‘mni tashkil etib, sog‘liqni saqlash tizimida xarajatlarni optimallashtirish imkonini berdi. Xulosa: NR2-subbirligiga qarshi antitanachalarni aniqlashga asoslangan yangicha tashxislash yondashuvini klinik amaliyotga joriy etish insul`t xavfini erta baholash va profilaktika qilish imkoniyatlarini kengaytirishi, shuningdek tibbiy yordamni optimallashtirish orqali ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi ilmiy asosda tasdiqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: insul`t turi hamda demografik ko‘rsatkichlar (yosh, jins, ijtimoiy holat)ni hisobga olgan holda profilaktik tadbirlarni individuallashtirish, aholi o‘rtasida maqsadli skriningni joriy etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda asosiy xavf omillarini korreksiya qilishga qaratilgan kompleks profilaktik dasturlari bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi instutiti 2025 yil 03-maydagi №01-02/u-t-51 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, “Ishemik insultning erta diagnostikasi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Ilmiy natijalar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri tibbiyot birlashmasi hamda Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 2 iyundagi №118-sonli buyruq bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Farg‘ona vodiysining iqlim-geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda neyroimmunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni qiyosiy tahlil qilish yuqori xavf guruhlarini aniqlash, kasallik og‘irligini erta baholash hamda hududga moslashtirilgan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Bu esa aholi o‘rtasida insul`tning og‘ir asoratlari, nogironlik va ijtimoiy yo‘qotishlar kamayishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda laborator markerlardan foydalanish diagnostika va davolash taktikasini optimallashtirishga, asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar sonini qisqartirishga hamda statsionar davolanish va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirishga imkon berdi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy resurslardan samarali foydalanish ta’minlandi. Xulosa: Ishemik insul`t rivojlanishida neyroimmunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar, klinik manzara va kasallik og‘irligi o‘rtasida hududiy iqlim-geografik omillar bilan bog‘liq o‘ziga xos patogenetik aloqalar mavjud ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi hamda ushbu yondashuv hududga mos profilaktika strategiyalarini takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish