Raximova Visolaxon Shavkatovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antiretrovirus dorilarga rezistentlik bilan bog‘liq OIV infeksiyasining klinik-laborator tavsifi», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib1323.
Ilmiy maslahatchi: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Esaulenko Elena Vladimirona tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antiretrovirus dorilarga rezistentlik bilan bog‘liq OIV infeksiyasining klinik-laborator xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor birinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan bemorlarda davolanishga sodiqlik yuqori (86,3%) ekanligi, ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan bemorlarda esa, ushbu ko‘rsatkichning darajasi pastligi (64,2%) aniqlangan;
ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda nukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlariga xos M184V, K65R, L74V, Y115F va nonukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlariga xos K103N, G190S, Y181C hamda proteaza ingibitorlariga xos kam uchraydigan kompensator mutatsiyalar aniqlangan;
ilk bor ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda virus yuklamasi darajasi va CD4+ T-limfotsitlar soni retrovirusga qarshi dorilarning asosiy sinflariga rezistentlik mutatsiyalari mavjudligi bilan bog‘liq emasligi aniqlangan;
ilk bor ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda proteaza ingibitorlariga nisbatan chidamlilik past chastotasi (6,5%), nukleozidli va nonukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlariga chidamlilik ustunligining (har biri 68,8%) klinik ahamiyati aniqlangan;
ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda retrovirusga qarshi dorilarga rezistentlikning mutatsion profilini hisobga olgan holda terapiya sxemasi o‘zgartirilishiga shaxsiylashtirilgan yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 27/35-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor birinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan bemorlarda davolanishga sodiqlik yuqori (86,3%) ekanligi, ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan bemorlarda esa, ushbu ko‘rsatkichning darajasi pastligi (64,2%) aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 17.04.2025 yilda 1-n-r/3-son bilan tasdiqlangan «OIV bilan kasallangan bemorlarda terapiyaning ikkinchi qatorida dorilarga rezistentlik mutatsiyalari spektri» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIEMYuPKIATMning Qashqadaryo filialiga 22.05.2025 yildagi 22-t-son va Sirdaryo yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26.05.2025 yildagi 76-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ikkinchi qator ARVTni qabul qilayotgan bemorlarda klinik- demografik profilni aniqlash davolash samaradorligini oshirishga, virusologik samarasizlik xavfini kamaytirishga va davolash sxemalarini shaxsiylashtirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIVning dorilarga rezistentlik mutatsiyalari tahlilining joriy etilishi «xarajat-samaradorlik» (ICER) inkremental koeffisienti yordamida baholandi. OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni genotiplash usulini qo‘llamasdan olib borish statsionar davolanish zarurati bilan birga kechadi, bu esa bir bemor uchun shifoxonaga yotqizish xarajatlariga 4115640 so‘mni tashkil qiladi, dorilarga rezistentlik mutatsiyalarini tahlil qilish bilan yondashuv esa 5996890 mln. so‘mni tashkil qiladi, ammo terapiyaning klinik samaradorligini 57% dan 85% gacha oshirishni ta’minlaydi. ICER usulida o‘tkazilgan tahlillar genotiplash usulini tatbiq etish bir bemor uchun 67,2 ming so‘mni tashkil etadi, bu esa OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda genotiplashdan foydalanishning iqtisodiy asoslanganligini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda nukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlariga xos M184V, K65R, L74V, Y115F va nonukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlariga xos K103N, G190S, Y181C hamda proteaza ingibitorlariga xos kam uchraydigan kompensator mutatsiyalar aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 17.04.2025 yilda 1-n-r/3-son bilan tasdiqlangan «OIV bilan kasallangan bemorlarda terapiyaning ikkinchi qatorida dorilarga rezistentlik mutatsiyalari spektri» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIEMYuPKIATMning Qashqadaryo filialiga 22.05.2025 yildagi 22-t-son va Sirdaryo yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26.05.2025 yildagi 76-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ikkinchi qator ARVTni qabul qilayotgan bemorlarda mutatsion profilni aniqlash yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki bu terapiyani optimallashtirish, uning samaradorligini oshirish, virusning rezistent shtammlarining keyingi tarqalish xavfini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIVning dorilarga rezistentlik mutatsiyalari tahlilining joriy etilishi «xarajat-samaradorlik» (ICER) inkremental koeffisienti yordamida baholandi. OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni genotiplash usulini qo‘llamasdan olib borish statsionar davolanish zarurati bilan birga kechadi, bu esa bir bemor uchun shifoxonaga yotqizish xarajatlariga 4 115640 so‘mni tashkil qiladi, dorilarga chidamlilik mutatsiyalarini tahlil qilish bilan yondashuv esa 5996890 mln so‘mni tashkil qiladi, ammo terapiyaning klinik samaradorligini 57% dan 85% gacha oshirishni ta’minlaydi. ICER usulida o‘tkazilgan tahlillar genotiplash usulini tatbiq etish bir bemor uchun 67,2 ming so‘mni tashkil etadi, bu esa OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda genotiplashdan foydalanishning iqtisodiy asoslanganligini ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda virus yuklamasi darajasi va CD4+ T-limfotsitlar soni retrovirusga qarshi dorilarning asosiy sinflariga rezistentlik mutatsiyalari mavjudligi bilan bog‘liq emasligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 17.04.2025 yilda 1-n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Antiretrovirus terapiyaning ikkinchi qatorida bo‘lgan bemorlarda OIVning dori vositalariga rezistentlik darajasini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIEMYuPKIATMning Qashqadaryo filialiga 22.05.2025 yildagi 23-t-son va Sirdaryo yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26.05.2025 yildagi 76-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ikkinchi qator ARVTni qabul qilayotgan bemorlarda dori vositalariga sezuvchanlik darajasi kamaygan bemorlarda mutatsion profilni aniqlash yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki bu terapiyani optimallashtirish, uning samaradorligini oshirish, virusning rezistent shtammlarining keyingi tarqalish xavfini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: genotiplash usuli o‘tkazilmagan EFV/FTC/TDF sxemasi yiliga 154 USD ni tashkil etadi, ammo past samaradorlikka ega >57%, AZT+3TC+DRV/r genotiplash natijalari asosida tanlangan sxema esa yiliga 274,2 USD ni tashkil etadi, ammo yuqori samaradorlikka ega >90%. ICER usuli bilan hisoblangan bir foiz samaradorlik o‘sishining qiymati 2,82 USD tashkil etadi, ya’ni davolash samaradorligini oshirish atigi 2,8 USD miqdorida qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Olingan ma’lumotlar ARVTning optimal sxemasini tanlash uchun genotiplash usulini qo‘llashning yuqori iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda proteaza ingibitorlariga nisbatan chidamlilik past chastotasi (6,5%), nukleozidli va nonukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlariga chidamlilik ustunligining (har biri 68,8%) klinik ahamiyati aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 17.04.2025 yilda 1-n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Antiretrovirus terapiyaning ikkinchi qatorida bo‘lgan bemorlarda OIVning dori vositalariga rezistentlik darajasini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIEMYuPKIATMning Qashqadaryo filialiga 22.05.2025 yildagi 23-t-son va Sirdaryo yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26.05.2025 yildagi 76-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ikkinchi qator ARVTni qabul qilayotgan bemorlarning mutatsion profilini jahon ma’lumotlari bilan taqqoslash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki ular milliy davolash sxemalarini rezistentlik tuzilmasiga moslashtirishga yordam beradi, ARVT samaradorligini oshiradi va populyasiyada OIVning rezistent shakllari tarqalishini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: genotiplashsiz qo‘llaniladigan EFV/FTC/TDF standart ARVT sxemasi bir bemor uchun yillik 154 USD bo‘lgib klinik samaradorlik 57% dan oshmaydi. Genotiplash natijalari asosida optimallashtirilgan AZT + 3TC + DRV/r sxemasi narxi yiliga 274,2 USD tashkil etadi, lekin davolash samaradorligini darajasi 90% dan ortiq tashkil etadi. ICER usuli bilan hisoblangan bir foiz samaradorlik o‘sishining qiymati 2,82 USD tashkil etadi, bu terapiya samaradorligini oshirishga minimal qo‘shimcha xarajatlar bilan erishilganligini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar ARVTning optimal sxemalarini tanlashda OIV genotiplashdan foydalanishning yuqori iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: ikkinchi qator retrovirusga qarshi davoni qabul qilayotgan OIV bilan kasallangan bemorlarda retrovirusga qarshi dorilarga rezistentlikning mutatsion profilini hisobga olgan holda terapiya sxemasi o‘zgartirilishiga shaxsiylashtirilgan yondashuv asoslanganlishi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 17.04.2025 yilda 1-n-r/2-son bilan tasdiqlangan «Antiretrovirus terapiyaning ikkinchi qatorida bo‘lgan bemorlarda OIVning dori vositalariga rezistentlik darajasini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIEMYuPKIATMning Qashqadaryo filialiga 22.05.2025 yildagi 23-t-son va Sirdaryo yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26.05.2025 yildagi 76-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yondashuvni amalga oshirish terapiya samaradorligini oshirishga, virusologik samarasizliklar chastotasini kamaytirishga, rezistentlik mutatsiyalari to‘planishining oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va OIV infeksiyasiga qarshi kurashda sog‘liqni saqlash tizimi xizmatlari sifatini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: ikkinchi qator ARVTni qabul qilayotgan bemorlarda genotiplash usulini o‘tkazmasdan virusli yuklamasi, CD4+ hujayralari darajasi va bemorning klinik holatini baholashga asoslangan davolash taktikasi bir bemor uchun 400000 ming so‘mni tashkil etdi. OIVning dorilarga chidamlilik mutatsiyalarini aniqlash uchun genotiplash tekshiruvidan foydalangan holda davolash taktikasi bir bemor uchun 2281250 so‘mni tashkil qiladi. ICER hisobi bitta bemor uchun qo‘shimcha xarajatlar 49,5 ming so‘mni tashkil etishini ko‘rsatdi. OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning davolash standartiga genotiplash usulini joriy etish sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishni optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy jihatdan asoslangan strategiya hisoblanadi.